Ixtiro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ixtiro — xalq xoʻjaligining turli sohalarida, ijtimoiymadaniy qurilish va mudofaa sohalarida ijobiy samara beradigan, oʻziga xos texnikaviy yechimga ega boʻlgan yangilik. Tor maʼnoda — davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli qonun bilan muhofaza qilinadigan yangi texnikaviy yechim. Har qanday yangilik ham I. boʻla-vermaydi. Mac, kuruq ilmiy qoidalar, xususan, kashfiyotlar, amalga oshirib boʻlmaydigan va xato takliflar (mas, abadiy dvigatel yaratish haqidagi takliflar) I. hisoblanmaydi. Hal qilinadigan masala faqat nazariy emas, balki amaliy ehtiyojlarni qondiradigan boʻlishi lozim. I. qonun bilan muhofazalangan davlatlarda har bir taklifning I. boʻlish shartlari belgilanadi. Bu shartlardan asosiysi masalaning eng yangi hisoblangan texnik yechimidir. Muayyan taklifni I. deb hisoblash uchun undan bir necha marta foydalanish imkoni qam boʻlishi kerak. I.ning yangiligi, yaʼni bi-rinchi ekanligi (koʻpincha, ixtirochilikka oid tashkilotlarga berilgan hujjat — ariza sanasi) oldin berilgan mualliflik guvohnomalari va pa-tentlar, I.lar eʼlon qilinadigan tegishli adabiyotlar, koʻrgazmalarda na-moyish qilingan eksponatlar va b.ga muvofik, aniqlanadi. Oʻzbekiston Res-publikasida ixtirochi boʻla olish shartlari va uni tasniflash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994 y.da tasdiklangan "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari haqida"gi qonunda belgilangan. I. boʻyicha talabnomalarni ekspertiza qilish, mualliflik guvohno-masi va patent berish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent ido-rasi tomonidan amalga oshiriladi (yana q. Ixtirochilik huquqi). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil