Abror Muxtor Aliy: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Yana qaytarib qo'yilgan asossiz ma'lumotlarni tahriri
Teglar: Qoʻlda qaytarildi Qaytarildi Koʻrib tahrirlagich
k Javohir93 tahrirlari Humoyun Qodirov versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Qaytarildi
Qator 41: Qator 41:
* Abdulvahhob Mashhadoniyning „Namozimiz dalillari“ nomli kitobini oʻzbek tiliga tarjima qilgan<ref>[https://shamskitoblari.uz/namozimiz-dalillari Namozimiz dalillari]</ref>.
* Abdulvahhob Mashhadoniyning „Namozimiz dalillari“ nomli kitobini oʻzbek tiliga tarjima qilgan<ref>[https://shamskitoblari.uz/namozimiz-dalillari Namozimiz dalillari]</ref>.


== Faoliyati ==
== Tanqidlar ==
2017-yilgacha, 20 yilga yaqin muddat davomida hukumatning qattiq nazorati ostida boʻlgan dindorlardan biri<ref>{{veb manbasi|url=https://www.ozodlik.org/a/28712453.html|title=Ўзбекистонда "қора рўйхат"да турган 17 минг мусулмондан 16 мингтаси ундан чиқарилган}}</ref>. Diniy erkinlik berilgach, ijtimoiy tarmoqlarda ziddiyatli chiqishlari bilan tanilgan.
Abror Muxtor Aliy faoliyati davomida Islom diniga va musulmonlarga nisbatan qilinayotgan haqoratlar, tuxmatlar va bo'xtonlarga qarshi kurashib keladi.

[[2021-yil]] [[11-fevral]]da „xotinlar uradigan erkaklarni yaxshi koʻradi“ degan soʻzlari aks etgan video ortidan qattiq tanqid qilindi. Keyinroq, ayollardan uzr soʻrab chiqdi va „ayollarni urmaslik kerak“ deya taʼkidladi<ref>{{veb manbasi|url=https://www.ozodlik.org/a/tarmoqni-titratgan-trendlar/31203599.html|title=Рамазон, Гагарин ва Шералининг парвози. Тармоқни титратган трендлар}}</ref>. [[28-mart]] kuni [[Toshkent shahri]] markazidagi [[Amir Temur xiyoboni]]da yapon animesi va koreys pop musiqasi muxlislarining navbatdagi tadbirini oʻtkazmoqchi boʻlgan bloger Miraziz Bozorov shu kuni kechqurun kaltaklab ketilgan. Bozorov bu ishlarni Abror Muxtor Aliy uyushtirganini taʼkidlagan<ref>{{veb manbasi|url=https://www.ozodlik.org/a/31174058.html|title=ЖК дан "Бесоқолбозлик" моддасини олиб ташлаш кераклигини ёзган блогер қаттиқ калтакланди}}</ref>. Andijondagi kutubxona xodimlari bilan uchrashuv paytida tahlilchi Larisa Burakovaning [[oʻzbek tili]]ga tarjima qilingan „Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi?“ kitobini „Oʻzbekistonda rangli inqilob qilishga tashviq“ deya tanqid qildi<ref>{{veb manbasi|url=https://www.ozodlik.org/a/31306809.html|title=Андижондаги сайловолди тадбирида Грузия ислоҳоти ҳақидаги китоб “зарарли” деб айтилди}}</ref>. Oʻzbekiston xalq artisti [[Yodgor Saʼdiyev]]ning soqol qoʻyish haqidagi tanqidiy fikrlari aks etgan video ortidan, Saʼdiyevni „jirkanch artist“, „oʻldirilishi joiz boʻlgan togʻut“¸ „ayollar libosini kiygan hezalak“ kabi haqorat va tahdidli soʻzlar bilan nishonga oldi<ref>{{veb manbasi|url=https://www.ozodlik.org/a/31333790.html|title=Соқолни танқид қилган халқ артисти Ëдгор Саъдиев виртуал сазойи қилинди}}</ref>. [[Toshkent shahri]]dagi kitob doʻkonlari boʻylab uyushtirilgan tekshiruv chogʻida [[Leonardo da Vinci]] va [[Rembrandt]] kabi gʻarb rassomlari ishlagan jahon sanʼati durdonalarini „oʻzbek xalqi uchun yot“ ekanini aytgan<ref>{{veb manbasi|url=https://www.ozodlik.org/a/%D0%B4%D0%B0-%D0%B2%D0%B8%D0%BD%D1%87%D0%B8-%D0%B1%D0%B8%D0%B7%D0%B3%D0%B0-%C3%AB%D1%82-%D0%B4%D0%B5%D0%B3%D0%B0%D0%BD-%D0%B4%D0%B0%D1%8A%D0%B2%D0%B0%D1%82%D0%BB%D0%B0%D1%80-%D0%BC%D0%B0%D0%BD%D0%B7%D0%B0%D1%80%D0%B0%D1%81%D0%B8%D0%B4%D0%B0-%D1%82%D0%BE%D1%88%D0%BA%D0%B5%D0%BD%D1%82%D0%B4%D0%B0%D0%B3%D0%B8-%D0%BC%D0%BE%D0%BD%D0%B0-%D0%BB%D0%B8%D0%B7%D0%B0-%D1%80%D0%B0%D1%81%D0%BC%D0%B8-%D1%9E%D1%87%D0%B8%D1%80%D0%B8%D0%B1-%D1%82%D0%B0%D1%88%D0%BB%D0%B0%D0%BD%D0%B4%D0%B8/31354476.html|title=“Да Винчи бизга ëт” деган даъватлар манзарасида Тошкентдаги Мона Лиза расми ўчириб ташланди}}</ref>. 2022-yil dekabr oyida Nikita Makarenko Abror Muxtor Aliy nomi bilan tanilgan fuqaro unga nisbatan tuhmatni oʻz ichiga olgan hamda „[[Adobe Photoshop|Photoshop]]“ dasturida soxtalashtirilgan xabarlarni eʼlon qilganini bildirgan. Jurnalist holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilgan. Huquqbuzarligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima jazosiga tortilgan<ref>{{veb manbasi|url=https://m.kun.uz/news/2023/02/18/bloger-abror-abduazimov-jarimaga-tortildi|title=Блогер Аброр Абдуазимов жаримага тортилди}}</ref>.


== Oilasi ==
== Oilasi ==

13-Iyun 2023, 14:34 dagi koʻrinishi

Abror Muxtor Aliy
Tavalludi
Abduazimov Abrorjon Muxtoraliyevich

22-iyul 1976-yil (1976-07-22) (47 yosh)
Chust tumani, Namangan, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi imom
Dini Islom
Bolalari 7 ta

Abrorjon Muxtoraliyevich Abduazimov (1976-yil 22-iyul, Karkidon qishlogʻi, Chust tumani, Namangan viloyati) — Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi bosh ilmiy xodimi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Qurʼon va tajvid oʻrgatish boʻlimi mudiri oʻrinbosari[1][2][3].

Biografiyasi

1976-yil 22-iyul kuni Namangan viloyati Chust tumani Karkidon qishlogʻida tugʻilgan.

Taʼlim

1994—1998 — Andijon viloyati „Abdussalom Maxdum“ nomli madrasada tayyorlov kursi talabasi.

1998—2000 — Namangan shahridagi „Mulla Qirgʻiz“ madrasasi talabasi.

2000—2004 — Toshkent islom instituti talabasi.

2009—2011 — Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti magistratura talabasi.

Mehnat faoliyati

2004—2008 — Toshkent viloyati „Olimjon ota“ jome masjidida imom-xatib.

2008—2009 — Xorazm viloyati „Faxriddin ar-Roziy“ oʻrta-maxsus diniy taʼlim muassasasi oʻqituvchisi.

2011-2022-yillarda — Toshkent islom universiteti oʻqituvchisi.

2020-yildan Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi bosh ilmiy xodimi.

2021-yildan Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi Qurʼon va tajvid oʻrgatish boʻlimi mudiri oʻrinbosari[4].

Kitoblari

  • Izuddin Bayyanuniyning „Tahorat va namoz hukmlari“ nomli kitobini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[5].
  • Abdulvahhob Mashhadoniyning „Namozimiz dalillari“ nomli kitobini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[6].

Tanqidlar

2017-yilgacha, 20 yilga yaqin muddat davomida hukumatning qattiq nazorati ostida boʻlgan dindorlardan biri[7]. Diniy erkinlik berilgach, ijtimoiy tarmoqlarda ziddiyatli chiqishlari bilan tanilgan.

2021-yil 11-fevralda „xotinlar uradigan erkaklarni yaxshi koʻradi“ degan soʻzlari aks etgan video ortidan qattiq tanqid qilindi. Keyinroq, ayollardan uzr soʻrab chiqdi va „ayollarni urmaslik kerak“ deya taʼkidladi[8]. 28-mart kuni Toshkent shahri markazidagi Amir Temur xiyobonida yapon animesi va koreys pop musiqasi muxlislarining navbatdagi tadbirini oʻtkazmoqchi boʻlgan bloger Miraziz Bozorov shu kuni kechqurun kaltaklab ketilgan. Bozorov bu ishlarni Abror Muxtor Aliy uyushtirganini taʼkidlagan[9]. Andijondagi kutubxona xodimlari bilan uchrashuv paytida tahlilchi Larisa Burakovaning oʻzbek tiliga tarjima qilingan „Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi?“ kitobini „Oʻzbekistonda rangli inqilob qilishga tashviq“ deya tanqid qildi[10]. Oʻzbekiston xalq artisti Yodgor Saʼdiyevning soqol qoʻyish haqidagi tanqidiy fikrlari aks etgan video ortidan, Saʼdiyevni „jirkanch artist“, „oʻldirilishi joiz boʻlgan togʻut“¸ „ayollar libosini kiygan hezalak“ kabi haqorat va tahdidli soʻzlar bilan nishonga oldi[11]. Toshkent shahridagi kitob doʻkonlari boʻylab uyushtirilgan tekshiruv chogʻida Leonardo da Vinci va Rembrandt kabi gʻarb rassomlari ishlagan jahon sanʼati durdonalarini „oʻzbek xalqi uchun yot“ ekanini aytgan[12]. 2022-yil dekabr oyida Nikita Makarenko Abror Muxtor Aliy nomi bilan tanilgan fuqaro unga nisbatan tuhmatni oʻz ichiga olgan hamda „Photoshop“ dasturida soxtalashtirilgan xabarlarni eʼlon qilganini bildirgan. Jurnalist holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilgan. Huquqbuzarligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima jazosiga tortilgan[13].

Oilasi

Uning 7 nafar farzandi bor. 2021-yilning 12-oktabr kuni 7 yashar oʻgʻli Muhammad To Ha vafot etgan[14]

Manbalar

  1. Abror Muxtor Aliy Diniy idorada mas’ul vazifaga tayinlandi
  2. „Abror Muxtor Aliy: „Ramazon — ilm va kitobxonlik oyidir““. 13-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-dekabr 2021-yil.
  3. Abror Muxtor Aliy Musulmonlar idorasida mas’ul lavozimini egalladi
  4. Abror Muxtor Aliy Musulmonlar idorasida masʻul lavozimga tayinlandi
  5. Tahorat va namoz hukmlari
  6. Namozimiz dalillari
  7. „Ўзбекистонда "қора рўйхат"да турган 17 минг мусулмондан 16 мингтаси ундан чиқарилган“.
  8. „Рамазон, Гагарин ва Шералининг парвози. Тармоқни титратган трендлар“.
  9. „ЖК дан "Бесоқолбозлик" моддасини олиб ташлаш кераклигини ёзган блогер қаттиқ калтакланди“.
  10. „Андижондаги сайловолди тадбирида Грузия ислоҳоти ҳақидаги китоб “зарарли” деб айтилди“.
  11. „Соқолни танқид қилган халқ артисти Ëдгор Саъдиев виртуал сазойи қилинди“.
  12. „“Да Винчи бизга ëт” деган даъватлар манзарасида Тошкентдаги Мона Лиза расми ўчириб ташланди“.
  13. „Блогер Аброр Абдуазимов жаримага тортилди“.
  14. „Abror Muxtor Aliyning oilasida og‘ir judolik“.

Havolalar

VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Abror Muxtor Aliy haqida sahifa mavjud.