Ashulachi
Ushbu sahifani Vokalistga qayta nomlash taklif etiladi.
Biror maqolani qayta nomlashga taklif qilishda, iltimos, andozasidan foydalaning. Havolalar: koʻchirish qaydlari • taklif etilgan nomga koʻchirish |
Ashulachi – ashula ijrochisi, keng maʼnoda barcha vokal janrlar ijrochisi.
Terma va yalla ijrochilari yallachi, satang yoki xalfa, yirik shakldagi ashulalar va maqom yoʻllarini ijro etuvchilar esa ashulachi deb ataladi. Oʻz ijrochilik sanʼati bilan xalq orasida eʼtibor qozongan ashulachilar xofiz deb ataladi[1][2].
Ashulachi ovoz imkoniyatlarini egallash, ulardan toʻliq foydalana bilish, ashula yoʻllarini oʻrganishda yuksak malaka hosil etish bilan yetishadi. Ashulachining ovozi, ijro uslubi (ishkamiy, binigiy, gulligiy) turlicha boʻlishi mumkin (qarang: Xonandalik uslubi).
Vokalchi musiqadagi kasb namoyondasi boʻlib, ovozi bilan ijro etadi, kuylaydi. Vokalchi qoʻshiqchidan farq qilib, keng maʼnoda ovozini ishlatadi, masalan xorda kuylaydi, rap oʻqiydi va hokazo.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |