Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston prezidentlik saylovi (2016)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
 2015   Oʻzbekiston  2021 
Oʻzbekiston prezidentlik saylovi
Oʻzbekiston prezidenti
2016-yil 4-dekabr
Tip Prezidentlik
Davr 2016—2021

Saylov demografiyasi
Ro‘yxatga olinganlarlar 20 461 805
Saylovchilar 17 951 667
Qatnashdi
 
87.73 %

Natijalar
Shavkat Mirziyoyev OʻzLiDeP
Ovozlar 15 906 724  
 
88.61 %
Hotamjon Ketmonov XDP
Ovozlar 669 187  
 
3.73 %
Narimon Umarov „Adolat“ SDP
Ovozlar 619 972  
 
3.46 %
Sarvar Otamuratov MTDP
Ovozlar 421 055  
 
2.35 %


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Saylovgacha
1. Islom Karimov (prezidentlik vaqtida vafot etgan)
2. Nigʻmatilla Yoʻldoshev (2016-yil 2–8-sentyabr; Islom Karimov vafotidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi sifatida oʻz-oʻzidan prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimini qabul qilgan, 6 kundan soʻng bu lavozimni Shavkat Mirziyoyevga topshirgan)
3. Shavkat Mirziyoyev (2016-yil 8-sentyabrdan prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi)

https://saylov.uz/oz/elections-and-referendums/page/1

Oʻzbekiston Prezidenti saylovi — 2016-yilning 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari[1].

2016-yil 2-sentyabr kuni amaldagi Prezident Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Prezident saylovi kunini belgiladi. Saylovoldi kampaniyasiga 9-sentyabrdan ruxsat berildi[2]. Siyosiy partiyalar tomonidan prezidentlikka nomzodlar 30-sentyabrdan 20-oktabrgacha taqdim etildi[3][2]. Dastlabki natijalarga koʻra, Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev gʻolib boʻldi.

2016-yil 5-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini eʼlon qildi[4].

NomzodOvozlar%
Shavkat Mirziyoyev15,906,72488,61
Hotamjon Ketmonov669,1873,73
Narimon Umarov619,9723,46
Sarvar Otamuratov421,0552,35
Yaroqli ovozlar17,616,93898,45
Yaroqsiz ovozlar334,7291,85
Umumiy (87,73 %)17,951,667100
ManbaGazeta.uz-
  1. Vibori Prezidenta proydut 4-dekabrya — Gazeta.uz
  2. 1 2 Uzbekistan: TsIK naznachil datu viborov prezidenta i obʼyavil o nachale izbiratelnoy kampanii
  3. Aktualnie temi, 2016-11-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-11-13
  4. Gazeta.uz