Tonna (oʻlchov birligi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tonna (lot. tunna, frans. tonne — bochka) — 1) massaning tizimga kirmagan oʻlchov birligi. Haqiqatan qam kattaroq bochkaning sigʻimi 1 m3 atrofida boʻlsa, unga taxminan 1 t suv sigʻadi. 4°da 1 m3 hajmdagi suvning massasi 1 t ga teng. T.ning 1000 kg ga teng metrik T.; 1016,05 kg ga teng britaniya uzun T.si; 907,18 kg ga teng britaniya qisqa T.si xillari mavjud; 2) yuk joylashtiriladigan binoning hajm oʻlchovi (kemachilikda). 2,83 m3ga moye keluvchi T. Buni reyestr T. deyiladi; 3) trinitrotoluolning yadroviy ekvivalenta; 4,2109 J ga teng; 4) Germaniyada yuza oʻlchov birliklaridan biri. 1 T.q0,5466 ga q5466 m2. TONUS (yun. tonos — taranglik) (f i ziologiyada) — nerv markazlari, muskul toʻqimalari va arteriolalar devoridagi muskul tolalarining toliqmay, uzoq vaqt qoʻzgʻalgan holatda boʻlishi. Nerv markazlari T. ida bosh va orqa miya qismlaridan efferent nervlar orqali impulslar uzluksiz yuborilib, organ va toʻqimalarni maʼlum funksional holatda anchagacha saqlaydi. Muskullar T.ida uzoq vaqt taranglashadi yoki qisqaradi, bunda tananing muvozanati, skelet muskullari tonusi, qovuq, bachadon va hazm aʼzolari boʻshliqlarining bosimi hamda qon bosimi (silliq muskullar tonusi) maʼlum darajada saqlanadi. Kontraktil va plastik T. bor. Kontrakt il T.da muskullar, ayniqsa, skelet muskullari keskin taranglashadi, moddalar almashinuvi kuchayadi, energiya sarflanishi ortadi. Plastik T.da muskullar kucheiz taranglashadi va bu holat uzok, davom etishi mumkin. Moddalar almashinuvining tezligi keskin oʻzgarmaydi, koʻp energiya sarf boʻlmaydi, Muskullar T.ini boshqarishda uzunchoq miyaning retikulyar formatsiyasi, vestibulyar yadrolari, miyacha hamda gumoral omillardan adrenalin, karbonat angidrid katta rol oʻynaydi.