Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi (Oʻzbekiston XDP) — Oʻzbekistonddgi siyosiy partiyalardan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1991 yil 15 noyabrda roʻixatga olingan. 2005 yil iyulda partiyaning yangi Dasturi, 2004 yil noyabrda yangi tahrirdagi Ustavi tasdiqlandi. Oʻzbekiston XDP har bir oila, mehnat kishisining millati, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy ahvoli va kelib chiqishidan qatʼi nazar, moddiy va maʼnaviy farovon hayot kechirishi uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va insoniy erkinliklarini kafolatlash, shaʼni, qadrqimmati, tinchligini taʼminlashni oʻz vazifasi deb biladi. Partiya mamlakatimiz aholisining ijtimoiy muhofazaga muhtoj tabaqalari manfaatlarini ifoda etadi va himoya qiladi. Oʻzbekiston XDPning oliy organi — 5 yilda 1 marta chaqiriladigan qurultoy. Unda partiya Markaziy kengashi va Markaziy taftish komissiyasi saylanadi. Markaziy kengash plenumida MK birinchi kotibi va kotiblari (yangi tahrirdagi Ustavga muvofiq, MK raisi va rais oʻrinbosarlari) hamda joriy ishlarga rahbarlik qiluvchi Siyosiy ijroiya qoʻmita saylanadi. Oʻzbekiston XDP Markaziy kengashi 1kotiblari: M.Rasulov (199194), A.Jalolov (19942004); Markaziy Kengash raislari: A. Rustamov (20042005), L.Gʻulomov (2005 yil iyuldan). Oʻzbekiston XDP tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 ta viloyat, Toshkent shahri, 171 ta tuman va 29 shahar kengashlari, 13730 ta boshlangʻich tashkilot mavjud. Partiyaning 585196 nafar aʼzosi bor (2005 yil 1 yanvar). Oʻzbekiston XDP faoliyatining asosiy yoʻnalishi parlamentchilik ishidir. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida uning 27 nafar deputatni birlashtiruvchi fraksiyasi mavjud. Fraksiya 2005 yil 14 fevraldagi yigʻilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida uchta siyosiy partiya fraksiyalaridan iborat koʻpchilikni tashkil etuvchi "Demokratik blok" tuzilganligi munosabati bilan oʻzining parlament quyi palatasidagi faoliyatini muxolifatdagi parlament ozchiligi sifatida amalga oshirishini eʼlon qildi. Oʻzbekiston XDPning markaziy nashrlari: "Oʻzbekiston ovozi" va "Golos Uzbekistana" gazlari, "Muloqot" jur.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil