Kontent qismiga oʻtish

Hofiz Koʻhakiy majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hofiz Koʻhakiy majmuasi — Toshkentning Sagʻbon koʻchasidagi meʼmoriy yodgorlik (XVI asr). Hofiz Koʻha-kiy mablagʻiga uning rahbarligida qurilgan. Qadimda bu majmua salo-batli va jozibador ilm maskani boʻlgan. Allomaning oʻzi madrasada ilmi toliblarga, mahalla yoshlariga dars bergan. Binoning meʼmoriy yechimi, tashqi koʻrinishi, qurilish xom ashyolari uning XVI asrga mansubligini koʻrsatadi.

Majmua toʻgʻri toʻrtburchak tarhli, bosh tarzi peshtoqli, 1 qavatli; yozgi masjid, madrasa, darvozaxona orqali ichkari (keng hovli)ga kiriladi. Keng hovli oʻrtasida hovuz boʻlib, atrofi chinorlar ekib soʻlim maskanga aylantirilgan. Gʻarbiy qismida mezanali baland minora, shifti anʼanaviy naqshlar bilan bezatilgan koʻp ustunli ayvon (yozgi mas-jid), koʻp gumbazli xonaqoh (qishki masjid), ravoqli qator hujralar boʻlgan.

Majmuadan yozgi masjid, xonaqohning teng yarmi, hovlining bir qis-mi, bir nechta hujragina saqlanib qolgan.