Sirtlon (do‘lta)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sirtlon
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Sirtlonlar
Urugʻ: Hyaena Brisson
Turlari: Sirtlon
Xalqaro ilmiy nomi
Hyaena hyaena Linnaeus, 1758

Sirtlon[1] (lotincha: Hyaena hyaena) — sirtlonlar oilasining tipik vakili. Sirtlonlarning yagona tur vakili Afrika qit’asidan tashqarida uchraydi. Uning tarqalishi butun Afrikaning shimolida, Oʻrtayer dengizidan Bengal koʻrfazigacha boʻlgan Osiyoning katta qismigacha boradi. Shimoli-Gʻarbiy va Oʻrta Hindistonda ham keng tarqalgan, janubga qarab kamdan-kam uchraydi va Syeylonda, shuningdek, sharqdagi mamlakatlarda kam,  Sahroi Kabirdagi Afrikada ham keng tarqalgan, lekin mintaqaning janubida sust uchraydi. Uning tarqalishi deyarli Afrika xolli sirtloni bilan oʻxshash emas. Turkiyaning janubiy va sharqiy qismida, Eron, Pokiston, Afgʻoniston, Nepal, butun Arabiston yarim orolida, Tibet va Jungriyada ham uchratish mumkin.

Sobiq SSSR hududida Armaniston, Turkmaniston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Ozarbayjon davlatlarida koʻzga koʻrinsa ham, lekin hamma joyda bu tur juda kam uchraydi va himoyalangan.

Dastlabki tarixiy davrlarda u janubiy Yevropada va Volga boʻyida topilgan. Oʻrta asrlarda bu Kichik Osiyoda oddiy yirtqich hayvon boʻlgan, ayni kunda bu yerda sirtlonlarni topish amri maholdir.

Tashqi koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sirtlon — yetarlicha yirik yirtqich hayvon sanaladi. Boʻyi — 80 sm gacha, erkaklarning vazni 55-60 kg gacha, istisno hollarda mos ravishda 90 sm va 70 kg.gacha, lekin odatda bu oʻlchovdan kam ham boʻladi. Erkaklar urgʻochilarga qaraganda yirikroqdir. Juda qisqa tananing old qismining balandlik uzunligi 30 sm gacha boʻlgan dagʻal qalin tuklar bilan qoplangan, tananing boshqa qismlarida esa 7 sm dan oshmaydi. Sirtlonlarning junlari dagʻal, tekisdir.

Sirtlonning bosh suyagi.

Oyoq panjalari baquvvat, ichiga qayrilgan, old oyoqlari orqa oyoqlardan uzunroq va orqa tomonning chizigʻi dumga qarab tushadi. Sirtlonlar harakatlanganda dumbasini sudrab ketayotgandek yanada pastga tushiradi. Old va orqa oyoqlarda har doim chambarchas bogʻlangan 4 ta panja barmoqlari bor. Boʻyin kalta, baquvvat. Boshi massiv, pastki jagʻi ogʻir va katta, keng, uchli quloqlari bor. Chaynash mushaklarining yaxshi rivojlangani bois bosh suyagi koʻzga juda katta koʻrinadi. Tishlari juda baquvvat, eng katta suyaklarni yorishga qodir; oldinga chiqqan tishlari juda yirik. Tishlari 34 ta (itlar oilasida 40-42 tagacha).

Sirtlonlarning ovozi kamdan-kam eshitiladi. Asosan, bu turli xil xirillashlar, irillash va qoʻpol xirillashlari — baribir xolli sirtlonning qichqiriqli "kulgusi" ga oʻxshamaydi.

Yashash joyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sirtlonlar sertuproq, shagʻalli va choʻllashgan togʻoldi jarliklari, quruq daryo oʻzanlari va siyrak butasimon daraxtzorlar, qirgʻoqboʻyi toʻqay oʻrmonzorlari va qamishzorlar, saksovul bilan qoplangan choʻllarda uchraydi. Oʻz xohishi bilan zich butazorlarda yashaydi. Baland togʻlar va keng oʻrmonlardan qochadi. Ba’zi joylarda u qumli choʻlda uchraydi, ammo suv manbai 10 km boʻlgan joyda boʻlishi kerak. Kam aholi yashaydigan choʻl hududni yaxshi koʻradi, lekin ba’zida bogʻlarga, uzumzorlarga va poliz ekinlarigacha kirib boradi. Sirtlonlar doimiy ravishda qor qoplami boʻlgan joylarda topilmaydi va yuqori namlikka toqat qilmaydi. Yoʻl-yoʻl sirtlonlar koʻpincha aholi punktlari yaqinida uchraydi.

Turmush tarzi va xulq-atvori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻl-yoʻl sirtlonlar ba’zida kunduzi daydib yursa ham asosan ular tunda faol. Doʻlta sirtlonlar farqli oʻlaroq, u toʻdasi bilan yurmaydi. Oilada erkaklar boshchilik qiladi. 2-8 tagacha boʻlib oilaviy hayot kechiradi, juft boʻlib, ba’zan yakka holda uchraydi. Yilning istalgan paytida juftlashishi va bolalashi mumkin. 2-3 yilda jinsiy voyaga yetadi. Hayot davomiyligi oʻrtacha 12 yil.

Bu tur asosan oʻlaksalar bilan kun kechiradi. Koʻpincha sirtlonlar– boshqa yirtqich hayvonlar tomonidan yeb ketilgan tuyoqli hayvonlarning skelet suyagini mamnuniyat bilan qabul qiladi — oʻtkir jagʻlari yordamida har qanday suyaklarni osongina kemiradi. Aytishimiz mumkinki, oʻlaksalar oziqlanadigan yoʻl-yoʻl sirtlon deyarli hamma narsa bilan oziqlanadi - u tutishga koʻzi yetgan har qanday tirik mavjudotni ushlaydi, hasharotlarni yeydi va yerdagi qush uyalarini buzadi. Oʻrta Osiyo va Ozarbayjonda bahorda, toshbaqalarning tuxumlaridan chiqish paytida, sirtlonga qoʻl keladi. Bu yirtqichning tishlariga hatto katta toshbaqaning himoya qobigʻi ham muammo emas. Bundan tashqari, sirtlon xuddi shoqol kabi tashlandiqlarni toʻplashi mumkin.

yosh giena

Oʻsimliklar ham sirtlonlarning muhim ozuqasidir. U koʻp turdagi suvli poliz ekinlarini bajonidil iste’mol qiladilar, ular ayniqsa qovun va tarvuzlarni yaxshi koʻradilar, buning uchun ular polizlarga bostirib kirishadi. Bundan tashqari, yongʻoq va urugʻlarni iste’mol qiladilar. Qornilari toʻygach, sirtlonlar koʻpincha yemak joyi yonida uxlashadi.

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtmishda – Janubiy Ustyurtda, Amudaryo qayirlarining quyi va oʻrta oqimlarida, Sheroboddaryo etaklarida, Koʻhitang tizmasining sharqiy yonbagʻrida. Hozirda – Bobotogʻ togʻ oldi tizmasining shimoliy qismida va Surxondaryo etagida qayd etilgan. Oʻzbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Eron, Kavkaz va Kavkazorti, Iroq, Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston yarimoroli, Arabiston yarimoroli, Afrika.

Soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doimo kam boʻlgan. XX asr oʻrtalarigacha oddiy tur hisoblangan. 2011-yilda Oqtepa suv ombori atrofida 6 tadan iborat toʻda uchragan. 2010-yilda Bobotogʻ etaklarida 8 ta, 2012-yilda 10 ta sirtlon, 2016-yilda esa urgʻochi sirtlon va 2 ta bolasi qayd etilgan.

Cheklovchi omillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ongli ravishda qirilishi, keyinchalik – qoʻriq yerlarning oʻzlashtirilishi, toʻqayzorlarning yoʻq qilinishi, ozuqa manbalarining kamayishi kuzatilgan.

Koʻpaytirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dunyoning koʻplab hayvonot bogʻlarida koʻpaytiriladi. Dastavval Toshkent hayvonot bogʻida koʻpaytirilgan.

Himoya choralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ovlash taqiqlangan. Mahalliy aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borish orqali saqlanib qolgan sirtlonlarni muhofaza qilish. Surxon qoʻriqxonasida turni tiklash lozim[2].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Соколов В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Латинский, русский, английский, немецкий, французский. 5391 назв. Млекопитающие. — М.: Русский язык, 1984. — С. 107. — 352 с. — 10 000 экз.
  2. CИРТЛОН (ДЎЛТА) Redbook.uz

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Жизнь животных. В 7 т. / гл. ред. В. Е. Соколов. — 2‑е изд., перераб. — М. : Просвещение, 1989. — Т. 7 : Млекопитающие / под ред. В. Е. Соколова. — С. 365—367. — 558 с. : ил. — ISBN 5-09-001434-5.
  • Атлас охотничьих и промысловых птиц и зверей СССР. М., изд-во АН СССР, 1953. Т.2, с.136-138