Amaliy sanʼat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Amaliy bezak sanʼatidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Amaliy san’at, amaliy bezak san’ati – bezak san’ati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari (asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, o‘yinchoqlar va boshqalar)ni badiiy ishlash bilan bog‘liq ijodiy meh-nat sohalarini o‘z ichiga oladi. Amaliy sanʼat asarlari ko‘z bilan ko‘rish, his etish va anglashga mo‘ljallangan. Amaliy sanʼat asarlari va bu-yumlari insonning moddiy muhitini go‘zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda o‘zining ko‘rinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ta’sir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati bo‘lgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning go‘zalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining ko‘pligi Amaliy sanʼat da estetik ta’sirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalar-dir. Amaliy sanʼat da narsalarning nafisliligiga ikki usul bilan erishiladi: 1) shakli od-diy, jo‘n buyumlarga bezak ishlab badiiy qimmati oshiriladi; 2) shakli chiroyli qilib ishlanadi. Narsalarning tuzili-shi badiiy buyumlarning mujassamotida muhim rol o‘ynaydi. Xom ashyoning go‘zalligi, qismlarning mutanosibligi, tuzilishining ma-romi buyumning ta’-sirchan umumlashma qiyofasini ifoda-lovchi yagona vositalardir. Ta’sirchan mazmunli shakllar ko‘pincha taqlidan yaratilganda mazmuni ortadi. Buyumda hosil bo‘layotgan bezak uning obraz tuzi-lishiga ham sezilarli ta’sir etadi. Bez-agi tufayli buyum Amaliy sanʼat asariga aylanadi. Amaliy sanʼat da bezak yaratishda naqsh bilan tasvi-riy san’at (haykaltaroshlik, rangtas-vir, ayrim hollarda grafika) qismlari (alohida yoki turlicha birikuvlari) keng qo‘llaniladi. Ba’zan naqsh yoki tasvir bu-yumlarni shakllantiruvchi asosga aylanadi (panjara guli, to‘r; gilam, mato gullari va hokazo). Amaliy sanʼat asarining uyg‘unligi av-valo badiiy buyumning badiiy va amaliy vazifasining yagonaligida, shakl va bez-akning o‘zaro birikuvida, tasvir va buyum tuzilishida namoyon bo‘ladi. Bezakning shakl, tasvirning buyum ko‘lami va xusu-siyati, uning amaliy va badiiy vazifasi bilan uyg‘unlashtirishning zarurligi tas-viriy bo‘laklarni o‘zgarishiga, talqinda shartlilikka va narsa qismlarini o‘xshatib yaratishga olib keladi.19-asr 2- yarmidan ilmiy adabiyotlarda Amaliy sanʼat asarlari foydalanilgan xom ashyosi (yog‘och, sopol, ganch, tosh, metall, suyak va boshqalar) va ijro usuli (bo‘yash, o‘yib-kesib ishlash, quyish, kash-ta tikish, to‘qish va boshqalar)ga qarab farqlana boshlandi. Bu esa o‘z navbatida buyumlarga ishlov be-rishni loyihalash (dizayn) va uni ishlab chiqarish bilan bog‘lanishi (badiiy sanoat)ga zamin yaratdi.Amaliy sanʼat asarlari yaratilgan davrining maishiy qatlamiga mos mahalliy va mil-liy xususiyatlarni, ijtimoiy guruhlar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan uning mod-diy madaniyatini ifoda etadi. Asrlar mobaynida xalq, ijodiyotining sohasi sifatida amaliy bezak san’ati. yuzaga kelgan. Uning rivojida xalq yashagan joyning jug‘rofiy sha-roiti, xalqining mashg‘uloti, etnik va milliy jihatlari, turmush tarzi, madaniy darajasi, qo‘shni xalqlar bilan aloqalari va boshqa muhim rol o‘ynagan. Kulollikka yaraydigan tuproq mavjud joylarda kulollik, chorvachilik rivoj topgan yerlarda jundan mato to‘qish, mo‘ynado‘zlik, kigiz bosish, gi-lamchilik va sh.k. rivojlangan, Amaliy sanʼat asarlarining ma’lum joyga xos uslublari shakllangan.O‘zbekiston hududidan mezolit dav-riga oid qadimgi san’at yodgorliklari to-pilgan. Neolit davri sopol idishlari qo‘lda yasalib, chiziqcha, nuqta va ilonizi tasvirlar (tirnoq, qo‘l bilan chizib) tu-shirib bezatilgan. Farg‘ona vodiysidan miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri – 2-ming yillikka oid jez davri quyma badiiy buyumlari (jez va kumush buyumlar xazinasi) topilgan. Sopol idishlarga keyinchalik handasiy bezaklar ishlana boshlangan. Farg‘ona vodiysi, Surxonda-ryo viloyati o‘troq dehqon aholisi idishlari shu davrda uchburchak, rombsimon yoki kataqsimon qizil-qora chiziqchalar bilan bezalgan; Amudaryo bo‘yi vohasidan topilgan buyumlarda ham shunday tas-virlar jigarrang, oq za-minga chizil-gan. Jez davri dasht qabilalari foy-dalangan sopol idishlardagi uchburchak, ilonizi, archasimon yoki yo‘l-yo‘l tas-virlar qolip bilan bosilgan (Xorazmdagi Tozabog‘yop madaniyati, Buxoro vohasidagi Qizilqir qabristoni). Mil. av. 4 – 2-asrlar yodgorliklariga oid sopol idish va haykalchalarga hayvonlar shakli ishlan-gan (Qovunchi madaniyati idish dastasi-dagi hayvon shakli; Afrosiyob va Xolcha-yondan topilgan taqinchoqlardagi bo‘rtma tasvirlar). Ilk o‘rta asr (5 – 8-asrlar) amaliy bezak san’ati Sug‘d, Tohari-ston, Xorazm va Farg‘onadagi davlatlar madaniyati bilan bog‘liq ravishda rivoj-langan. Ganch o‘ymakorligi (Samarqand, Varaxsha) va yog‘och o‘ymakorligi (Sur-xondaryo viloyati)da naqshga mavzuli mu-jassamotlar aralashtirib berilgan, yassi bo‘rtma bezaklar o‘rnini hajmli shakllar egallagan. Handasiy va us-lublashtirilgan o‘simliksimon naqsh asoslari yanada mukammallashtiril-gan. Afrosiyob, Bolaliktepa va Va-raxsha rasmlarida tasvirlangan rang-barang kiyimlar shu davrda badiiy to‘qimachilik taraqqiy etganidan darak beradi. Surxondaryo viloyatining Termiz sh. yaqinida joylashgan qabristondan, Pop tumani Munchoqtepa manzilgohidan 4 – 6-alarga ovd qadimgi ajoyib kiyimlarning o‘ziga xos namunalari topil-gan, bundan qadimgi farg‘onaliklar kiyi-mi ancha murakkab qilib tiqilganligi ma’lum bo‘ladi. Samarqand viloyatidan qadimgi mahsi, Farg‘ona vodiysidan qolip va charm kesadigan maxsus pichoq topili-shi O‘zbekistonda, umuman butun Turki-stonda deyarli bir vaqtda, ya’ni 5 – 6-asrlarda bu oyoq kiyimning urf bo‘lganini ko‘rsatadi. Farg‘ona vodiysi, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent, Surxon-daryo va Qashqadaryoda pichoqchilikning qadimgi markazlari bo‘lgan. Pichoqlar faqat uy-ro‘zg‘or buyumi emas, balki harbiy qurol, hunarmandlik asbobi sifatida qo‘llanilib kelingan. 6 – 12-asrlarga oid pichoq namunalari metall tarkibining, pichoq yasash usuli va bezaklarining o‘zgarib, taraqqiy eta borganini tasdiqlaydi. Navoiy, Bobur asarlariga ishlangan miniatyuralarda (15 – 17-asrlar) yonga osib yuriladigan pi-choklarning turli xil namunalari tas-virlangan. 7 – 9-asrlarda to‘qimachilik taraqqiy etgan, ip, ipak matolardan tashqari qimmatbaho parchalar ham ish-lab chiqarilgan. O‘simlik va handasiy naqsh-bezaklariga boy, jonzodlar tas-viri tushirilgan "zandonachi" matosi bizgacha saqlanib kelingan. Zandonachi matosining mujassamoti taqsim usulida tushirilgan; bir me’yorda almashinib turgan turunj bezaklari ichiga bir juft qarama-qarshi turgan arslon, fil va boshqa hayvonlar tasviri joylashtirilgan.5 – 10-asrlarda sopol buyumlarning maxsus turi – ostadonlar tayyorlash rivoj topdi. Ostadonlarni bezashda tasviriy mavzulardan keng foydala-nilgan: ajdodlar, homiylar va xudolar, parrandalar, shuningdek daraxt va boshqa o‘simliklar o‘yma, bo‘rtma va boshqa usullarda ishlangan. 6 – 10-asrlardan shisha idishlar ko‘plab ishlandi; ko‘zacha, qadaxlar, siyoxdon, turli idishlar rangli (qizil, olcha rang, sariq, ko‘k, yashil), rangsiz shishalardan tayyorlanib, bo‘rtma, bos-391ma, chizma, qadama usullarda bezatilgan. Ko‘plab rang-barang shisha munchoqlar ishlab chiqarilgan. Marmar qabr toshlari usti girih naqshlar bilan bezatilgan, yog‘och va marmardan panjaralar ishlan-gan. Me’morlikda an’anaviy ganch, yog‘och o‘ymakorligi bilan bir qatorda g‘isht qalab naqsh hosil qilish san’ati rivoj topdi. 12-asrda me’morlikda o‘yma terrakota-dan, sirlangan g‘ishtdan foydalanildi, mahobatli binolarning devor, gumbazlari koshin bilan qoplab, bino ichi ganch o‘ymakorligi, bo‘yama naqshlar bilan bez-atilgan.Islom dini qaror topishi bilan Amaliy sanʼat ning turli sohalarida badiiy bezak asarlari, mavxum naqsh-bezaklar yaratishga intilish kuchaydi. 9 – 10-asrlar me’-moriy naqqoshlikda handasiy (yulduzsi-mon shakllarning turli ko‘rinishlari) va arab yozuvlari ishlash yetakchi o‘rinda turgan. Girih san’ati yuksaldi. Rang-li sirning ixtiro qilinishi (8-asr) bilan badiiy kulollik taraqqiy etdi. Samarqand, Toshkent, Buxoro, Termiz va boshqa shaharlarda sopol idishlarga naqsh-bezaklar ishlab, bo‘yab, ustidan sirlash usuli o‘zlashtirildi. Dastlab sodda yashil bezak ustidan xira sir qoplangan yoki 2–3 xil rangda sir dog‘lari oqizilgan idishlar ishlangan bo‘lsa, 10–11-asrlarda idishning oq yoki g‘isht rang kizil za-miniga rangli angob bilan aniq naqsh mu-jassamoti tushirilib, ustidan tiniq (shaffof) qo‘rgoshin sir qoplangan. Shu davr kulolligi (ayniqsa Afrosiyob idishlari)ga bezak bilan badiiy shaklning bir-biriga mos ravishda ishlanishi xos-dir, keskin rangli bezakning aniq ish-lanishi va tasvirlarning mahalliyligi ("kufiy" yozuvlari, novda, lola, anor, tok barglari tasvirlanishi) bilan ajralib turadi. Keyingi davr idishlariga uslu-blashtirilgan o‘simliksimon naqshlar, yozuvlar va ba’zi hayvonlar shakli tu-shirilgan: yashil, yorqin havorang sirli idishlar, sirsiz bosma usulda tasvir tushirilgan, naqshli sopol idishlar ham ko‘p ishlangan. 12-asrdan koshindan noziq yupqa idishlar ko‘plab ishlana boshlandi.Badiiy metall buyumlar o‘rta asr uslu-bida yaratilgan. Idishlar (ko‘za, qozoncha, shamdon va boshqalar) bronzadan yasalib, hoshiya va turunj naqshlar bilan bezatilgan, yozuvlar uslublashtirilgan o‘simliksimon naqshlar bilan, ba’zan kush va hayvonlar tasvirlari ham aralashtirilgan, chizma, kandakori va boshqa usullarda ishlov beril-gan. Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasida saqlangan ulkan qozon (1390) bezaklari, o‘yib naqshlangan eshik (1397), ku-mush qadab nafis ishlangan shamdonlar o‘sha davr Ax.ning nodir namunalari-dir. Shishasozlik (turli-tuman rangli qadah, piyola, likobcha va ko‘zachalar) va badiiy to‘qimachilik rivojlangan. 13 – 14-asrlarda mo‘g‘ullar istilosi va undan keyingi davrlarda badiiy sopol idishlar mayda o‘simlik va chizma naqshlar bilan bezalgan; yashil-qora va feruza-havorang bo‘yokdar oq angob ustiga tushirilgan, ustidan rangsiz yoki shaffof sir bilan qoplangan.Amir Temur va Temuriylar davrida badiiy xunarmandlik yanada ravnaq topdi; nafis matolar, gulli kashtalar, zeb-ziynat buyumlari, badiiy bezatilgan qurollar, ot abzallari, idishlar ish-lab chikarilgan. Registon, Shog‘izinda, Oqsaroy kabi yirik me’moriy ansam-bllar yaratilib, bino tarzi rang-barang koshin va parchinlar bilan bezatilgan, bino ichi halli naqsh va bo‘yama naqshlar bilan, 15-asr 2- yarmidan tilla halli bo‘rtma "kundal" naqshi bilan bezatilgan. Yozma manbalarda Amir Temur saroylariga mavzuli tasvirlar, bo‘yama naqshlar ish-langanligi qayd qilingan.Shayboniylar hukmronligi (1500– 1601) va Ashtarxoniylar (1601 – 1753) davrida O‘zbekiston hududida tinim-siz urushlar bo‘lib turgan. Shuning uchun ham badiiy hunarmandlik poy-taxt – Buxoro va qisman boshqa yirik shaharlarda – Samarqand, Toshkent, Xi-vada to‘plangan, xattotlik, kitobat san’-ati, muqovasozlik, kitob miniatyurasi, qo‘lyozmalar yaratish san’ati rivojlangan. 392Ustalar qo‘lyozma kitob sahifalarini zarhal berib, noziq o‘simlik va handasiy naqshlar bilan to‘ldirib bezashgan. O‘zbekistonning barcha markazlarida ip, ipak, jun matolar (atlas, zandonachi, bax-mal, bo‘z, shohi, olacha, parcha) va tayyor bu-yumlar (ro‘mol, dasturxon, salla, belbog‘, qiyiq va boshqalar) ishlab chiqarilgan. 18-asrlarda to‘qimachilik markazlari Buxoro, Marg‘ilon, Andijon, Samarqand, Xiva, Toshkentda joylashgan. Shahrisabzda popur (popop) chokli so‘zanalar, Buxoro, Samarqand, Toshkentda xon va ulamolar uchun zardo‘zi buyumlar tayyorlangan. 18 –19-asrlarda mahobatli binolarni ayniqsa ichki qismini koshin, tosh, ganch, yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatish davom etdi. Kulollik va kandakorlik san’ati yuksak darajaga ko‘tarildi. Kandakorlikning Buxoro, Qarshi, Xiva, Shahrisabz uslublari vujudga keldi (qarang Qo‘qon kan-dakorlik maktabi, Buxoro kandakorlik maktabi). Amaliy bezak san’atining boshqa turlarining mahalliy uslublari shakllandi.Yozma manbalardan 18-asrda iroqi do‘ppilar ko‘plab tiqilgani ma’lum. 19-asr 1- yarmi va o‘rtalariga oid kashtalarda (Buxoro, Samarqand, Nurota) chaman-zorlar tasvirlangan. Shaxrisabzda "abr" bezakli matolar to‘qila boshlangan.Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda, Xorazm, Farg‘ona vodiysida ko‘nchilik qadimdan rivojlangan. Tur-li xil ko‘n mahsulotlari: charm, xrom, amirkon va boshqalardan poyabzal, telpak, ustki kiyim. ot-ulov abzallari, Kayish, qin kabi buyumlar tayyorlangan. Teriga badiiy ishlov berish rivojlangan; dastlab oshlangan, ustidan pardozlangan, ba’-zilari bo‘yalgan. Buyumlar usti muraqqa usulida rangli charm, baxmal parchalari qo‘yib, popuklar, qo‘ng‘iroqchalar qo‘shib tikilib buyumning badiiyligi oshi-rilgan. Ayniqsa qog‘oz-hujjatlar so-lib yuriladigan juzdon (juzgirlar)ga turunj naqshlari bosma usulda tushi-rilib, hoshiyasiga noziq o‘simliksimon naqshlar berib bezatilgan.18–19-asrlar zargarlari qadimgi zargarlik san’ati an’analarini davom etti-rishdi. Yozma manbalarga ko‘ra 18-asr zar-garlari oltin va kumushga qimmatbaho toshlar qadab toj va kamarlar, Kurollar, ot abzallari, zeb-ziynat buyumlari ishlagan. 19-asr zargarlari zumrad, durru marvarid, yoqut, feruza, aqiq, sadaf kabi qimmatbaho toshlarni oltin va kumushga qadab serjilo, jozibali zeb-ziynat buyumlari yaratishgan. Ularga bolg‘alab (zarb berib), hallab o‘yib, bo‘rttirib naqsh yasab, bosib (siqib), qoliplash usullarida ishlov berilgan.19-asr o‘rtalarida Rishton qishlog‘i qu-lollari elga mashhur bo‘ldi. Shu davrda Abdujalil, To‘xta, Abdulla kabi ustalar ishlab o‘ziga xos Rishton kulollik uslubini yaratishdi. Rishton sopol idishlarining oq zaminiga ko‘k bo‘yoq bilan bezak chizilgan. Bezak mujassamoti do-ira shaklida tushirilib, idishning tubi va chetlari ajratilgan. Asosiy bezagi yirik serbarg gullardan iborat bo‘lib, orasi noziq pechak singari novdalar bilan to‘ldirilgan. To‘rsimon hoshiya naqshlar orasiga an’anaviy ko‘zchalar qo‘yilgan. Rishton buyumlari qatori Vardonze, G‘ijduvon, Kattaqo‘rg‘on, Shahrisabz, Toshkent kulollarining buyumlari o‘ziga xos shakli, bezak mujassamotlari, naqshlari bilan ajralib turgan.20-asr boshlarida O‘zbekiston amaliy bezak san’ati qadimgi an’analarga asoslan-gan holda, yangi zamonaviy mavzular bilan boyitib rivojlantirildi. Aksariyat badiiy qunarmandlik sohalari tiklandi. Farg‘ona an’anaviy to‘qimachilik san’ati o‘rganilib, abr gulli kiyimli ipak matolar (A. Axmedov), Buxoro yi-rik gulli matolaridan bino ichini bez-aydigan badiiy buyumlar: deraza-eshik pardalar, choyshablar, dasturxonlar ish-lab chiqarildi. An’anaviy chitgarlik (A. Abdug‘afurov, K. Qo‘ziyev, G‘. Qo‘ziyev), gi-lamchilik va palos to‘qish (G. Abdullayev)da mavzuli tasvirlar berishga, kishilar siymosini yaratishga harakat kuchaydi. Kandakori buyumlarga ham tasviriy bez-393aklar berish rasm bo‘ldi. 19-asr an’analarini kashtachi K. Musajonov, opasin-gil Rajabovalar (Chust "tus" do‘ppilari, Shahrisabz "iroqi"larini yaratishgan), kulol T. Miraliyev, U. Shermatov, M. Is-moilov va boshqa davom ettirdi. Zargarlik buyumlari shakl jihatdan ancha soddalash-tirilsa ham qadimgi an’anaviy usullarda ishlandi. 30- yillar o‘rtalaridan sanoatda badiiy matolar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Toshkent to‘qimachilik kombinati satin, chit, urushdan keyingi yillarda Marg‘ilon shoyi to‘qish kombinati sun’iy va ipak matolari ishlab chiqara boshladi. 60–70- yillarda Marg‘ilon "Atlas" birlashmasi, Naman-gan shoyi to‘qish fabrikasi abr gulli ipak matolar chiqardi. Taqsim usulida yirik gulli kilib ishlangan "arabi" xilidagi, sidirg‘a va mayda gulli "terma" paloslar (T. Jo‘rayev, B. Mirzayeva, O. Xolmatova), zardo‘zi do‘ppi, nimcha, yirik namoyonlar (A. Aminov, M. Ahmedova, V. P. Stolya-rov), so‘zana, palak, gulko‘rpa va turli qiyiqlar, mayda haykaltaroshlikda an’-anaviy sopol ushpulaklar (U. Jo‘raqulov, H. Rahimova) qatori beg‘ubor hazil ruhi aks etgan haykalchalar (A. Muxtorov) yara-tildi.Ac. so‘nggi 80 – 90- yillar ichida quyidagi asosiy yo‘nalishlarda rivojlandi: 20 dan ortiq xalq hunarmandligini o‘z ichiga olgan xalq As; yengil (chinni buyumlar, badiiy ma-tolar) va mahalliy (sopol, yog‘och buyumlar, gilamchilik, kashtachilik, zardo‘zlik va boshqalar) sanoatni o‘z ichiga olgan badiiy sanoat; ko‘rgazma, interer va manzara-li kulollik buyumlari, gobelen, shisha, chinni va zargarlik san’atida an’anaviy bo‘lmagan buyumlar yaratuvchi rassomlik ijodi bilan bog‘liq malakali yakka tartib-dagi mualliflik bezak san’ati.Xalq A.S.ini rivojlantirish, uning unutilgan turlarini qayta ti-klash va taraqkiy ettirishda "Us to" birlashmasi (1978) muhim rol o‘ynadi. Kulollik, kandakorlik, tosh, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik, zargarlik san’ati, zardo‘zlik, gilamchilik va kigizchilik, lok miniatyurasi, badiiy to‘qimachilik, nosqovoq, to‘qima ro‘zg‘or buyumlari, chinni, shisha buyumlar tay-yorlash va boshqa Amaliy sanʼat turlari rivojlanmoqda. Ganch o‘ymakorligini me’moriy bez-aklarda qo‘llash bu to‘rning barcha makta-blari an’analarini rivojlantirishga e’tiborni oshirdi. Ustalar turli mak-tab an’analarini uyg‘unlashtirib, o‘ta ehtiyotkorlik bilan me’moriy bezaklar mu-jassamotiga kiritmoqda. Badiiy hayotda ro‘y berayotgan jarayonning ta’siri hamda mahalliy badiiy an’analarning boyligi badiiy tajribada an’anaviy bo‘lmagan yakka tartibdagi mualliflik bezak san’atini rivojlantirmoqda. Badiiy to‘qimachilik, chinni, shisha, kulollik bu-yumlari ko‘rgazmalarda tez-tez namoyish ztilmoqda, ayni paytda shahar maishiy, me’moriy va boshqa muhitini boyitish vosi-tasiga aylanmoqda. Jumladan an’anaviy bo‘lmagan kulollik, gobelen tayyorlash rivojlanmoqda, ustalarning ishlari ko‘rgazmalarda namoyish etilmoqda. 70-yillardan kulollik asarlari Toshkent va boshqa shaharlardagi jamoat binolarini bezamoqda: Xalqlar do‘stligi saroyi, "Chorsu" mehmonxonasi, Toshkent metro-politeni bekatlari va boshqa O‘zbekiston respublikasi mustaqilligi As.ning barcha shakllarini rivojiga mus-tahkam zamin yaratdi. Shuningdek, O‘zbekiston hududida qadimdan shakllangan, jahonga mashhur nafis san’atlar maktablarining noyob an’analarini avaylab asrash, o‘rganish, boyitib borish, millim tasviriy, ama-liy, miniatyura san’atining nodir dur-donalarini dunyoga olib chiqish va targ‘ib qilish, nafis san’atlar sohasidagi il-miy izlanishlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish, zamon talablariga mos badiiy ta’lim tizimini barpo etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, akademik ilmiy tadqiqot ishlarini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etildi (1997 yil 23 yanvar qarori). "Xalq badiiy hunarmandchiliklarini va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni dav-lat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tad-394birlari to‘g‘risida"gi (1997 yil 31 mart) qarori milliy madaniyatni rivojlanti-rishda xalq badiiy hunarmandchiliklari va Amaliy sanʼatning ahamiyatini oshirish, qo‘lda ishlanadigan yuksak badiiy buyumlarni tayyorlash asriy an’analarini va o‘ziga xos turlarini qayta tiklash hamda xalq hunarmandlariga davlat tomonidan ma-dad ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq an’anaviy Amaliy sanʼatning yangidan tiklanishi va rivojlanishi har yili Navro‘zda o‘tkaziladigan Amaliy sanʼat asarlari ko‘rgazmasida namoyon bo‘lmoqda. Amaliy sanʼatning hamma sohalarida professional rassom, haykaltaroshlar o‘rtasida hamkorlik mavjud. Amaliy sanʼatning shakllanishi, taraqqiyoti jarayonida badiiy us-lublar almashinuvi san’atning boshqa turlari bilan bog‘liq ravishda davom etadi.Akbar Hakimov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil