La-Pas
La-Pas | |
|---|---|
|
| |
| 16°29′45″S 68°8′0″W / 16.49583°S 68.13333°W | |
|
|
La-Pas — Boliviyadagi shahar, mamlakatning amaldagi poytaxti. La-Pas departamentining maʼmuriy markazi. Markaziy And togʻlarida, 3700 m balandlikda, La-Pas daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi 758,1 ming kishi (1998). Muhim transport yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroporti bor. Boliviyaning asosiy iqtisodiy, madaniy, ilmiy va savdo-moliya markazi (mamlakat ishlab beruvchi sanoat mahsulotining 3/4 kismi). Toʻqimachilik, oziq-ovqat, charmpoyabzal, mebel, sement va boshqa sanoat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan (kumush, oltin, keramikadan turli buyumlar tayyorlanadi). Boliviya hukumati va prezidenti qarorgohi. Universitet, FA, Milliy muzey, teatrlar, rasadxona, geofizika instituti, kutubxona bor. XVIII asrga oid saroy va qasrlar saqlangan. Shaharga 1548-yil ispanlar tomonidan asos solingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |