Diofant

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diofant (taxminan 3-asr) — yunon matematigi. Aleksandriyada yashagan. "Arifmetika" nomli risolasining bir qismi (13 kitobdan 6 tasi) va koʻp bur-chakli sonlar haqidagi kitobining baʼzi qismlari bizgacha saqlangan. "Arifmetika"da Diofant, asosan, darajasi toʻrtgacha boʻlgan tenglamalarga oid masalalarning , keyinchalik, oʻz nomi bilan atalgan anikmas tenglamalarning yechilishini topgan. Diofant tenglama yechimini butun sonlarda qidiradi. Manbaalarda Diofant nomi bilan yuritiladigan yaqinlashtirishlar, tenglamalar bor (qarang Diofant tenglamalari). Diofant algebraik va nazariy-sonli masalalarni umumiy yechish usullarini bermagan holda ularni ustalik bilan yechgan. Diofant asarlari P.Ferma, L.Eyler, K.Gauss va b. olimlarning tadqiqotlari uchun asos boʻlgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil