Boliviya bayrogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Boliviya ko'p millatli davlat bayrogʻi (Davlat bayrog`i)
Flag of Bolivia (state).svg
Mamlakat Boliviya
Fuqarolik bayrogʻi
Flag of Bolivia.svg
Mutanosibligi 15:22
Qabul qilindi 31-oktabr, 1851-yil (170 yil avval) (1851-10-31)
Harbiy bayrogʻi
Flag of Bolivia (military) (2).svg
Mutanosibligi 15:22
Harbiy-dengiz bayrogʻi
Mamlakat Naval Ensign of Bolivia.svg
Mutanosibligi 2:3

Boliviyaning davlat bayrogʻi 15:22 aspekt nisbati bilan toʻgʻri toʻrtburchakli paneli boʻlib, u uchta teng gorizontal chiziqlardan iborat: yuqori — qizil, oʻrta — sariq va pastki — yashil. Bayroqning markazida Boliviya gerbi tasvirlangan. Bayroq 1851-yilda qabul qilingan. Boliviya dengizga aloqador boʻlmasa ham, mamlakatda daryo va koʻl kemalarida ishlatiladigan dengiz bayrogʻi mavjud. Dengiz bayrogʻidagi toʻqqiz yulduz Boliviyaning toʻqqiz boʻlimini anglatadi, katta yulduz 1884-yilda tinch okean urushi natijasida yoʻqotilgan dengizga chiqish huquqini anglatadi.

Dizayn[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boliviya milliy bayrogʻi uch rangli (trikalor) qizil, sariq va yashil ranglari 1:1:1 nisbatda toʻgʻri toʻrtburchak sifatida tasvirlangan, uchta gorizontal chiziqni bildiradi, qizil rang bayroq kengligining uchdan bir qismini egallaydi, bir xil kenglikdan foydalangan holda o'rta tasmada sariq va pastki qismida yashil oxirgi uchdan bir qismini egallaydi.

Boliviya bayrogʻi chiziqlari rangi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boliviya bayrogʻining qizil rangi milliy qahramonlarning qonini, qurbonlik va muhabbatini, sariq — mineral resurslarni, yashil — abadiy umid, rivojlanish va taraqqiyotni anglatadi.

30x30px



Sxema
Qizil Sariq Yashil
Pantone 485[1] Process Yellow[1] 356[1]
RGB 218, 41, 28[2] 244, 228, 0[3] 0, 122, 51[4]
CMYK C0 M95 Y100 K0[2] C0 M0 Y100 K0[3] C91 M0 Y100 K26[4]
Hexadecimal #DA291C #F4E400 #007A33

Vipala[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilgi Konstitutsiyaga koʻra, vipala (Wiphala, Aymar hindularining tarixiy bayrogʻi) Boliviyaning milliy ramzidir va mamlakat ichida davlat bayrogʻi bilan birgalikda ishlatiladi (lekin uni almashtirmasdan). Vipala Boliviya dengiz floti bayrogʻining qanotidaoʻng tomonida tasvirlangan.

Bugungi kunda umume'tirof etilgan bayroqdan farqli o'laroq, Boliviyada dengiz bayrogʻi varianti ham mavjud. Uning chap burchagida siz Boliviyaning uch rangli bayrogʻini va Vipalasini ko'rishingiz mumkin. Elementlar ko'k fonda joylashgan va burchakdagi ikkita bayroq 9 ta sariq kichik besh qirrali yulduz bilan o'ralgan. Markazda esa 10-yulduz joylashgan. Bu yulduz tinch okean urushi natijasida dengizga chiqish yoʻqotilgan huquqini anglatadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Gaceta Oficial del Estado Plurinacional de Bolivia“ (es). Qaraldi: 10-iyul 2020-yil.
  2. 2,0 2,1 „PANTONE 485 C - Find a Pantone Color“. Qaraldi: 10-iyul 2020-yil.
  3. 3,0 3,1 „PANTONE Process Yellow C - Find a Pantone Color“. Qaraldi: 10-iyul 2020-yil.
  4. 4,0 4,1 „PANTONE 356 C - Find a Pantone Color“. Qaraldi: 10-iyul 2020-yil.