Mansur Toshmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Mansur Toshmatov (2015)

Mansur Gʻaniyevich Toshmatov (1954.14.9, Toshkent) — estrada xonandasi, Oʻzbekiston xalq artisti (1995). Gʻanijon Toshmatovning oʻgʻli. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1979). "Navo" (197679), "Sado" VIA (1979—81) lari, Jizzax (1982—84) va Oʻzbek davlat filarmoniya (J 9868 8)si, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar ashula va rake ansambli (1991 —99)da yakkaxon xonanda, "Uzbekteatr" birlashmasida "Fayz" qoʻshiq teatri (1988—91), B. Zokirov nomidagi Estradasimfonik orkestri (2003 yildan) badiiy rahbari. Repertuaridan chet el estrada yulduzlari — F. Sinatra, T. Jons, S. Uander E. Jero, Oʻzbekiston (E. Solihovning "Umid", Ye. Shiryayevning "Oq qayinlar", Ik. Akbarovning "Qaydasan", "Raʼno" va boshqalar) va boshqa kompozitorlar asarlari, shuningdek, musiqasini oʻzi bastalagan qoʻshiklari ("Uynading", U. Abduazimova sheʼri; "Shirin xayol kelarmi", Sh. Rashidov) oʻrin olgan. T. keng diapazonli, jozibali ovoz sohibi. Ijrolari gramplastinka ("Mansur Toshmatov kuylaydi", 1978) va kompakt disk ("Your favorite songs", 2000)ga yozilgan. "Uzbektelefilm" studiyasida T. ijodiga bagʻishlangan 2 film ishlangan (1984, 1988). Bir necha xalqaro estrada tanlovlar (jumladan, Bolgariyadagi "Oltin Orfey", 1978) gʻolibi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil