Enmark Solihov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Enmark Shokirovich Solihov (1934.12.9, Samarqand) — kompozitor, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1984). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1963). Oʻzbekiston televideniye va radioeshittirish qoʻmitasi estrada-simfonik orkestrida (1964—65) va "Oʻzbekkonsert" (1973—76)da badiiy rahbar. Oʻzbekiston konservatoriyasida pedagog (1968—73), dotsent (1996 yildan) va estrada ijrochiligi kafedrasi mudiri (1996—98), Oʻzbekiston kompozitorlar uyushmasi raisi (1975—82), Oʻzbekiston musiqa jamiyati tashkilotchisi va raisi (1987 —91). Ijodida ommabop musiqa janrlariga alohida ahamiyat bergan. "Qiz bola", "Qaydasan", "Sogʻindi jon", "Bahor ohanglari", "Sevgi bahori" kabi estrada qoʻshiklari, "Xoʻja Nasriddin" operettasi, "Oygul parining sovgʻalari", "Moʻʼjizali doira" myuzikllari, "Qalbingda quyosh", "Nomerga 100 satr", "Margʻiyona", "Yana oʻsha Nasriddin" va boshqa badiiy va hujjatli filmlarga musiqalar yozgan. Shuningdek, "Otashin qoʻshiq" baleti, simfonik konsert va kamer asarlar muallifi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil