Georgiy Jukov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jukov Georgiy Konstantinovich [1896.19.11 (1.12), Kaluga viloyati, Strelkovka qishlogʻi — 1974.18.6, Moskva] — harbiy arbob, sarkarda. Sobiq Ittifoq marshali (1943), toʻrt marta Sovet Ittifoqi Qahramoni (1939, 1944, 1945, 1956) Xalxin-Gol daryosi boʻyidagi jangda qatnashgan (1939). Kiyev harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni (1940 yildan). 1941 yil yanvar—iyudda Bosh shtab boshligʻi — SSSR Mudofaa xalq komissari oʻrinbosari. Jukov Ikkinchi jahon urushida nemis-fashist bosqinchilarini tor-mor keltirishda muhim rol oʻynagan: Moskva va Leningrad janglari (1941 — 42), Leningrad qamalini yorib oʻtish, Stalingrad va Kursk janglari (1942— 43), Oʻng qirgʻoq Ukrainasidagi hujum, Belorussiya operatsiyasi (1943—44), Visla-Oder va Berlin operatsiyalari (1944—45)da oʻzining mohir sarkarda ekanligini koʻrsatgan. 1942 yil avg .dan urushning oxirigacha Mudofaa xalq komissari oʻrinbosari, Oliy Bosh qoʻmondon oʻrinbosari. Oliy Bosh qoʻmondon nomidan 1945 yil 8 mayda fashistlar Olmoniyasining soʻzsiz taslim boʻlganlik (kapitulyasiya) haqidagi hujjatni qabul qilgan. 1945—46 yillar Germaniyadagi sovet qoʻshinlari guruhi bosh qoʻmondoni va Sovet harbiy maʼmuriyati boshligʻi. 1946 yil martdan Quruqlikdagi qoʻshinlar bosh qoʻmondoni, SSSR Qurolli Kuchlar vaziri oʻrinbosari. Shu yilning oʻzida I. V. Stalin tomonidan ishdan chetlatilgan. 1946 yil iyundan Odessa harbiy okrugi, 1948 yildan Ural harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni. 1953 yildan SSSR mudofaa vaziri 1-oʻrinbosari, 1955 yildan mudofaa vaziri. 1956—57 yillarda KPSS MK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod, aʼzosi. 1957 yil okt.dan Nikita Xrushchyov koʻrsatmasiga binoan vazifasidan ozod qilingan. 1958 yil Qurolli Kuchlar saflaridan boʻshatilgan.[1]


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Vospominaniya i razmishleniya, 10-izd., t. 1-3, M., 1990.