Mixail Gerasimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mixail Mixaylovich Gerasimov 1907.2(15).9, Peterburg - 1970.21.7, Moskvaantropolog, arxeolog va haykaltarosh; odamning kalla suyagi asosida qiyofasini tiklash ilmiy maktabi asoschisi. Tarix fanlari dri (1956). Oʻrta Osiyoga uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalarda qatnashgan. Sibirdagi Malta, Surxondaryo viloyatidagi Machay gori, Teshiktosh gori, Toshkent viloyatidagi Obirahmat gʻori kabi ibtidoiy makonlarni tekshirgan. G. oʻzi ishlab chiqqan usul bilan qad. odamlar (pitekantrop, sinantrop, neandertal) qiyofasi (mas, Teshiktosh gʻoridan topilgan mustye odami yuz tuzilishi)ni va bir necha tarixiy shaxslar (Yaroslav Mudriy, Ivan Grozniy, Amir Temur, Ibn Sino, Rudakiy, Shiller, Shohrux, Ulugʻbek va b.) haykal-portretini yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Gerasimov Mixail Mixaylovich" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil