Ispaniya banki
Ispaniya banki binosi, 1891-yildan beri Banco de España binosi. | |
Bosh qarorgohi | Madrid shahri Alkala koʻchasi Ispaniya banki binosi |
---|---|
Koordinatalari | 40°25′06″N 3°41′41″W / 40.41833°N 3.69472°W |
Tashkil etilgan yili | 1782 |
Mulkchilik shakli | 100% Davlat mulki[1] |
Rais | Pablo Ernandes de Kos |
Markaziy banki | Ispaniya hukumati |
Oltin-valyuta zaxiralari |
€62.3 mlrd 9,1 mln troya unsiya (2019-yil yanvar)[2] |
Veb sayti | bde.es |
Ispaniya banki hozir ham faoliyat yuritadi, biroq aksariyat vazifalari YMBga oʻtkazilgan. |
Ispaniya banki (ispancha: Banco de España) Ispaniyaning markaziy banki. 1782-yilda Charlz III tomonidan Madridda tashkil etilgan bank bugungi kunda Yevropa Markaziy banklari tizimi aʼzosi va Yevrotizimning bir qismi hisoblanadi. U, shuningdek, Yagona Nazorat Mexanizmi doirasidagi bank nazorati boʻyicha Ispaniyaning milliy vakolatli organidir. Uning faoliyati Ispaniya bankining mustaqilligi toʻgʻrisidagi qonuni bilan tartibga solinadi. 1999-yil yanvarigacha, Ispaniya yevroni qabul qilgunga qadar Ispaniya banki sobiq ispan valyutasi peseta uchun masʼul edi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlab Banco Nacional de San-Karlos nomini olgan, u 1782-yilda Charlz III tomonidan Madridda, Ispaniya oʻn uchta koloniyaga harbiy va moliyaviy yordam bergan Amerika inqilobiy urushidan keyin davlat obligatsiyalari (vales reales) orqali hukumat moliyasini barqarorlashtirish uchun tashkil etilgan. Garchi u davlatga yordam bergan boʻlsa-da, bank dastlab aksiyadorlarga tegishli edi. Uning aktivlariga "Ispan kapitalistlari, fransuz rentachilari va Yangi Ispaniyadagi (mustamlaka Meksika) hind jamoalarining bir qancha xazinalari" kirgan[3][4]. Uning birinchi direktori fransuz bankiri Fransua Kabarrus edi, u Ispaniyada Fransisko Kabarrus nomi bilan tanilgan[5].
1808-1813 yillardagi Pireney urushi paytida Napoleonning Ispaniyaga bostirib kirishi ortidan davlat bankdan 300 million realdan ortiq qarzi bor edi, bu esa bankni moliyaviy qiyinchilikka tushirdi. Gʻaznachilik vaziri Luis Lopes Ballesteros 40 million reallik fond yaratdi, 1829-yilda unga qarshi bank Madridda oʻz pullarini chiqarishi mumkin edi. U oʻzini Banco Español de San Fernando deb oʻzgartirgandan keyin shunday qildi (Ispaniya qirolining ismi Fernando VII edi).
1844-yilda raqobatlashuvchi Banco de Isabel II va Banco de Barcelona tashkil etildi, keyin 1846-yilda Banco de Cádiz tashkil etildi. 1847-yilda Madridning koʻchmas mulk bozoridagi haddan tashqari taʼsirdan soʻng, Banco de Isabel II Banco de San Fernando bilan birlashdi va oxirgi nomini saqlab qoldi.
1850-yillarda Ramon Santillan rahbarligida bank oʻz faoliyatini Alikante va Valensiya shaharlarida kengaytirdi va Banco de España nomini oldi. Fuqarolik va mustamlakachilik urushlarini qoʻllab-quvvatlash uchun bankdan moliyaviy yordam talab qilgan Ispaniya hukumati 1874-yilda Banco de Españaga ispan banknotlarini chiqarish boʻyicha monopol huquq berdi. 1884-yilda Madriddagi Alkala (calle de Alcalá) koʻchasi va Paseo del Prado (paseo del Prado) bulvari kesishmasida bankning shtab-kvartirasi qurilishi boshlandi.
1936-yilda Sovet Ittifoqiga 510 tonna oltin zaxirasi oʻtkazildi (bu hodisa Moskva oltini deb nomlanadi), bu Ispaniya bankining umumiy oltin zaxiralarining 72,6% ga toʻgʻri keladi. Bu oltin Ispaniya fuqarolar urushi paytida u yerda qolgan.
1946-yilda general Franko hukumati bankni qattiq nazorat ostiga oldi. 1962-yilda u rasmiy ravishda milliylashtirildi. 1970-yillarning oxirida demokratiya tiklanganidan soʻng, bank bir qator oʻzgarishlar va modernizatsiyalarni boshladi va bu jarayon bugungi kungacha davom etmoqda.
1994-yilda Ispaniyaning Yevropa Ittifoqining Iqtisodiy va Valyuta Ittifoqiga kirishi bilan Banco de España Yevropa Markaziy banklari tizimiga aʼzo boʻldi. YMB ustav kapitalining 8,84 foiz aksiyasi Ispaniya bankiga tegishli.
Boshqaruv tuzilmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bankning boshqaruv tuzilmalari toʻrt boʻgʻindan iborat:
- Rais.
- Rais oʻrinbosari.
- Boshqaruv Kengashi.
- Ijroiya komissiyasi.
Ispaniya banki raisi Ispaniya Bosh vaziri tavsiyasiga binoan ispan monarxi tomonidan tayinlaganidan keyin rasman faoliyatini boshlashi mumkin. Rais pul yoki bank masalalari boʻyicha vakolatiga ega boʻlgan Ispaniya fuqarosi boʻlishi kerak. Yangi rais tayinlanganda Iqtisodiyot va moliya vaziri deputatlar qurultoyi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli parlament komissiyasiga ma’lum qiladi. Hozirgi rais - Pablo Ernandes de Kos.
Raisning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- Bankni boshqarish va Boshqaruv kengashi va Ijroiya komissiyasiga raislik qilish;
- Bankning oʻz majburiyatlarini qonuniy ravishda bajarishi uchun asosiy javobgarlikni oʻz zimmasiga olish. Rais bank shartnomalari va boshqa huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish va sudlarda Bankni vakillik qilish uchun yakuniy javobgar odam;
- Xalqaro institutsional munosabatlarda Bankni tamsil qilish;
- Bank Boshqaruv Kengashi a’zosi va Yevropa Markaziy banklari tizimi Bosh Kengashi a’zosi sifatida ishlash.
Bank raisining tavsiyasiga binoan hukumat tomonidan tayinlangan rais oʻrinbosari rahbarlik lavozimiga qoʻyilgan barcha rasmiy malaka talablariga javob berishi kerak. Ispaniya bankining amaldagi rais oʻrinbosari - Margarita Delgado. Rias oʻrinbosari rais lavozimi boʻsh boʻlgan, ishdan boʻshatilgan yoki kasal boʻlgan hollarda Bank direktori va uning vakili sifatida uning oʻrnini egallaydi. Ushbu boʻgʻinning keyingi vazifalari Bankning ichki ishi boʻlib, ular bank rahbari tomonidan beriladi.
Bank raisining ishtirokida Iqtisodiyot va moliya vazirining taklifiga binoan, hukumat oltita bank maslahatchisini tayinlaydi. Maslahatchilar iqtisod yoki huquq sohasidagi vakolatlari uchun tan olingan Ispaniya fuqarolari boʻlishi kerak.
Rais oʻrinbosari yettita boshqarmaga rahbarlik qiladi[6]:
- Umumiy bank nazorati
- Umumiy naqd pullar va filiallar
- Umumiy iqtisodiyot, statistika va tadqiqotlar
- Umumiy moliyaviy barqarorlik, tartibga solish va qaror
- Umumiy operatsiyalar, bozorlar va toʻlov tizimlari
- Umumiy xizmat
- Bosh kotibiyat
Ijroiya komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Rais;
- Rais oʻrinbosari;
- Ikki maslahatchi.
Ispaniya bankining bosh direktorlari Ijroiya komissiyasining majlislarida oʻz soʻzlari bilan, lekin ovoz berish huquqisiz ishtirok etadilar. Bank kotibi Ijroiya komissiyasining kotibi vazifasini bajaradi, lekin ovoz berish huquqiga ega emas.
Ijroiya komissiyasi aʼzosi sifatida ishlaydigan ikki maslahatchisi rais tavsiyasiga binoan Boshqaruv Kengashi tomonidan oʻz aʼzolari orasidan (ex officio aʼzolaridan tashqari) tayinlanadi. Boshqaruv kengashi tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Rais;
- Rais oʻrinbosari;
- Olti nafar maslahatchi;
- Gʻaznachilik va moliya siyosati bosh direktori;
- Comisión Nacional Nacional del Mercado de Valores ("Qimmatli qogʻozlar bozori milliy komissiyasi") vitse-prezidenti.
Kengash majlislarida, shuningdek, Bankning bosh direktorlari va bank xodimlarining vakili (Bankning ichki qoidalari bilan belgilangan tartibda saylanadi) oʻz soʻzlari bilan, lekin ovoz berish huquqisiz ishtirok etadilar.
Iqtisodiyot va moliya vaziri yoki Secretario de Estado de Economía ("Iqtisodiyot boʻyicha Davlat kotibi" [?]) Boshqaruv kengashining vazir vakolati doirasidagi masalalar koʻrib chiqiladigan yigʻilishlarida (oʻz soʻzi bilan, ammo ovoz berish huquqisiz) ham qatnashishi mumkin. Vazir, shuningdek, kengash koʻrib chiqish uchun taklif kiritishi mumkin.
"Bank kotibi Ijroiya komissiyasining kotibi sifatida oʻz soʻzi bilan, lekin ovoz berish huquqisiz faoliyat olib boradi".
Vazifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ispaniya banki vazifalari:
- Yevrotizimning pul-kredit siyosatini belgilash va amalga oshirish, asosiy maqsad yevro hududi boʻylab narxlar barqarorligini taʼminlash.
- Yevropa Ittifoqi toʻgʻrisidagi shartnomaning 109-moddasi qoidalariga muvofiq valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish, davlatning rasmiy valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish;
- Yevro hududda toʻlov tizimlarining toʻgʻri ishlashiga koʻmaklashish;
- Qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan pul belgilarni muomalaga chiqarish;
- Yevropa Markaziy bankiga oʻtkazilmagan valyuta va qimmatbaho metallar zaxiralarini saqlash va boshqarish;
- Moliya tizimining, shuningdek, YMB funksiyalariga zarar yetkazmasdan, milliy toʻlov tizimlarining toʻgʻri ishlashi va barqarorligini taʼminlash;
- Amaldagi qoidalarga muvofiq oʻziga nazorat majburiyati yuklangan kredit tashkilotlari, boshqa subyektlar va moliya bozorlarining toʻlov qobiliyatini va muayyan qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
- Tangalarni muomalaga chiqarish va davlat nomidan bu borada unga yuklangan barcha funksiyalarni bajarish;
- Uning funksiyalari bilan bogʻliq maʼlumotlarni tayyorlash va nashr etish va statistik maʼlumotlarni yigʻishda YMBga yordam berish;
- Gʻaznachilik xizmatlarini koʻrsatish va davlat qarzi boʻyicha moliyaviy agent sifatida faoliyat yuritish;
- Hukumatga maslahat berish, kerak boʻlganda tegishli hisobotlar va tadqiqotlarni tayyorlash.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jamgʻarma banki (Ispaniya)
- Comisión Nacional del Mercado de Valores
- Money Heist, Ispaniya bankidan pul oʻgʻirlashga bagʻishlangan teleserial.
- The Vault, Ispaniya bankidagi talonchilik haqidagi film.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Weidner, Jan „The Organisation and Structure of Central Banks“ (PDF). Katalog der Deutschen Nationalbibliothek (2017).
- ↑ „Spanish Bank (website)“. 2019-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-may.
- ↑ Carlos Marichal, "Banco de San Carlos (Spain)", Encyclopedia of Latin American History and Culture, Barbara A. Tenenbaum, ed.
- ↑ Earl Hamilton, "Plans for a National Bank in Spain, 1701–1783" in Journal of Political Economy, 58, no. 3 (1949): pp. 315–336.
- ↑ Pedro Tedd, El Banco de San Carlos (1782—1829) (1988)
- ↑ „Banco de España – About us – Organisation – Organisation chart“. www.bde.es. Qaraldi: 6-mart 2019-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- (ispancha and English) Ispaniya bankining rasmiy sayti (in Spanish) (in English)
- (ispancha) Ley 13/1994, de 1 de junio, de Autonomía del Banco de España. Boe.es [Ispaniya banki mustaqilligi toʻgʻrisidagi qonun]