Kape arsloni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

  Cape arsloni 19-asr oʻrtalarida yoʻq bo'lib ketgan Janubiy Afrikaning Natal va Keyp viloyatlarida bu turga mansub arslonlarning oʻziga xos populyatsiyasi boʻlgan. [1] [2] Tur namunasi Good Hope burni vatani hisoblanadi va 1842-yilda u haqida maʼlumotlar tasvirlangan [3]

Qadimdan cape arsloni, Panthera leo melanochaita sherining alohida kichik turi hisoblangan. [4] Ammo, filogeografik tahlil shuni koʻrsatdiki, Janubiy va Sharqiy Afrikadagi sherlar populyatsiyalari ham bir-biri bilan chambarchas bogʻliq ekanligini. [5] [6] 2017-yilda Panthera leo melanochaita kenja turi Janubiy va Sharqiy Afrikadagi barcha sherlar populyatsiyasini oʻz ichiga olishi maʼlum boʻldi. [7]

Taksonomiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Kaapsche Leeuw en Leeuwin (Felis leo capensis)“ nomli rasm, Brehms Tierleben, 1927-yilda nashr etilgan.

Felis (Leo) melanochaita 1842-yilda Ch. X. Smit tomonidan tasvirlangan Good Hope burnidagi tarqalgan qora yoli arslon namunasi edi. [8] 19-asrda tabiatshunoslar va ovchilar uni quyuq rangi yolli tufayli alohida kichik tur sifatida atashgan. [9] 20-asrda baʼzi yozuvchilar Cape sherining alohida kenja turi ekanligi haqidagi bu fiklarni qoʻllab-quvvatladilar. [10] [11] Vratislav Mazak gipotezasiga koʻra Buyuk Escarpment tomonidan geografik jihatdan boshqa populyatsiyalardan ajratilgan holda koʻpayib tarqalgan degan tahminlar mavjud.

Bu nazariya 21-asrning boshlarida shubha ostiga olindi. Cape arsloni, Kalahari va Transvaal mintaqalarida va undan uzoq sharqdagi sherlar populyatsiyalari oʻrtasidagi genetik almashinuv qiya tepaliklar va Hind okeani oʻrtasidagi yoʻlaklar mavjudligi orqali boʻlishi mumkin deb hisoblanadi. [12] Filogeografik tadqiqotlar keyingi natijalari shuni koʻrsatdiki Namibiya, Botsvana va Janubiy Afrikadagi sherlarning genetik jihatdan yaqin ekanligini aniqlangan. [13] [14] 10 ta davlatdan olingan 357 ta sher namunasi tahliliga asoslanib, arslonlar Pleystotsen va Golosen davrida Janubiy Afrikadan Sharqiy Afrikaga koʻchib kelgan deb taxmin qilinadi. [13] Keyingi tadqiqotlarda 22 mamlakatdan olingan 194 ta sher namunalarining tahlili shuni koʻrsatadiki, Janubiy va Sharqiy Afrikadagi populyatsiyalar Gʻarbiy va Shimoliy Afrika va Osiyodagi populyatsiyalardan farq qiladi. [14] 2017-yilda Janubiy va Sharqiy Afrikadagi sherlar populyatsiyalari P. l. melanochaita turini oʻz ichida jamlagan. [15]

Zoologik namunalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir nechta tabiatshunoslik tarixey muzeylari oʻz kollektsiyalarida Cape arslonining namunalari bor:

  • Transvaal muzeyida urgʻochi Cape arslonining bosh suyagi bor; [16]
  • Naturalis biologik xilma-xillik markazida oʻrnatilgan namuna va ikkita Cape arsloning bosh suyagi mavjud; [17] [18]
  • Tabiiy tarix muzeyi, London va Parij tabiiy tarix muzeyilarining har birida Cape arsloning namuna nusxalari bor; [17]
  • Shvetsiya tabiiy tarix muzeyida Cape sherning bosh suyagi shuningdek Amsterdam zoologiya muzeyida oʻrnatilgan namuna mavjud. [19]
  • Roterxemdagi Clifton Park muzeyida qotirilgan Cape sher namunasi bor. [ <span title="This claim needs references to reliable sources. (May 2019)">iqtibos kerak</span> ]
  • Chexiya Respublikasining Xolitsa shahridagi doktor Emil Xolubning Afrika muzeyida 1876-yilda kichkina qotirilgan arslon bolasini sotib olgan namunalar bor. U 2009-yilga kelib Cape arsloni sifatida yuritila boshladi. [20] [21]

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cape arslonining namunasi juda katta, qora qirrali quloqlari va yelkasidan tashqarida va qorin ostidagi qora yoli bilan tasvirlangan. [22] Oranj daryosi havzasidagi Britaniya Tabiat tarixi muzeyida joylashgan ikkita sher namunasining bosh suyagi oksipital, Janubiy Afrika mintaqalaridagi boshqa sherlarga qaraganda bir oz kichikroq va ikkinchi pastki kichik molyar tishlari yaxshi rivojlanish tendentsiyasi bilan tasvirlangan. [23]

Amerikalik zoolog Edmund Xeller Cape arslonining bosh suyagi ekvatorial sherlarnikidan kamida 1.0 (25 mm) uzunroq ekanligi, nisbatan tor boʻlishiga qaramay, oʻrtacha kattalikda ekanligini taʼrifladi. U Cape sherini Afrikadagi boshqa sherlarga qaraganda „aniq“ kattaroq deb hisobladi. [24] Sherlarni vaznni 272 kg (600 fut) ni tashkil qiladi, Vaal daryosining janubida topilgan sherlarning. [25] 19-asr yozuvchilarCape sherining Osiyo sheridan kattaroq ekanligini deb hisoblashgan,. [26]

Tadqiqotchilar olib borgan, uzoq muddatli ilmiy ishlar natijalari shuni koʻrsatadiki, iqlim oʻzgarishlari sherlar rangining oʻzgarishiga taʼsir qiladi va bir-birlari orasida farq qiladi. Salqin fasllarda yollari quyuqroq va uzunroq boʻladi. [27]

Tarqalishi va yashash joyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Charlz Benjamin Inkledonning 1739-yilgi maqolasida Bassora yaqinidagi Mesopotamiya sher, Cape arsloni, Sharqiy Hindistondagi yoʻlbars, Buenos-Ayresdan pantera, Gʻarbiy Afrikadan Hyaena hyaena va Afrikadan " erkak yoʻlbars "dan tashqari Turkiyadan leopard borligi tasvirlangan.

19-asrning boshlarida sherlar hali ham Karoo tekisliklarida va Shimoliy Keypda borligi aniqlangan. 1844-yilda Riet daryosining janubida sherlar borligi aniqlandi. Oranj daryosining janubida soʻnggi arslon turlari 1850-1858 yillarda boʻlgan deyiladi. Shimoliy Orange Free Statetida arslonlar 1860-yillarda ham saqlanib qolgan boʻlishi mumkin degan tahminlar bor. [19]

2003-yilda Kgalagadi transchegaraviy bogʻidan oltita sher Sharqiy Keyp provinsiyasidagi Addo fil milliy bogʻiga koʻchirilganini aytilgan. [28]

Asirlikda[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yilda Cape arsloni naslining namunalari Rossiyada asirlikda saqlanayotganligi aniqlangan va ulardan ikkitasi Janubiy Afrikaga qaytarib olib kelingan. Xabarlarning ma'lum qilishicha, Janubiy Afrikalsining hayvonot bogʻi direktori Jon Spens 17-asrda Yan van Riebekning Fort-de-Gode Hoop qadimiy devorlarini oʻrgangan va bu buyuk arslonlarar haqidagi hikoyalardan hayratda qolgan. U van Riebekning jurnallarini oʻrganib, Cape arslonining uzun qora yoli, quloqlari qora va kattaroq boʻlganligini aniqlash uchun oʻrgangan. U baʼzi Cape arslonlari Evropaga olib ketilgan va boshqa sherlar bilan chatishtirilgan boʻlishi mumkinligi haqidagi fikrlarga ishongan. Uning 30 yillik izlanishlari natijasida 2000-yilda Sibirdagi Novosibirsk hayvonot bogʻida Cape arslonining xususiyatlariga ega oʻxshash qora yolli sherlar topildi [29] [30] Spensi arslondagi oʻziga tortgan qora yolidan tashqari, „keng yuz va baquvvat oyoqlari“ bor edi. 30 yil davomida 40 ta arslon bolasi saqlangan Novosibirsk hayvonot bogʻining populyatsiyasi davom etmoqda va Spensga Venadagi Schönbrunn hayvonot bogʻi yordami bilan ikkita arslon bolasini Tygerberg hayvonot bogʻiga qaytarishga muvaffaq boʻlishga. Janubiy Afrikaga qaytib kelganida, Spens hech boʻlmaganda Cape arslonlariga oʻxshagan sherlarni koʻpaytirishga va bolalarning asl Keyp sherining avlodi ekanligini aniqlash uchun DNK testini oʻtkazishga umid qilayotganini aytiladi. [31] Biroq, Spens 2010-yilda vafot etdi va hayvonot bogʻi 2012-yilda yopildi, sherlar Drakenstein Lion Parkiga yuborilishi kutilmoqda. [32]

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maʼlumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mazak, V. (1975). "Notes on the Black-maned Lion of the Cape, Panthera leo melanochaita (Ch. H. Smith, 1842) and a Revised List of the Preserved Specimens". Verhandelingen Koninklijke Nederlandse Akademie van Wetenschappen (64): 1–44. ISBN 0-7204-8289-5. Mazak, V. (1975). „Notes on the Black-maned Lion of the Cape, Panthera leo melanochaita (Ch. H. Smith, 1842) and a Revised List of the Preserved Specimens“. Verhandelingen Koninklijke Nederlandse Akademie van Wetenschappen (64): 1–44. ISBN 0-7204-8289-5.
  2. Bauer, H.; Packer, C.; Funston, P.F.; Henschel, P.; Nowell, K. (2015). "Panthera leo". IUCN Red List of Threatened Species 2015. 
  3. Smith, C.H. „Black maned lion Leo melanochaita“,. The Naturalist's Library Jardine: . London: Chatto and Windus, 1842 — Plate X, 177 bet. Smith, C. H. (1842). „Black maned lion Leo melanochaita. In Jardine, W. (ed.). The Naturalistʼs Library. Vol. 15. Mammalia. London: Chatto and Windus. p. Plate X, 177.
  4. Nowell, K. „Panthera leo“,. Wild Cats: Status Survey and Conservation Action Plan. Gland, Switzerland: IUCN/SSC Cat Specialist Group, 1996 — 17–21, 37–41 bet. ISBN 978-2-8317-0045-8. 
  5. Yamaguchi, N. (2000). The Barbary lion and the Cape lion: their phylogenetic places and conservation. 1. African Lion Working Group News. pp. 9–11. Archived from the original on 2019-08-18. https://web.archive.org/web/20190818182028/http://www.tigertouch.org/documents/barbarycape.pdf. 
  6. Barnett, R.; Yamaguchi, N.; Barnes, I.; Cooper, A. (2006). "Lost populations and preserving genetic diversity in the lion Panthera leo: Implications for its ex situ conservation". Conservation Genetics 7 (4): 507–514. doi:10.1007/s10592-005-9062-0. Archived from the original on 2006-08-24. https://web.archive.org/web/20060824064412/http://abc.zoo.ox.ac.uk/Papers/consgen06_lion.pdf. 
  7. Kitchener, A. C.; Breitenmoser-Würsten, C.; Eizirik, E.; Gentry, A.; Werdelin, L.; Wilting, A.; Yamaguchi, N.; Abramov, A. V. et al. (2017). "A revised taxonomy of the Felidae: The final report of the Cat Classification Task Force of the IUCN Cat Specialist Group". Cat News (Special Issue 11). ISSN 1027-2992. https://repository.si.edu/bitstream/handle/10088/32616/A_revised_Felidae_Taxonomy_CatNews.pdf?sequence=1&isAllowed=y#page=71. 
  8. Smith, C.H. „Black maned lion Leo melanochaita“,. The Naturalist's Library Jardine: . London: Chatto and Windus, 1842 — Plate X, 177 bet. 
  9. Mazak, V. (1975). "Notes on the Black-maned Lion of the Cape, Panthera leo melanochaita (Ch. H. Smith, 1842) and a Revised List of the Preserved Specimens". Verhandelingen Koninklijke Nederlandse Akademie van Wetenschappen (64): 1–44. ISBN 0-7204-8289-5. 
  10. Lundholm, B. (1952). "A skull of a Cape lioness (Felis leo melanochaita H. Smith". Annals of the Transvaal Museum (32): 21–24. 
  11. Stevenson-Hamilton, J. (1954). "Specimen of the extinct Cape lion". African Wildlife (8): 187–189. 
  12. Yamaguchi, N. (2000). The Barbary lion and the Cape lion: their phylogenetic places and conservation. 1. African Lion Working Group News. pp. 9–11. Archived from the original on 2019-08-18. https://web.archive.org/web/20190818182028/http://www.tigertouch.org/documents/barbarycape.pdf. Yamaguchi, N. (2000). „The Barbary lion and the Cape lion: their phylogenetic places and conservation“ (PDF). 1. African Lion Working Group News: 9–11. Archived from the original (PDF) on 2019-08-18. {{cite journal}}: Cite journal requires |journal= (help)
  13. 13,0 13,1 Antunes, A.; Troyer, J. L.; Roelke, M. E.; Pecon-Slattery, J.; Packer, C.; Winterbach, C.; Winterbach, H.; Johnson, W. E. (2008). "The Evolutionary Dynamics of the Lion Panthera leo Revealed by Host and Viral Population Genomics". PLOS Genetics 4 (11): e1000251. doi:10.1371/journal.pgen.1000251. PMID 18989457. PMC 2572142. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2572142. 
  14. 14,0 14,1 Bertola, L. D.; Van Hooft, W. F.; Vrieling, K.; Uit De Weerd, D. R.; York, D. S.; Bauer, H.; Prins, H. H. T.; Funston, P. J. et al. (2011). "Genetic diversity, evolutionary history and implications for conservation of the lion (Panthera leo) in West and Central Africa". Journal of Biogeography 38 (7): 1356–1367. doi:10.1111/j.1365-2699.2011.02500.x. 
  15. Kitchener, A. C.; Breitenmoser-Würsten, C.; Eizirik, E.; Gentry, A.; Werdelin, L.; Wilting, A.; Yamaguchi, N.; Abramov, A. V. et al. (2017). "A revised taxonomy of the Felidae: The final report of the Cat Classification Task Force of the IUCN Cat Specialist Group". Cat News (Special Issue 11). ISSN 1027-2992. https://repository.si.edu/bitstream/handle/10088/32616/A_revised_Felidae_Taxonomy_CatNews.pdf?sequence=1&isAllowed=y#page=71. Kitchener, A. C.; Breitenmoser-Würsten, C.; Eizirik, E.; Gentry, A.; Werdelin, L.; Wilting, A.; Yamaguchi, N.; Abramov, A. V.; Christiansen, P.; Driscoll, C.; Duckworth, J. W.; Johnson, W.; Luo, S.-J.; Meijaard, E.; OʻDonoghue, P.; Sanderson, J.; Seymour, K.; Bruford, M.; Groves, C.; Hoffmann, M.; Nowell, K.; Timmons, Z.; Tobe, S. (2017). „A revised taxonomy of the Felidae: The final report of the Cat Classification Task Force of the IUCN Cat Specialist Group“ (PDF). Cat News (Special Issue 11). ISSN 1027-2992.
  16. Lundholm, B. (1952). "A skull of a Cape Lioness (Felis leo melanochaitus H. Smith)". Annale van die Transvaal Museum 22 (1): 21−24. 
  17. 17,0 17,1 Mazak, V. and Husson. A.M. (1960). "Einige Bemerkungen über den Kaplöwen, Panthera leo melanochaitus (Ch. H. Smith, 1842)". Zoologische Mededelingen 37 (7): 101−111. 
  18. „Kaapse leeuw“. 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  19. 19,0 19,1 Mazak, V. (1975). "Notes on the Black-maned Lion of the Cape, Panthera leo melanochaita (Ch. H. Smith, 1842) and a Revised List of the Preserved Specimens". Verhandelingen Koninklijke Nederlandse Akademie van Wetenschappen (64): 1–44. ISBN 0-7204-8289-5. Mazak, V. (1975). „Notes on the Black-maned Lion of the Cape, Panthera leo melanochaita (Ch. H. Smith, 1842) and a Revised List of the Preserved Specimens“. Verhandelingen Koninklijke Nederlandse Akademie van Wetenschappen (64): 1–44. ISBN 0-7204-8289-5.
  20. „Lev Princ“ (cs). Museum of Emil Holub. Qaraldi: 2019-yil 10-noyabr.
  21. „V muzeu Emila Holuba se ukrýval kapský lev (Museum of Emil Holub was hiding a Cape lion)“ (cs). Novinky.cz (2009-yil 22-may). Qaraldi: 2019-yil 10-noyabr.
  22. Smith, C.H. „Black maned lion Leo melanochaita“,. The Naturalist's Library Jardine: . London: Chatto and Windus, 1842 — Plate X, 177 bet. Smith, C. H. (1842). „Black maned lion Leo melanochaita. In Jardine, W. (ed.). The Naturalistʼs Library. Vol. 15. Mammalia. London: Chatto and Windus. p. Plate X, 177.
  23. Mazak, V. (1975). "Notes on the Black-maned Lion of the Cape, Panthera leo melanochaita (Ch. H. Smith, 1842) and a Revised List of the Preserved Specimens". Verhandelingen Koninklijke Nederlandse Akademie van Wetenschappen (64): 1–44. ISBN 0-7204-8289-5. Mazak, V. (1975). „Notes on the Black-maned Lion of the Cape, Panthera leo melanochaita (Ch. H. Smith, 1842) and a Revised List of the Preserved Specimens“. Verhandelingen Koninklijke Nederlandse Akademie van Wetenschappen (64): 1–44. ISBN 0-7204-8289-5.
  24. Heller, E. (1913). New races of carnivores and baboons from equatorial Africa and Abyssinia Smithsonian Miscellaneous Collections 61(19): 1–12.
  25. Pease, A. E. (1913). The Book of the Lion John Murray, London.
  26. Lion (felis leo)“,Encyclopædia Americana. A popular dictionary, New Lieber, F.: , Philadelphia: Blanchard and Lea, 1857 — 5−7 bet. 
  27. West P.M.; Packer C. (2002). "Sexual Selection, Temperature, and the Lion's Mane". Science 297 (5585): 1339–1343. doi:10.1126/science.1073257. PMID 12193785. 
  28. Hayward, M.W.; Hayward, G.J. (2007). "Activity patterns of reintroduced lion Panthera leo and spotted hyaena Crocuta crocuta in the Addo Elephant National Park, South Africa". African Journal of Ecology 45 (2): 135−141. doi:10.1111/j.1365-2028.2006.00686.x. 
  29. „'Extinct' lions (Cape lion) surface in Siberia“. The BBC (2000). Qaraldi: 2012-yil 31-dekabr.
  30. „Лев“. Sibzoo.narod.ru. 2009-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 28-yanvar.
  31. „South Africa: Lion Cubs Thought to Be Cape Lions“. AP Archive, The Associated Press (2000). (with 2-minute video of cubs at zoo with John Spence, 3 sound-bites, and 15 photos)
  32. Davis, R.. „We lost a zoo: Western Cape's only zoo closes“. Daily Maverick (2012). Qaraldi: 2015-yil 30-mart.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]