Italiya banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Italiya banki (Banca d’ltalia) -Italiyaning markaziy davlat banki. 1893 y.da tashkil etilgan. Mamlakat xududida 23 ta idorasi va 97 ta buli-mi, Londonda vakolatxonasi bor. 1926 y.gacha I.b. Neapol banki va Sitsiliya banki bilan hamkorlikda banknotlar emissiyasini amalga oshirgan, 1926 y.dan banknotlar chiqarish boʻyicha mo-nopol huquqga ega boʻlgan. 1936 y.dan "Banklar banki", yaʼni faqat banklar va davlat moliya intlarini kreditlaydi. Bank xuzurida mamlakatdagi tijo-rat banklari faoliyatini nazorat qiladigan kreditlar va omonatlar boʻyicha Vazirliklararo qoʻmita tashkil etilgan. Tijorat banklari 1947 y.dan boshlab oʻz rezervlarini depozitlar yoki davlat qimmatli qogʻozlari koʻrinishida I.b.da saklashlari shart edi. Bu depozitlar asosida I.b. xazina veksellari chiqarib kelgan. 1998 y. 1 iyundan Yevropa Markaziy banki tizimiga kiradi. 1999 y.dan yevro muomalaga kirishi bilan uning barqarorligini saklash, Italiya xududida pul siyosatini tartibga solish vazifalarini bajaradi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil