Kaltatoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kaltatoy — oʻzbek urugʻlaridan biri. Turk etnik guruhining boʻlinmalaridan. Kaltatoy bir qancha kichik urugʻlarga (muazzamini, maxatori, mirzo kaltatoyga) boʻlingan. Kaltatoy Fargʻona vodiysida, Nurota va Molguzar togʻlarining shimoliy yon bagʻirlarida, Zarafshon daryosining oʻrta oqimlarida, Surxon-Qoratogʻ daryolarining yuqori va oʻrta oqimlarida, Afgʻonistonning togʻli rayonlarida (Koʻkchadaryo boʻylarida) yashagan. Kaltatoylarning katta hududda tarqalib yashashi ularning oʻtmishda koʻp sonli urugʻ boʻlganligidan darak beradi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida kaltatoylar batamom oʻtroqlashib, oʻz urugʻ nomini unutgan. Jizzax, Qashqadaryo va boshqa viloyatlarda kaltatoy nomi bilan ataluvchi qishloqlar bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil