Al-Xorazmiy: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Luckas-bot (munozara | hissa)
k r2.7.1) (Bot Qoʻshdi: mk:Ал-Кваризими
MystBot (munozara | hissa)
k r2.7.1) (Bot Oʻchirdi: oc:Muhammad ibn Musa al-Khwarizmi
Qator 168: Qator 168:
[[nn:Al-Khwarizmi]]
[[nn:Al-Khwarizmi]]
[[no:Al-Khwârizmî]]
[[no:Al-Khwârizmî]]
[[oc:Muhàmmad ibn Mussa al-Khwarazmí]]
[[oc:Muhammad ibn Musa al-Khwarizmi]]
[[pl:Muhammad ibn Musa al-Chuwarizmi]]
[[pl:Muhammad ibn Musa al-Chuwarizmi]]
[[pms:Al-Huwarizmi]]
[[pms:Al-Huwarizmi]]

8-Yanvar 2012, 12:27 dagi koʻrinishi

Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
Tavalludi taxm. 780, Xorazm, O'zbekiston
Vafoti taxm. 850, Bog'dod, Iroq
Fuqaroligi Abbosiylar
Olgan taʼsirlari Arastu, Ptolomey

Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (arabcha: محمد بن موسى الخوارزمي - (taxm. 780-850 yillarda yashagan) - mashhur O'rta Osiyolik musulmon matematigi, astronomi, astrologi, geografi, hamda qomusiy olimidir.

U taxminan, 780-yilda Xorazmda[1] (hozirgi Xivada, Oʻzbekiston) dunyoga kelgan va 850-yillarda vafot etgan. Al-Xorazmiy o'z umrining aksariyatini Bog'doddagi Bayt ul-Hikmada olim sifatida ishlab o'tkazdi.

Uning Algebra asari chiziqli va kvadrat tenglamalarning tizimli yechimi toʻgʻrisidagi birinchi kitobdir. Shu sababdan, u Diofant kabi "algebra fanining otasi" degan unvonga sazovor boʻldi.[2] Uning hind raqamlari haqidagi Arifmetika asarining Lotin tiliga tarjimasi 12-asrda Gʻarb olamiga oʻnlik raqamlar tizimi haqidagi tushunchani olib kirdi.[3] Al-Xorazmiy Batlimusning "Joʻgʻrofiya" asarini koʻrib chiqib, yangiladi va shuningdek, uning oʻzi ham astronomiya va astrologiyaga oid bir qancha asarlar yaratdi.

Al-Xorazmiy nafaqat matematika sohasiga, balki shuningdek tillarga ham katta hissa qo'shqan olimdir. "Algebra" so'zi, olimning kitobida qayd etilishicha, kvadrat tenglamani yechishda qoʻllaniladigan 2 amaliyotning biri nomidan olingandir. "Algoritm" soʻzining oʻzagi esa Algoritmi boʻlib, u olimning ismini Lotinlashtirishdan kelib chiqqan. [4] Shuningdek, ispan tilidagi guarismo[5] va portugal tilidagi algarismo soʻzlari ham(ikkalasi ham raqam maʼnosini beradi) uning ismidan kelib chiqqan.

Tarjimai holi

Al-Xorazmiy haqida juda kam ma'lumot saqlanib qolgan, hattoki olimning qayerda tug'ilganligi borasida ham aniq ma'lumot yo`q. Uning ismi olimning Xorazm(Xiva)dan ekanligiga ishorat etadi. Xorazm hududi hozirgi O'zbekistonning Xorazm viloyati hududiga to'g'ri keladi va o'sha davrda Xuroson davlatining bir qismi hisoblanib, Fors davlatining sharqiy qismida joylashgan. Bu paytda Xorazmda Abbosiylar sulolasi hukmronlik qilishardi.

Olimning kunyalari Abu Abdulloh (arabcha: أبو عبد الله) bo'lgan.

Tarixchi At-Tabari o'z kitoblarida olim ismini Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy al-Majusiy al Qatrabaliy(arabcha: محمد بن موسى الخوارزميّ المجوسيّ القطربّليّ deb keltirib o'tadi. Al-Qatrabaliy laqabi uning Bog`dod yaqinidagi Qatrabal shaharchasidan bo'lishi mumkin degan taxminni ham beradi.

Al-Xorazmiy o`z asarlarini aksariyatini 813-833 yillar oralig'ida yozgan. Fors davlatida islom dini o'rnatilgach, Bog`dod yirik fan va savdo markaziga aylandi, uzoq Xitoy va Hindistondan ko'pgina olim va savdogarlar Bog`dod shahriga sayotga kelishardi, shu o`rinda al-Xorazmiy ham o`sha davlatlarga safar qilardi. Al-Xorazmiy xalifa Ma'mun tomonidan tashkil etilgan "Hikmatlar uyi"da olim sifatida ishladi va u yerda u ko'pgina fanlarni, shu jumladan, yunon va sanskrit tillaridagi ilmiy qo'lyozmalar orqali matematika fanini chuqur o'rgandi.

Fanga qoʻshgan hissasi

Frederic Rosenning Muhammad bin Musa algebrasi asarining boshbeti (1831)

Olimning matematika, astronomiya, astrologiya, geografiya va kartografiyaga qo`shgan ulkan hissasi algebra, trigonometriya va boshqa fanlarda keng kashfiyotlar yaratilishi uchun asos yaratdi. Kvadrat tenglamalarni yechishda uning tizimli va mantiqiy yondoshuvi tartibli algebra formulasini berdi, bu so`z uning 830-yilda yozilgan "al-Кitаb al-muxtasar fi hisab al-jabr val-muqabala" (arabcha: لكتاب المختصر في حساب الجبر والمقابلة tarj. "Tenglamalar va taqqoslashlar hisobi haqida muxtasar kitob") nomli kitobidan olingan. Bu kitob XII asrda lotin tiliga tarjima qilingan. Hozirda Oksford universiteti kutubxonasida saqlanayotgan Al-Xorazmiyning "Al-jabr val muqobala" asari bugungi kunda ham kvadrat tenglamalarni yechishda ancha qulaylik keltiradi. Tenglamalardagi hadlar ildizlar, ularning kvadratlari yoki o`zgarmas sondan iborat bo`lishi mumkin. Masalan:

(1)

O`quvchilar buni quyidagicha yozadilar:

(2)

va uni yechishga o`tadilar. Ammo (1) dan (2) ko`rinishga olib kelish, aslida, Aljabr va almuqobala jarayonlarini bajarish natijasidir. Aljabr musbat ishoralarni tiklash demakdir:

(3)

Endi, o`xshash hadlar almuqobala usulida ixchamlanishi kerak. Buning uchun o`xshash hadlar qarama-qarshi qo`yilib, katta miqdorlaridan kichiklari ayriladi:

(4)

Bu tenglamani umumlashtirib yozsak:

(5)

yoki kanonik shaklda

(6)

hosil bo`ladi. Bu tenglamaning ikki tomonini a ga bo`lsak:

(7) hosil bo`ladi. Uning yechimini Al-Xorazmiy quyidagicha yozadi:

(8)

Hozirgi kitoblarda (7) tenglamani ( ) shaklda yozish qabul qilingani uchun (8) formula ( ) shaklga keladi. (8) formula bilan ( ) formula orasidagi farq shundaki, Al-Xorazmiy ni tenglamaning o`ng tomonida bersa, hozir chap tomonida beriladi. Mashhur tarixchi Jorj Sartonning ta’biri bilan aytganda “ Al- Xorazmiy o’z davrining eng buyuk matematigi va agar barcha shart - sharoitlar nazarga olinsa, barcha davrlarning eng buyuklaridan biri” sanaladi. Olimning ilmiy merosi hamon o’z qimmatini saqlab, ilm ahillarining hayratiga sazovor bo’lib kelmoqda.

Algebra

Al-Xorazmiyning al-Jabr asari sahifasi.

Arifmetika

Joʻgʻrofiya

Fayl:Al-Khwarizmi's map.png
Hubert Daunichtning al-Xorazmiy planisferasi rekonstruksiyasi.
Taqqoslash uchun Batlimusning Joʻgʻrofiya asari asosidagi XV asrdagi xarita.

Astronomiya

Yahudiy taqvimi

Boshqa asarlari

Shuningdek qarang

Islom Oltin Davri

Matematika

Hikmatlar uyi

Ma'mun Akademiyasi

Izohlar

  1. Berggren, Hogendijk, Struik p. 93
  2. Gandz 1936
  3. Struik p. 93
  4. al-Daffa 1978
  5. ^ *Donald E. Knuth, Algorithms in Modern Mathematics and Computer Science. Springer-Verlag. 1979. ISBN 0-387-11157-3.

Qoʻshimcha mutolaa uchun