Boliviya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Alpinu (munozara | hissa)
k Spanish spelling (es:República de Bolivia)
Alpinu (munozara | hissa)
k →‎Kinosi: Spanish spelling (República)
Qator 54: Qator 54:
1996 y.da OʻzR bilan B. oʻrtasida savdoiqtisodiy munosabatlardagi tovar aylanmasi 4,84 mln. AQSH dollarini tashkil qildi, mamlakatimizga rux rudalari va konsentratlari keltirildi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
1996 y.da OʻzR bilan B. oʻrtasida savdoiqtisodiy munosabatlardagi tovar aylanmasi 4,84 mln. AQSH dollarini tashkil qildi, mamlakatimizga rux rudalari va konsentratlari keltirildi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>


'''Boliviya''' (Boliviya Respublikasi, [[ispan tili|ispancha]] ''Republica de Bolivia'', [[kecua tili|kechua]] ''Bulibiya'', [[aymara tili|aymara]] ''Wuliwya'') — [[Janubiy Amerika]]ning markaziy qismidagi [[davlat]]. [[Simon Bolivar]] sharafiga shunday nomlangan.
'''Boliviya''' (Boliviya Respublikasi, [[ispan tili|ispancha]] ''República de Bolivia'', [[kecua tili|kechua]] ''Bulibiya'', [[aymara tili|aymara]] ''Wuliwya'') — [[Janubiy Amerika]]ning markaziy qismidagi [[davlat]]. [[Simon Bolivar]] sharafiga shunday nomlangan.
Boliviya shimol-shimoli-sharqdan [[Braziliya]], janubi-sarqdan [[Paragvay]], janubdan [[Argentina]], janubi-gʻarb va gʻarbdan esa [[Chili]] va [[Peru]] bilan chegaradosh.
Boliviya shimol-shimoli-sharqdan [[Braziliya]], janubi-sarqdan [[Paragvay]], janubdan [[Argentina]], janubi-gʻarb va gʻarbdan esa [[Chili]] va [[Peru]] bilan chegaradosh.



8-Noyabr 2015, 21:26 dagi koʻrinishi

Boliviya Respublikasi
ispancha: Estado Plurinacional de Bolivia
kechua. Buliwya Achka nasyunkunap Mama llaqta
aymara. Wuliwya Suyu
guarancha: Tetã Volívia
ShiorLa Unión es la Fuerza
(Ispancha: Birlik Kuchdir)
Madhiya: Himno Nacional de la República de Bolivia
(Boliviya Jumhuriyati Milliy Madhiyasi)
Location of Boliviya
Poytaxt Sukre, La-Pas
Rasmiy til(lar) ispancha, kechua, aymara, guarani va yana 33 ta tillar.
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Luis Arce
Mustaqillik (Ispaniyadan)
• Sana
6-avgust 1825
Maydon
• Butun
1,098,581 km2 (28-oʻrin)
• Suv (%)
1,29
Aholi
• 2013-yilgi roʻyxat
10 461 053[1] (82-oʻrin)
• Zichlik 9,9/km2
YIM (XQT) 2013-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$$59,195 milliard[2] (106-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$5,364
Pul birligi Mvdol (BOV)
Vaqt mintaqasi UTC−4
• Yoz (DST)
UTC−4
Qisqartma BL
Telefon prefiksi 591
Internet domeni .bo
Uyuni

Boliviya (Bolivia), Boliviya Respublikasi (República de Bolivia) -Jan. Amerikaning markaziy qismida joylashgan davlat. Mayd. 1098581 km². Aholisi 7,5 mln. kishi (1996). Rasmiy poytaxti — Sukre, hukumati joylashgan amaldagi poytaxti — LaPas. Maʼmuriy jihatdan 9 departamentga, departamentlar 98 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

B. — unitar respublika. 1967 y. 2 fev.da qabul qilingan konstitutsiyaga koʻra davlat boshligi — prezident. U 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyati — Milliy kongress boʻlib, u ikki palata: senat va deputatlar palatasidan iborat. Deputatlar va senatorlar umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 4 y. muddatda saylanadi. Ijroiya hokimiyatini prezident va hukumat amalga oshiradi. Hukumatni prezident tayinlaydi va unga boshchilik qiladi.

Tabiati

B. ning gʻarbini And togʻlari va baland togʻli Puna platosi egallaydi. Punaning shim.gʻarbida lava platolari, jan.sharqida bal. 3800 m gacha boʻlgan togʻ havzalari bor; qoldiq koʻllar (Poopo) va shoʻrxoklar uchraydi. Titikaka koʻlining bir qismi ham B. hududida. Shim.sharkidagi tekisliklar Amazonka pasttekisligiga tomon astasekin pasaya boradi va bu yerda Beni va Mamore daryolari tizimiga kiradigan soyjilgʻalar oqib yotadi. B.da qalay, volfram, molibden, surma, mis, rux, qoʻrgʻoshin va kumush konlari bor.

B. gʻarbida yiliga 150 mm gacha, sharqida 500–600 mm, And togʻlari yon bagʻrida 2000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Punada iyulning oʻrtacha t-rasi 3—7°, yanv.niki 9—11°. Sharqiy tekisliklarda (shim. da) 4—5 oydan (jan.da) 9 oygacha qurgʻokchilik boʻladi. Iyulning oʻrtacha t-rasi 17—22°, yanv.niki 24—28°. Iiliga shim. da 1300–1600 mm, jan.da 800 mm gacha yogʻin tushadi. B.da tezoqar, kichik togʻ daryolari ham bor. Mamlakat shim.dagi daryolar tropik yomgʻirlar davrida toshadi va 120 ming km² gacha mayd.ni suv bosadi. B. gʻarbida chala choʻl oʻsimliklari, sharqida baland togʻ tropik dasht oʻsimliklari oʻsadi. And togʻlarining sharqiy yon bagʻrida tropik oʻrmonlar, sharqiy tekisliklarda asosan savanna oʻsimliklari oʻsadi; shim.da gileya, jan. da siyrak tropik oʻrmonlar ham uchraydi. Hayvonlardan maymun, zirhaor, tapir, kemiruvchilar, qushlar, sudraluvchilar, hasharotlar va b. bor. Milliy bogʻlari: IsiboroSekurs, Uanchaka, PilonLaxas va b.

Aholisi

B. aholisining 2/3 qismi kechua va aymara nomli indeys xalqlari; qolganlari ispan tilida gaplashadigan boliviyaliklar, aksari duragaylar, kisman ispanlardan tarqalgan kreollardir. B.ning sharqidagi tropik oʻrmonlarda turli qabilalarga mansub indeyslar yashaydi. Rasmiy tillari — ispan, kechua va aymara tillari. Aholisining yarmisi kechua, aymara, guarani tillarida gaplashadi. Shahar aholisi 58%. Dindorlar — asosan katoliklar. Eng yirik shaharlari: LaPas, Kochabamba, SantaKrus, Oruro, Sukre.

Tarixi. B. hududida qadimdan ibtidoiy jamoa tuzumi bosqichidagi indeys qabilalari yashab kelgan. 14-a. boshlarida B. hududi Ink davlati tarkibiga kirgan. 1532—38 y. larga kelib, ispanlar zabt etdi va mahalliy xalqdan bir necha oʻn ming kishi qirib tashlandi. B. 300 y. mobaynida Ispaniya imperiyasi tarkibida boʻlib (1542 y.dan B. hududi Peru, 1776 y.dan LaPlata vitseqirolligi tarkibiga kirgan), Yuqori Peru deb atalgan. 1809—25 y.lar mobaynida ispanlar istibdodiga qarshi milliy ozodlik urushlari boʻlib turdi. 1824 y. 9 dek.da Simon Bolivarning safdoshi general Sukre ispan qoʻshinlarini tormor keltirdi. 1825 y. 8 avg .da Yuqori Peru mustaqil deb eʼlon qilindi va Bolivar sharafiga B. deb ataddi. Bolivar mamlakat prezidenta qilib saylandi, lekin u mamlakatni idora qilishni Sukrega topshirdi. 1836—39 y. larda B. Peru bilan yagona konfederatsiya tashkil etdi. 1879—83 ylarda B. bilan Peruning Chiliga karshi, 1932—35 y.larda Paragvayga qarshi urushida B. oʻzining qalay va selitraga boy dastlabki hududining 2/3 qismini yoʻqotdi. 1-jahon urushida B. betaraflik siyosatini tutgan boʻlsada, mamlakat iqtisodiy resurslari Antanta davlatlari manfaatiga xizmat qildi. 1943 y. apr.da B. Germaniya, Italiya va Yaponiyaga urush eʼlon qildi, ammo urush harakatlarida qatnashgani yoʻq. 1952 y.da B.da harbiy diktatura rejimiga qarshi qoʻzgʻolonda "Milliy inqilobiy harakat" partiyasi armiyani tormor keltirdi. Qalay sanoati davlat ixtiyoriga olindi va agrar islohotlar oʻtkazila boshladi. 1964 y. 4 noyab.da B. reaksionerlari mamlakatda harbiyfashistik diktatura oʻrnatdi. Agrar islohotlar toʻxtatildi, korxonalar amerikaliklarga qaytarib berila boshladi. 1967 y.da mamlakatning koʻpgina joylarida partizanlar harakati boshlandi. Yirik kasaba uyushmasi — B. ishchilar markazi demokratik tuzumni qayta tiklash, mehnatkashlarning turmushini yaxshilash va q. x. da islohotlar oʻtkazish uchun kurashdi. 1970 y. 4 okt.da vatanparvar kuchlar rahbari general Xuan Xose Torres prezidentlik lavozimini egallab, mustaqil tashqi siyosat yurita boshladi. Biroq 1974 y.da hokimiyatni qoʻlga olgan harbiy hukumat demokratik kuchlarni taʼqib qilish yoʻlini tutdi. 80-y. larda mamlakatning ichki siyosiy ahvoli beqaror boʻlib turdi. 1985 y.gi saylovdan keyin B. prezidentlik boshqaruviga oʻtdi. 1997 y. 2 avg .da B. Milliy kongressi tomonidan saylangan prezident Ugo Banser Suares hukumati mamlakatni mustaqil idora qila boshladi. 1945 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 6 avg . — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1825).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Fuqarolar "Birdamlik" ittifoqi, partiya, 1989 y.da tashkil etilgan; Soʻl millatparvar inqilobiy partiya, 1964 y.da tuzilgan; Soʻl millatparvar inqilobiy harakat, 1979 y.da rasmiylashgan; B. Kommunistik partiyasi, 1950 y.da tuzilgan; Soʻl inqilobiy harakat, 1971 y.da asos solingan; Millatparvar demokratik harakat, 1979 y.da tuzilgan; Millatparvar inqilobiy harakat, 1942 y.da asos solingan; Sotsialistik partiya1, 1971 y.da asos solingan; Tupak Katari nomidagi ozodlik uchun inqilobiy harakat, 1978 y. tashkil etilgan; Xristiandemokratik partiya, 1954 y. asos solingan. B. ishchilar markazi kasaba uyushmasi, 1952 y.da tuzilgan.

Xoʻjaligi

B. iqtisodiyotining asosini konchilik sanoati tashkil etadi. Q.x. zaif rivojlangan va mamlakatni oziq-ovqat bilan taʼminlay olmaydi.

Sanoati

B. qalay qazib olish va eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Surma, volfram, mis, rux, qoʻrgʻoshin va vismut rudalari, oltin, k’umush, oltingugurt ham qazib chiqariladi (asosiy konchilik markazlari — Oruro, Potosi, Tupisa, Korokoro va b.). Asosiy neft konlari Chukisoka, Tarixa departamentlarida joylashgan. Elektr energetika, rangli metallurgiya, neft kimyosi, toʻqimachilik (ip va jun gazlama), oziq-ovqat korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. 1,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan GESlarda).

Qishloq xoʻjaligi ningasosiy tarmogʻi — dehqonchilik. Asosiy oziq-ovqat ekinlari — kartoshka va makkajoʻxori. Bundan tashqari sholi, bugʻdoy, paxta, shakarqamish, kofe, banan, kakao va b. ham yetishtiriladi. Qoʻy, qoramol, lama, choʻchqa boqiladi. Oʻrmonlarda geveya sharbati, xin daraxtining poʻstlogʻi va koka barglari yigʻib olinadi.

Transporti

T.ylarninguz. — 3,9 ming km, avtomobil yoʻllari — 38,9 ming km (1996). Titikaka koʻlida kemalar qatnaydi. Daryo yoʻllari — salkam 20 ming km. Neft quvurlari koʻp. Togʻli hududlarda otulovning ahamiyati katta. Mamlakatning 30 shaharida aeroport bor. Asosiy aeroporti — LaPas.

Tashqi savdo uchun B. Molyendo (Peru) va Antofagasta (Chili) portlaridan foydalanadi. Chetga asosan konchilikruda sanoati mahsulotlari, neft, tabiiy gaz, paxta, kofe chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat mahsulotlari, mashinalar, asbobuskunalar, binokorlik materiallari, xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar oladi. Savdo sohasidagi asosiy mijozlari: AQSH, Braziliya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Argentina, Germaniya, Chili, Peru. Pul birligi — boliviano.

Tibbiy xizmati. B.da davlatning baʼzi kasalxona, ambulatoriya va tibbiy yordam postlaridan tashqari barcha tibbiy muassasalarda tibbiy yordam pulli. Vrachlarni uchta untning tibbiyot f-tlari tayyorlaydi.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. B.da 15 dan yuTSori yoshdagi aholining 50% savodsiz. Mamlakatda 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning umumiy majburiy taʼlimi haqida qonun qabul qilingan. Yoshlar umumiy oʻrta, hunartexnika va ped. maktablarida, oliy oʻquv yurtlarida taʼlim oladilar. Yirik oliy oʻquv yurtlari: LaPas, Kochabamba, Potosi, Sukre untlari. Ilmiy markazlari: Milliy FA, Tarix akademiyasi, B. akademiyasi. Kutubxonalari: untlarning kutubxonalari, Madaniyat departamentining kutubxonasi, LaPasdagi Munitsipal kutubxona. Muzeylari: LaPasdagi "Tiaunako" milliy muzeyi, Potosidagi zarbxona milliy muzeyi.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi

Yirik ommaviy kundalik gaz.lari: "Diario" ("Gazeta", 1904 y.dan), "Deber" ("Burch", 1953 y.dan), "Oy ("Bugun", 1968 y.dan), "Ultima ora" ("Soʻnggi soat", 1929 y.dan), "Rason" ("Idrok", 1990 y.dan). Axensia de Notisias Fides—ANF axborot agentligi 1979 y.da tashkil etilgan. Bosh aloqa boshqarmasi — hukumat radioeshittirish xizmati mavjud. Mamlakatda 158 radiost-ya boʻlib, ularning koʻpchiligi tijorat asosida ishlaydi. Telekoʻrsatuv 1969 y.dan olib boriladi, uning bir kanalini hukumat nazorat qiladi.

Adabiyoti asosan ispan tilida. B.da qad. indeys madaniyati namunalaridan "Olyantay" nomli boliviyaperu dramasi saqlangan. Mustamlaka davri (16—18-a.lar) adabiyotida F. Guaman Pom, A. de Kalanchaning tarixiy xronikalari diqqatga sazovor. 18-a. oxiridan boshlab mustaqillik uchun kurash davrida vatanparvarlik publiiistikasi va sheʼriyati yaratildi. 19-a. B. adabiyotida romantizm hukmronlik qildi. Uning yirik namoyandalari: R. X. Bustamante, N. Galindo, M. X. Muxia, B. Lens va b. Bu davrda romantizm bilan bogʻliq holda indeyslar hayotiga qiziqish kuchaydi. N. Agirrening "Xuan de la Rosa", L. Ansoategi de Kamperoning "Ualparrimachlar", A. Argedasning "Bronza rangli irq" romanlari shu mavzuga bagʻishlandi. "Olov oqim" (1935, O. Serruto), "Iblis metall" (1946, A. Sespedes), "Ajal shaxtalari" (1962, F. Ramires Velarde) romanlarida konchilarning ogʻir hayoti, inqilobiy kayfiyatlari tasvirlandi. B.ning yirik yozuvchilaridan M. Mendosa Lopes, X. Felman Velarde asarlarida, mashhur yozuvchi X. Laraning "Surumi" (1945), "Yanakuna" (1952), "Qonimiz" (1959) romanlarida ijtimoiy tenglik uchun kurash masalalari oʻz ifodasini topdi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

5— 8-a. larda B. togʻli joylari meʼmorligida tiauanako madaniyati gullab yashnadi (katta yaxlit toshlardan yasalgan inshootlar, afsonalardagi qahramonlarni aks ettiruvchi tosh haykallar va b.). 16—18-a.larda B.da Potosi, Sukre, LaPas, Kochabamba, Oruro kabi shaharlar qurildi. Bu shaharlarda mahalliy aholi ustalari ishtirokida ibodatxonalar, saroylar va b. binolar barpo etildi. Ularda indeyslarning qad. sanʼat va meʼmorligi bezaklaridan foydalanilgan. 19—20-a. larda B.da sanoat va jamoat binolari qurila boshladi. Bu binolar Yevropa va Amerika meʼmorligi uslubida, turar joy binolari qad. B. meʼmorligi uslubida kurilgan. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida rassomlardan A. Nogales, X. Garsia Mesa, S. Iturralde ijod qildilar. 20-a. boshlarida B. sanʼatida modernizm oqimi keng tarqaldi. 20-y.larga kelib, millim rassomlik maktabi tarkib topdi. Keyingi yillarda rassomlardan S. Gusman de Roxas, B. Berdesio, V. S. Romero, M. Exido, haykaltarosh M. Nunyes del Prado oʻz asarlarida xalq tarixi va hayotini, zamondoshlar obrazini, tabiat goʻzalligini aks ettirdilar. 20-a. oʻrtalaridan Koʻp qavatli temirbeton binolar qurila boshladi, shaharlar taʼmirlandi, sanoat korxonalari qurildi.

Musiqasi

B.da indeyslar musiqasi — beguala, vidala, uanka kabi lirik qoʻshiqlar, uayno, uaynito, nombo kabi cholgʻu asboblari, qamish nay, doʻmbirani eslatuvchi putunka keng tarqalgan. Ispaniyadan oʻtgan olti torli gitara boliviyaliklarning sevimli sozi hisoblanadi. 19-a. oxiri va 20-a. boshlaridagi yirik kompozitorlar E. Kabo, T. Vargas, X. Maydanadir. LaPasda milliy konservatoriya va milliy simfonik orkestr bor.

Teatri

16—17-a.larda missionerlar Potosidagi bayram va sayillarda teatrlashtirilgan tomoshalarni tashkil etishgan. 1617—19 y.larda LaPasda ikkita teatr ochildi. Bayram kunlaridagi karnavallar milliy madaniyatning oʻziga xos xususiyati boʻlib qolgan. Ashula va raqslar orasida diablados deb atalgan va yaxshilik bilan yomonlikning kurashi tasvirlanadigan tomoshalar koʻrsatilgan. Professional teatr sanʼati suyet rivojlangan. Sukre sh.dagi yozgi teatr ahyonahyonda ishlaydi, unda yarim professional truppalar qatnashadi. Mahalliy dramaturglardan R. Muxia, X. Berrios, M. Flores, A. Saavedra Peres va b.larning pyesalari sahnalashtirilgan. LaPasda Sahna sanʼati va deklamatsiya akademiyasi bor. 1949 y. Teatr va radio arboblari jamiyati tashkil etilgan.

Kinosi

1943 y.da tashkil etilgan B. kino in-ti asosan hujjatli filmlar tayyorlaydi; yiliga bir nechagina badiiy film chiqaradi. Mashhur filmlari: "Ukamau", "Kondor qoni" (rej. X. Sanximes).

1996 y.da OʻzR bilan B. oʻrtasida savdoiqtisodiy munosabatlardagi tovar aylanmasi 4,84 mln. AQSH dollarini tashkil qildi, mamlakatimizga rux rudalari va konsentratlari keltirildi.[3]

Boliviya (Boliviya Respublikasi, ispancha República de Bolivia, kechua Bulibiya, aymara Wuliwya) — Janubiy Amerikaning markaziy qismidagi davlat. Simon Bolivar sharafiga shunday nomlangan. Boliviya shimol-shimoli-sharqdan Braziliya, janubi-sarqdan Paragvay, janubdan Argentina, janubi-gʻarb va gʻarbdan esa Chili va Peru bilan chegaradosh.

Manbalar

  1. Census.gov. „Country Rank. Countries and Areas Ranked by Population: 2013“. U.S. Department of Commerce (2013). 2013-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-may.
  2. „Report for Selected Countries and Subjects“. International Monetary Fund. Qaraldi: 28-yanvar 2014-yil.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil