Kontent qismiga oʻtish

Vitebsk

Koordinatalari: 55°11′0″N 30°10′0″E / 55.18333°N 30.16667°E / 55.18333; 30.16667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vitebsk

belaruscha: Віцебск
Skyline of Vitebsk
Vitebsk
Bayroq
Vitebsk
Gerb
55°11′0″N 30°10′0″E / 55.18333°N 30.16667°E / 55.18333; 30.16667
Mamlakat Belarus
Viloyat Vitebsk viloyati
Asos solingan 974
Ilk eslatilishi 1021
Maydon 1,346,014 km2 (519,699 kv mi)
Rasmiy til(lar)i belarus tili va rus tili
Aholisi
 (2023)
359 148
Zichligi 2677,68 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+3
Telefon kodi +375 212
Pochta indeks(lar)i 2100xx
Avtomobil kodi 2
Vitebsk xaritada
Vitebsk
Vitebsk

Vitebsk (belaruscha: Віцебск) — Belarus Respublikasidagi shahar. Vitebsk vidoyatining markazi. Daugava daryosining baland sohilida joylashgan. Daugava daryosidagi pristan. Yirik temir yoʻl tuguni. Aholisi 361,8 ming kishi (1999). Vitebsk birinchi marta 1021-yilgi solnomalarda tilga olingan. Belarusning Minsk va Gomel shahrilaridan keyingi yirik sanoat markazi. Yengil sanoat yetakchi oʻrinda turadi. Toʻqimachilik sanoati korxonalari (paypoq-trikotaj fabrikasi, gilam kombinati), tikuvchilik, poyabzal, zigʻir tola fabrikalari bor. Boshqa muhim tarmoq mashinasozlikdir (stanoksozlik, elektr asboblari, radio va soat detallari, motor remonti, traktorlar uchun ehtiyot qismlar chiqaradigan zavod, metall buyumlari, asbobsozlik, televizion zavod va boshqa zavodlar mavjud). Oziq-ovqat sanoati (goʻsht, un va parranda kombinatlari, yogʻ-ekstraksiya zavodi va boshqalar) rivojlangan. Vitebskda Belarusda eng yirik yogʻochsozlik kombinatlaridan biri, uysozlik kombinati, qurilish materiallari kombinati, ohak materiallari va boshqa kombinatlar ishlab turibdi. 4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, 2 muzey, Blagoveshchensk cherkovi (12-asr) bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil