Mavrikiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mavrikiy Respublikasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Mavrikiy (539-602.27.11) - Vizantiya imperatori (582 yildan). Yustinian I hukmronligidan keyin mamlakatda vujudga kelgan ogʻir sharoitda taxtni boshqargan. Saltanat hududiga slavyanlar, langobardlar, forslar hujum qilib turgandilar, davlat xazinasi boʻshab qolgan edi. M. qoʻshinga beriladigan maoshni. turli xil tomoshalarga sarflanadigan harajatlarni qisqartirgan. Misrdan keltiriladigan gʻalla narxini oshirgan. M.ga qarshi bir qancha qoʻzgʻolonlar koʻtarilgan. 591 yil M. Eron bilan Vizantiya uchun manfaatli boʻlgan sulh bitimini imzolashga erishgan; Eronga tegishli Armanistonning bir qismi Vizantiyaga oʻtgan. M.ning ichki siyosati davlatni parchalanishiga olib kelgan; Ravenna (584) va Karfagenda (591) yarim mustaqil ekzarxatlar (harbiymaʼmuriy birlik) barpo etilgan, M. vasiyatnomasi (597)ga koʻra, saltanat uning oʻgʻillari oʻrtasida taqsimlanishi kerak edi. 602 yil 23 noyabr

da M. senturion (kichik harbiy lavozim) Foka boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtargan askarlar tomonidan taxtdan agʻdarilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil