Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi
Maqomi tashkilot
Maqsadi ilmiy-tadqiqot, ta'lim
Ishga tushgan sanasi 2017-yil
Joylashuvi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy koʻchasi, 47-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Direktor Shoazim Minovarov
Vebsayti cisc.uz
Til(lar)i Oʻzbek tili
Arab tili
Rus tili
Ingliz tili

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi (arabcha: مركز الحضارة الإسلامية في أوزبكستان لدي مجلس الوزراء لجمهورية أوزبكستان ., inglizcha: Center of Islamic Civilization in Uzbekistan under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan) — Oʻzbekistonda islom tarixiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi markazdir.

Maqomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazi Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2017 yil 23 iyundagi PQ-3080-son qaroriga asosan tashkil etilgan.[1]
  • Markaz oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi.
  • Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi.
  • Markaz oʻz faoliyatini qonuniylik, oshkoralik, kollegiallik hamda jamoat fikrini hisobga olish prinsiplari asosida yuritadi.
  • Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida talab qilib olinadigan chet el valyutasidagi depozit hisob raqamlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.
  • Markazda ish yuritish davlat tilida olib boriladi. Markazda rus, ingliz va arab tillarida ham ish yuritishi mumkin.[2][3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etiladi - Uza.uz, 2018-08-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-08-15
  2. Islom sivilizatsiyasi markazi — Xabar.uz
  3. https://lex.uz/docs/3296658