Kontent qismiga oʻtish

Yevropa markaziy banki

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yevropa Markaziy Banki
Turi Markaziy Bank
Qachon asos solingan 1998 (28 yil avval) (1998)
Rahbariyat Kristin Lagard

Yevropa markaziy banki (YeMB) — Yevropa valyuta ittifoqining asosiy muassasasi. Yevropa Ittifoqi qaroriga koʻra 1998-yil 1-iyunda tashkil etilgan. Boshqaruvi Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida joylashgan. Asosiy vazifasi yagona valyuta — yevroni muomalaga kiritgan Yevropa valyuta ittifoqiga aʼzo mamlakatlar pul siyosatini amalga oshirishdan iborat. Yevropa markaziy banki tizimi ikki bosqichli boʻlib, yuqori bosqichda Yevropa markaziy banki va quyi bosqichda Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyatiga aʼzo mamlakatlarning milliy Markaziy banklari turadi. Bu Markaziy banklar ayni paytda Yevropa markaziy banki bilan birga Yevropa Markaziy banklari tizimini hosil qiladi. Yevropa markaziy banki va milliy Markaziy banklar boshqa har qanday Yevropa yoki milliy organlarning koʻrsatmalaridan foydalanmaydi yoki ularga amal qilmaydi. Bank barcha hisob-kitoblarni yevroda olib boradi va uning barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi. 1999-yil 1-yanvardan boshlab pul siyosatini tartibga solish Yevropa markaziy banki boshqaruvchilari Kengashining mutlaqi vakolatiga kiradi. Milliy Markaziy banklar boshqaruvchilari Kengash aʼzolari hisoblanadi[1].

YMB boshqruv organlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevropa Markaziy bankining boshqaruv organlari Boshqaruv kengashi (Executive Board) va Boshqaruvchilar kengashidan (Govering Council) iborat boʻlib, unga direksiya aʼzolari va yevro hududi mamlakatlarining milliy markaziy banklari boshqaruvchilari kiradi. Muassasani 8 yil muddatga saylanadigan Yevropa Markaziy banki raisi boshqaradi.

Hozirgi vaqtda boshqaruv tarkibiga olti kishi, jumladan, Yevropa Markaziy banki raisi va uning oʻrinbosari kiradi. Nomzodlar Boshqaruvchilar kengashi tomonidan taklif etiladi, Yevropa parlamenti va yevrohududga aʼzo davlatlar rahbarlari tomonidan maʼqullanadi.

Kristin Lagard (Christine Madeleine Odette Lagarde) Yevropa Markaziy banki prezidenti.

Vitor Konstansio (Vítor Constâncio), vitse-prezident;

Piter Prayt (Peter Praet), boshqaruv aʼzosi;

•Sabina Lautenschläger (Sabine Lautenschläger), boshqaruv aʼzosi;

Iv Mersch (Yves Mersch), boshqaruv aʼzosi;

Benua Kere (Benoît Cœuré), boshqaruv aʼzosi[2].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Perechen chlenov Pravleniya s biografiyami na ofitsialnom sayte YeTsB Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (3-may 2014-yil).