Ikrom Akbarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ikrom Ilhomovich Akbarov (1-mart 1921, Toshkent — 18-dekabr 2011, Toshkent) — kompozitor, Oʻzbekiston xalq artisti (1981), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Toshkent (1945) va Leningrad (1950) konservatoriyalarini tugatgan. Hamzaga bagʻishlangan „Shoir xotirasiga“ simfonik poemasi (1954) oʻzbek simfonik ijodiy tafakkurining shakllanishida Asqarali Akbarov ishlagan bino bezagi muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Akbarov simfonik asarlar, opera va baletlar, oratoriyalar, vokalsimfonik va kamer-cholgʻu asarlar (xususan 6 ta torli kvartet), qoʻshiq va romanslar, xor turkumlari muallifi, kinofilmlar va dramatik spektakllarga musiqa yaratgan, oʻzbek xalq kuylarini joʻrsiz xor uchun qayta ishlagan. Ijodiy uslubi teran simfonik tafakkurga asoslangan. Simfonik asarlari — „Epik poema“ (1961), skripka va orkestr uchun 1-2- va 3- konsertlar (1962, 1984, 1997), „Pochta“ (1970), „Shakuntala“ (1980) simfonik manzaralari, „Samarqand haqida sim-fonik hikoyalar“i (1973), 2 ta simfoniya (1996, 1998) va boshqa „Orzu“ (1957), „Layli va Majnun“ (1968), „Navroʻz“ (1984) baletlari, „Soʻgʻd elining qoploni“ (1977) va „Ibtido xatosi“ (1997) operalari, „Toshkentnoma“ (1964), „Mangu xotira“ (1985) oratoriyalarini yaratgan. Asarlari chet ellarda ham ijro etilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotining laureati (1977). "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).Ad.: Djabbarov A,Solomonova T., Kompozitori i muzikovedi Oʻzbekistana, T., 1975; Yanov-Yanovskaya NS, Ikram Akbarov, T., 1990.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil