Malik Qayumov
Malik Qayumov | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
22-aprel 1912-yil |
Vafoti |
29-aprel 2010-yil (98 yoshda) Moskva |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Malik Qayumovich Qayumov (1912.22.4, Toshkent - 2010.29.4, Moskva) — kinorej., kinooperator. Oʻzbekiston xalq artisti (1948). Xalq artisti (1967). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1946). Mehnat Qahramoni (5.12.1990). Butunittifoq kinematografiya instituti (VGIK)ni tugatgan (1932). Faoliyatini Toshkent "Sharq yulduzi" kinofabrikasida kino artisti hamda kinooperator yordamchisi sifatida boshlagan (1929—31). Dastlab "Bagʻdodda "amerikon paxtasi"" (1931), "Qumlikdagi voha" (1932), "Oʻlim qudugʻi" (1939) kabi filmlarda rollar oʻynagan. Toshkent kinoxronika studiyasida operator, ayni paytda "Soyuzkinoxronika"ning Oʻrta Osiyo muxbiri (1932— 40). Hujjatli filmlar markaziy studiyasining Ikkinchi jahon urushi frontlaridagi harbiy kinooperatori. Toshkent badiiy va hujjatli xronikal filmlar studiyasida kinooperator, rejissyor, xronika direktori, badiiy rahbari (1946—60). Oʻzbekiston ilmiyommabop va hujjatli fiLmlar studiyasining direktori, badiiy rahbari (196175). 197693-yillar Oʻzbekiston kinematografiya xodimlari soyuzi pravleniyesining birinchi kotibi. Q. ijodiy faoliyati davomida 200 dan ortiq hujjatli va ilmiyommabop filmlar yaratdi. U oʻz filmlarida Oʻrta Osiyo hayotiga oid voqealar, uning tabiati, fani va xoʻjalik hayotini aks ettirgan. Toshkent Fargʻona kanali qurilishiga bagʻishlangan "Qudratli oqim" (hamkorlikda yaratilgan), "Toshkent toʻqimachilik kombinati", "Oʻzbekiston geografiyasi", "Ona diyor", "Toʻrt darvozali shahar", "Farhod chiroqlari", "Hindiston tongi", "Oʻzbekistonimizga keling", "Insoniyatning besh qoʻli", "Vyetnam — mening mamlakatim", "Bahordan bahorgacha", "13 qaldirgʻoch", "Toshkent, Zilzila", "Goʻzallikning uch siri", "Samarqand hamisha men bilan", "SanʼaTga baxshida umr", "Oltin Bengaliya", "Oʻzbek atlasi",, "Paranji", "Sharqda shunday shahar bor" (yoki "Toshkent bilan uchrashuv"), "Bryussel" va boshqalar qisqa, toʻla metrajli filmlari oʻzbek hujjatli kinosi rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Q. nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon hujjatli kinosi rivojiga oʻzining munosib hissasini qoʻshdi va bu oʻz vaqtida Nyu-York, Venetsiya va Leypsig xalqaro kinofestivallarining katta oltin medallari va "Oltin Kabutar" mukofoti bilan, jahon hujjatli kinosi rivojiga qoʻshgan hissasi uchun maxsus diplom bilan taqdirlangan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1964). "Elyurt hurmati" ordeni (1999) va "Jasorat" medali bilan mukofotlangan (1995).[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
- 22-aprelda tugʻilganlar
- 1912-yilda tugʻilganlar
- Kishilar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 29-aprelda vafot etganlar
- 2010-yilda vafot etganlar
- Moskvada vafot etganlar
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari
- Oʻzbekiston xalq artistlari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Lenin ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Jasorat medali sohiblari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- SSSR xalq artistlari