Stalingrad jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Stalingrad jangi - 2-jahon urushi davridagi eng yirik janglardan biri (1942 y. 17.7 — 1943 y. 2.2). Stalingrad atrofi va shahar ichidagi mudofaa janglarida (18 noyabrgacha) Stalingrad (marshal S. K. Timoshenko, 23 iyuldan generalleytenant V. N. Gordov, 9 avg .dan generalpolkovnik A. I. Yeryomenko), Janubiy-Sharqiy (7 avgust — 27sentabrda generalpolkovnik A. I. Yeryomenko) va Don (28 sentabrdan; generalleytenant, 1943 y. 15 yanvardan generalpolkovnik K. K. Rokossovskiy) frontlarining sovet qoʻshinlari qattiq qarshilik koʻrsatib, nemis fashistlarining 6dala va 4tank armiyalari hujumini toʻxtatdi. 19—20 noyabrda Jan.Gʻarbiy (22 okt.dan; generalleytenant, 7 dek.dan generalpolkovnik N.F. Vatutin), Stalingrad (28 sent.dan; generalpolkovnik A. I. Yeryomenko) va Don frontlarining sovet qoʻshinlari hujumga oʻtib, Stalingrad atrofida dushmanning 22 diviziyasi (330 ming kishi)ni kurshab oldilar. Dek.da sovet qoʻshinlari dushmanning kurshab olingan gruppirovkani qutqarish uchun qilgan harakatlarini qaytarib, uni tormor keltirdi. 31 yanvar — 2 fevralda nemis fashistlari 6armiyasining qoldiqlari (91 ming kishi) generalfeldmarshal F. Paulyus boshchiligida asir tushdilar. S.j.dagi galaba juda katta siyosiy, strategik va xalqaro ahamiyatga ega boʻldi.