Hotamjon Ketmonov
Ketmonov Hotamjon Abdurahmonovich | |
---|---|
Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi raisi | |
Mansab davri 2014-yil – 2019-yillar | |
Oʻtmishdoshi | Akmal Saidov |
Vorisi | Ulugʻbek Inoyatov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
22-may 1969-yil Oʻzbekiston, Andijon |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi |
Mukofotlari |
Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov (rasmiy manbada — Ketmonov Xatamjon Abduraxmonovich; 1969-yil 22-may, Andijon, OʻzSSR) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, 2015 va 2016-yildagi prezidentlik saylovlarida OʻzXDPdan koʻrsatilgan nomzod.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hotamjon Ketmonov 1969-yilda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tavallud topgan.
1993-yilda Andijon davlat pedagogika institutini rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hotamjon Ketmonov mehnat faoliyatini Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi 28-maktabda o‘qituvchi sifatida boshlagan. 1995-yildan 2004-yilga qadar Farg‘ona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, boshliq o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2004—2013-yillarda Andijon viloyati hokimining jamoatchilik va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2013-yildan hozirgi kungacha — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi.
2014-yil 21-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra Ketmonov 11-son Bo‘z saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. 2015-yil yanvar oyidan buyon O‘zXDP rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari.
2016-yil 17-sentabr kuni — O‘zXDP Markaziy Kengashi tomonidan 2016-yil 4-dekabrda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari Prezident saylovida O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi. 2015-yilgi prezidentlik saylovlarida OʻzXDP nomidan nomzodligi koʻrsatilgan[1].
2019-yilda — hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Joriy yilning 1-iyun kuni Ketmonov boshqa ishga o‘tganligi bois, o‘z xohishiga muvofiq OʻzXDP yetakchiligidan ozod etilishini so‘rab, ariza bilan Plenum aʼzolariga murojaat etgan va uning arizasi koʻrib chiqilgan holda partiya yetakchiligidan ozod etilgan[2]. Ketmonovning ushbu lavozimdan ketishi munosabati bilan Plenumda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari, joylardagi partiya vakillarining takliflariga asosan, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi vazifasiga Inoyatov Ulugʻbek Ilyasovichning nomzodi tavsiya etilgan. Plenum aʼzolari tomonidan bir ovozdan Inoyatov Ulugʻbek Ilyasovichning nomzodi qoʻllab-quvvatlanilgan va Inoyatov Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi etib saylangan[3].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hotamjon Ketmonov mehnat faoliyati davomida „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi“ ko‘krak nishoni (2006), „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi“ ko‘krak nishoni (2011), "Mehnat shuhrati" ordeni (2018) kabi mukofotlar bilan taqdirlangan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Xatamjon Ketmonov vidvinut kandidatom v prezidenti[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Hotamjon Ketmonov yangi lavozimga tasdiqlandi“.
- ↑ „Hotamjon Ketmonov nega isteʼfoga chiqqani maʼlum boʻldi. Partiya rasmiy bayonot berdi“. 2023-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
- ↑ „О награждении в связи с двадцатисемилетием независимости Республики Узбекистан группы государственных служащих и работников производственной и социально-экономической сфер“. УзА (2018-yil 29-avgust). 2018-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.