Gavana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gavana - Kubaning poytaxti. Gavana provinsiyasining maʼmuriy, muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Kuba o.ning shim.gʻarbida, Meksika qoʻltigʻi sohilida. G. shahar atrofi bilan Katta G.ni tashkil qiladi. Aholisi 2,3 mln. kishi (1997).

G.ga 1515 y.da asos solingan. 1592 y.dan shahar va Ispaniya gubernatorining qarorgohi. 16-a. oxiridan G. Ispaniyaning Antil o.laridagi eng katta porti. 1762 y.da G.ni va butun Kubani inglizlar bosib oldi. 1763 y.da yana ispanlar qoʻliga oʻtdi. 18—19-a.larda G. Antil o.laridagi qullar bozorining yirik markazi boʻldi. 1902 y.dan Kuba Respublikasi poytaxti.

G. mamlakatning eng yirik transport yoʻllari tuguni. G. porti orqali Kubaning 3/5 importi va 1/4 eksporti oʻtadi. Shahar asosiy t. y. magistrali va mamlakatni gʻarbdan sharqqa kesib oʻtadigan bosh avtostrada ustida joylashgan. Jan.gʻarbiy chekkasida Xose Marti xalqaro aeroporti joylashgan. G. mamlakat sanoat mahsulotining qariyb yarmini beradi. Korxonalarning koʻpchiligi shahar chetida. Toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati koʻproq rivojlangan. Tikuvchilik, metallsozlik, kema remonti, kimyo sanoati korxonalari ham bor. Poʻlat quyish, avtoremont, neftni qayta ishlash va b. zavodlar mavjud. Iirik binolari: Milliy kapitoliy, "Gavana Libre" va "Gavana Rivyera" mehmonxonalari. Gavanadel-Este turar joy r-ni qurilgan.

G.da universitet (1728), FA (1962), texnika, q.x., iqgisod, ped. intlari, kutubxonalar, teatrlar bor. Yirik muzeylari: Milliy muzey, L. Montane, Antropologiya muzeyi, E. Xeminguey uy-muzeyi va b.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil