Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi
Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi Mavrikiy mamlakatini ifodalovchi ayollar assotsiatsiyasi futbol jamoasidir. Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Mavrikiy Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi bir vaqtning oʻzida FIFA, Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) va Janubiy Afrika Futbol Uyushmalari Assotsatsiyasi (COSAFA) aʼzosidir. Mamlakatda va umuman Afrikada ayollar futbolini rivojlantirish qator muammolarga duch kelmoqda. Mamlakatda 1997-yilgacha ayollar futboli dasturi yaratilmagan. FIFA Mavrikiy Futbol Assotsiatsiyasiga pul ajratadi. Bu mablagʻning 10 foizi mamlakatda ayollar futboli, sport tibbiyoti va futzal kabi sohalarda futbolni rivojlantirishga qaratilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1985-yilda juda kam sonli mamlakatlarda ayollar futboli terma jamoasi[1] edi va Mavrikiy ham bundan mustasno emas edi. Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi faqat 1997-yilga kelib tashkil etilgan[2]. Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi oʻyini 2012-yilning 3-iyunida Sen-Denida „Reunion“ ayollar terma jamaosiga qarshi boʻlgan. Bu oʻyin 3:0 hisobidagi Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining magʻlubiyati bilan yakunlandi. Javob oʻyini 2012-yilning iyulida Mavrikiyda oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi[3], ammo bu 2012-yilning noyabriga kechiktirildi. Uchrashuv 2012-yil 25-noyabrda Bambous shahrida boʻlib oʻtdi, Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi yana 2:1 hisobida magʻlub boʻldi.
Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi bir nechta musobaqalarda ishtirok etishi rejalashtirilgan edi, ammo jamoa ulardan voz kechdi[4][5]. Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi 2002-yilda Zimbabvening Xarare shahrida boʻlib oʻtgan Janubiy Afrika Futbol Assotsiatsiyalari Kengashi (COSAFA) ayollar turniriga kiritilgan, ammo Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi musobaqani tark etgan[5]. 2005-yilda Zambiya ayollar futboli boʻyicha COSAFA mintaqaviy turniriga mezbonlik qilishi kerak edi. Bu turnirga bir qancha terma jamoalar: Janubiy Afrika Respublikasi, Zimbabve, Mozambik, Malavi, Seyshel orollari, Mavrikiy, Madagaskar, Zambiya, Botsvana, Namibiya va Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoalari yuborishga rozi boʻldi[6]. Turnir oxir-oqibat 2006-yilda boʻlib oʻtdi, ammo Mavrikiy oʻz terma jamoasini yubormadi[7]. Bundan tashqari, Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi 2008-yilgi 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etishlari kerak edi, u yerda ular Zimbabve bilan dastlabki bosqichda oʻynashlari kerak edi. Ammo, Zimbabve terma jamoasi musobaqadan chiqib ketdi. Oʻsha turda Mavrikiy Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi bilan oʻynashi kerak edi, ammo Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi ham musobaqadan chiqib ketdi[4].
Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilgi COSAFA ayollar chempionatida ishtirok etib, oʻz guruhidagi uchta oʻyinda ham magʻlub boʻlishdi[8].
Murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Lavozimi | Ismi |
|---|---|
| Bosh murabbiy | |
| Texnik direktor | |
| Yordamchi murabbiy | |
| Darvozabonlar murabbiyi | |
| Jismoniy murabbiy |
Bosh murabbiylar tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ismi | Murabbiylik davri |
|---|---|
| 20-20? ? | |
| 2022 — hozirgi kungacha |
Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi tarkib
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi o‘yinchilar 2022-yil 24-avgustda bo‘lib o‘tadigan 2022-yilgi COSAFA ayollar chempionatida Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirildi[9].
| № | Poz. | Futbolchi | Tugʻilgan sanasi (yosh) | Ishtiroki | Gollari | Klubi |
|---|---|---|---|---|---|---|
| DR | Nancy Betty | |||||
| DR | Sejal Teeluck | |||||
| DR | Tan Wee Anastasia | |||||
| HM | Anaelle Rassoie | |||||
| HM | Anaelle Auguste | |||||
| HM | Laeticia Dadard | |||||
| HM | Lauricourt Camilla | |||||
| HM | Claudinette Cupidon | |||||
| HM | Jerome Martina | |||||
| YH | Audrey Anthony | |||||
| YH | Elodie Aliphon (captain) | |||||
| YH | Coralie Verloppe | |||||
| YH | Claudina Evenor | |||||
| YH | Nausheen Mamode | |||||
| YH | Macaque Emilie | |||||
| YH | Julie Gopal | |||||
| YH | Quirin Joannie | |||||
| HJ | Fiona Felicite | |||||
| HJ | Jerusha Ramasawmy | |||||
| HJ | Jheemla Brooklyn | |||||
| HJ | Orphelie Marianne | |||||
| HJ | Tracy Anais Fourneau | |||||
Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]| FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati |
| Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi | ||||||||
| Kiritilmadi | ||||||||
| Saralashdan oʻta olmadi | ||||||||
| Kiritilmadi | ||||||||
| Jami | 0/9 | - | - | - | - | - | - | - |
Olimpiada oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati |
| Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi | ||||||||
| Kiritilmadi | ||||||||
| Aniqlanmoqda | ||||||||
| Jami | 0/7 | - | - | - | - | - | - | - |
Afrika ayollar millatlar kubogi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Afrika ayollar millatlar kubogida Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | |
| 1991-yil | Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi | |||||||
| 1995-yil | ||||||||
| Kiritilmadi | ||||||||
| 2008-yil | ||||||||
| 2012-yil | ||||||||
| Saralashdan oʻta olmadi | ||||||||
| Kiritilmadi | ||||||||
| 2020-yil | Kiritilmadi, keyinchalik turnir bekor qilindi | |||||||
| Kiritilmadi | ||||||||
| Jami | 0/12 | - | - | - | - | - | - | - |
Afrika oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Afrika oʻyinlarida Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar |
| Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi | |||||||
| Kiritilmadi | |||||||
| 2023-yil | Aniqlanmoqda | ||||||
| Jami | 0/5 | - | - | - | - | - | - |
COSAFA ayollar chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]| COSAFA ayollar chempionatida Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Yil | Natija | Oʻrin | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar |
| Mavrikiy ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi | ||||||||
| Kiritilmadi | ||||||||
| Guruh bosqichi | 12 | 3 | 0 | 0 | 3 | 0 | 17 | |
| Kiritilmadi | ||||||||
| Guruh bosqichi | 11 | 3 | 0 | 0 | 3 | 0 | 26 | |
| Kiritilmadi | ||||||||
| Guruh bosqichi | 11 | 3 | 0 | 0 | 3 | 0 | 12 | |
| Jami | Guruh bosqichi | 11 | 9 | 0 | 0 | 9 | 0 | 55 |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Chrös McDougall. Soccer. ABDO, 2012 — 45-bet. ISBN 978-1-61783-146-1.
- ↑ „Goal! Football: Mauritius“. FIFA (2009-yil 21-aprel). 2014-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-aprel.
- ↑ „Site officiel Ligue de la Réunion : FEMININ : REUNION - MAURICE 3 - 0“. 2012-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-iyun.
- 1 2 „African Women U-20 World Cup 2008 Qualifying“. RSSSF (2010-yil 25-mart). Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
- 1 2 „COSAFA Women Tournaments“. RSSSF (2006-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
- ↑ Mukoka, Augustine. „The Post (Zambia) – AAGM: Zambia to Host Cosafa Women's Soccer Tourney“. The Post (2005-yil 16-avgust). Qaraldi: 2012-yil 23-aprel.
- ↑ „COSAFA Women Tournaments“.
- ↑ „2019 COSAFA women's snr“. COSAFA. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
- ↑ Suqad for cosafa cup 2022
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti
- Mauritius at the FIFA.com
- Mauritius at CAFonline.com
- Mauritius Fixtures and Results — Soccerway.com
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |