Avstriya Milliy banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avstriya Milliy banki (Osterreichishe National bank) – Av-striyaning markaziy davlat banki. Kat-ta shaharlarda boʻlimlari va 7 filiali bor. Bosh idorasi Venada. 1922-yilda Av-striya-Vengriya banki negizida tashkil etilgan. Aktivlari summasi 223,2 mlrd. avstriya shillingi (18,6 mlrd. AQSH dollari) (1989). Pul muomalasi va kreditni tartibga solish uchun Avstriya milliy bankib. ga tijorat banklariga ssudalar berish, hisobot va operatsiyalar boʻyicha foiz stavkalarini belgilash va oʻzgartirish, shuningdek qimmatbaho qogʻozlar bilan ochiq bozorda operatsiyalar oʻtkazish huquqi berilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil