Nikolay Seretelli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikolay Seretelli
Tugʻilgandagi ismi Said Mir Xudoyorxon
Tugʻilgan sanasi 1890-yil 1-oktabr
Tugʻilgan joyi Moskva, Rossiya imperiyasi
Vafot sanasi 1942-yil 6-fevral
Vafot joyi Kirov, Kirov viloyati, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi
SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Aktyor, rejissor
Faoliyat yillari 1912—1941
Teatr Moskva badiiy akademik teatri, Kamerniy teatr, Leningrad komedik teatri
IMDb ID 0874941

Nikolay Mixaylovich Seretelli (ruscha: Никола́й Миха́йлович Церете́лли); (1890-yil, Moskva — 1942-yil, Kirov) — sovet aktyori va rejissori, rus oʻyinchoqlarini kolleksiya qilgan va oʻrgangan. Buxoro amirlarining avlodi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mangʻitlar sulolasidan boʻlgan Said Mansurning oʻgʻli, Buxoro amiri Muzaffarning nabirasi. Asl ismi Said Mir Xudoyorxon. Seretelli familiyasini asrab olgan otasidan olgan.

1912-yil Moskvada gastrolda boʻlgan Nemis teatriga qabul qilingan, unda „Shoh Edip“ spektaklining massovkasida qatnashgan. 1913-yilda A. I. Adashev maktabida oʻqigan (N. N. Litovseva sinfida). 1913-yildan 1916-yilgacha Moskva Badiiy teatrida, 1916-yildan 1928-yilgacha Kamer teatri truppasida (1924-yil faoliyatida uzilish boʻlgan) faoliyat yuritgan. 1929—1934-yillarda Operetta teatri rejissori. 1934—1938-yillarda Kalinin teatrida, 1939-yil Mogilyov va Kostromada ishlagan.

Umrining soʻnggi ikki yilida Leningrad komedik teatrida ishlagan. 1942-yilda oʻlimga yaqin holsiz ahvolda blokadada qolgan Leningraddan Vyatkaga evakuatsiya qilingan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]