Kontent qismiga oʻtish

Hans Christian Andersen mukofoti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hans Christian Andersen mukofoti
Taqdirlash asosi Bolalar adabiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun
Taqdim etuvchi International Board on Books for Young People
Holati Topshiriladi
Birinchi bor taqdirlanish 1956 (70 yil avval) (1956) – yozuvchilar uchun
1966 (60 yil avval) (1966) – illyustratorlar uchun

Hans Christian Andersen mukofoti – International Board on Books for Young People (IBBY) tomonidan „bolalar adabiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun“ bitta muallif va bitta illyustratorning har biriga alohida topshiriladigan adabiy mukofot hisoblanadi[1]. Yozuvchiga beriladigan mukofot ilk bor 1956-yilda, illyustratsiya mukofoti esa 1966-yilda oʻz egasiga topshirilgan. Ushbu mukofotni koʻp hollarda „kichik Nobel“ deb atashadi.

Har ikki mukofot XIX asrda yashab ijod qilgan daniyalik yozuvchi Hans Christian Andersen sharafiga nomlangan va har bir gʻolib Hans Christian Andersen medali va diplom bilan taqdirlanadi. Medallar ikki yilda bir marotaba oʻtkaziladigan IBBY kongressida topshiriladi.

The International Board on Books for Young People (IBBY) 1950-yilda Jella Lepman tomonidan tashkil etilgan[2]. Hans Christian Andersen mukofotini joriy qilish 1953-yilda taklif qilingan va uch yildan soʻng, 1956-yilda ilk marotaba ushbu mukofot oʻz egasiga topshirilgan[3]. Mukofot Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda bolalar adabiyotiga oid sifatli kitoblar sonini koʻpaytirish va yozuvchilarni ragʻbatlantirish uchun joriy etilgan. Mukofot ikki yilda bir marotaba berilishi belgilangan va dastlab oldingi ikki yil davomida nashr etilgan asarlar uchun topshirilgan[4]. 1962-yilda mukofot egasini aniqlash mezonlari oʻzgargan. Unga koʻra, mukofot oʻz asarlarining qiymati bilan bolalar adabiyotiga doimiy hissa qoʻshib kelgan tirik muallifga berilishi koʻzda tutilgan. Muallifning toʻliq asarlari, xususan, badiiy asarlari ham mukofot topshirishda inobatga olinadi[5].

Hakamlar hayʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu mukofot gʻoliblari IBBY ijroiya qoʻmitasi tomonidan tuzilgan hakamlar hayʼati tomonidan tanlanadi. Hakamlar hayʼati prezidenti IBBY bosh assambleyasi tomonidan saylanadi. Dastlab hakamlar soni 7 tani tashkil qilgan boʻlsa[5], 2000-yilda ular soni 10 taga yetgan. 2002-yilda hakamlar hayʼatida boʻlinish yuz bergan, yaʼni, 5 kishi asarlarga va qolgan 5 kishi illyustratsiyalarga javobgar qilib qoʻyilgan. Hakamlar hayʼati aʼzolari bolalar adabiyoti yoʻnalishida yetarli malakaga ega boʻlishi va turli xil guruhlarni ifodalashi kerak. Nomzodlarni koʻrib chiqish va gʻolibni aniqlash uchun odatda 6 oy muddat kerak boʻladi[6].

Jella Lepman 1956–1960-yillar davomida hakamlar hayʼati raisi sifatida faoliyat olib borgan va vafotiga qadar (1970-yil) IBBY prezidenti lavozimida, keyin esa uning faxriy prezidenti sifatida hakamlar hayʼati safiga kiritilgan. Prezidentlar safida Virginia Halivand (1970-1974), Patricia Crampton (1982-1986) va Ana Maria Machado (1986–1990) kabi taniqli insonlar ham ishlagan[7].


Asar uchun beriladigan mukofot sohiblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eleanor Farjeon – 1956-yilgi ilk mukofot sohibasi
1970-yilgi mukofot sohibi – Gianni Rodari
2020-yilgi mukofot sohibasi – Jacqueline Woodson
Asar uchun beriladigan mukofot sohiblari[8]
Yili Gʻolib Mamlakat Mukofot
1956 Eleanor Farjeon (The Little Bookroom asari uchun)[4] Birlashgan Qirollik Buyuk BritaniyaGʻolib
1958 Astrid Lindgren (Rasmus på luffen asari uchun)[4] Shvetsiya ShvetsiyaGʻolib
1960 Erich Kästner (Als ich ein kleiner Junge war asari uchun)[4] Gʻarbiy Germaniya GFRGʻolib
1962 Meindert DeJong Amerika Qoʻshma Shtatlari AQShGʻolib
1964 René Guillot Fransiya FransiyaGʻolib
1966 Tove Jansson Finlandiya FinlandiyaGʻolib
Karl Bruckner Avstriya AvstriyaMaxsus eʼtirof
Gianni Rodari Italiya ItaliyaMaxsus eʼtirof
José María Sánchez-Silva Ispaniya IspaniyaMaxsus eʼtirof
1968 James Krüss Gʻarbiy Germaniya GFRGʻolib
José María Sánchez-Silva Ispaniya IspaniyaGʻolib
Gianni Rodari Italiya ItaliyaMaxsus eʼtirof
Elizabeth Coatsworth Amerika Qoʻshma Shtatlari AQShMaxsus eʼtirof
1970 Gianni Rodari Italiya ItaliyaGʻolib
Ana María Matute Ispaniya IspaniyaMaxsus eʼtirof
E. B. White Amerika Qoʻshma Shtatlari AQShMaxsus eʼtirof
Ela Peroci Yugoslaviya YugoslaviyaMaxsus eʼtirof
1972 Scott O'Dell Amerika Qoʻshma Shtatlari AQShGʻolib
Colette Vivier Fransiya FransiyaMaxsus eʼtirof
Otfried Preussler Gʻarbiy Germaniya GFRMaxsus eʼtirof
Ana María Matute Ispaniya IspaniyaMaxsus eʼtirof
Maria Gripe Shvetsiya ShvetsiyaMaxsus eʼtirof
Sergei Mikhalkov Sovet Ittifoqi SSSRMaxsus eʼtirof
Siny van Iterson Niderlandiya Niderlandiya
1974 Maria Gripe Shvetsiya ShvetsiyaGʻolib
Cecil Bødker Daniya DaniyaMaxsus eʼtirof
Colette Vivier Fransiya FransiyaMaxsus eʼtirof
Rosemary Sutcliff Birlashgan Qirollik Buyuk BritaniyaMaxsus eʼtirof
1976 Cecil Bødker Daniya DaniyaGʻolib
Agnija Barto Sovet Ittifoqi SSSRMaxsus eʼtirof
E. B. White Amerika Qoʻshma Shtatlari AQShMaxsus eʼtirof
1978 Paula Fox Amerika Qoʻshma Shtatlari AQShGʻolib
Alan Garner Birlashgan Qirollik Buyuk BritaniyaMaxsus eʼtirof
1980 Bohumil Říha Chexoslovakiya ChexoslovakiyaGʻolib
Lygia Bojunga Nunes Braziliya BraziliyaMaxsus eʼtirof
Harry Kuliman Shvetsiya ShvetsiyaMaxsus eʼtirof
1982 Lygia Bojunga Nunes Braziliya BraziliyaGʻolib
1984 Christine Nöstlinger  AvstriyaGʻolib
Patricia Wrightson  AvstraliyaMaxsus eʼtirof
1986 Patricia Wrightson  AvstraliyaGʻolib
1988 Annie M. G. Schmidt  NiderlandiyaGʻolib
Claude Roy  FransiyaMaxsus eʼtirof
1990 Tormod Haugen  NorvegiyaGʻolib
Bjarne Reuter  DaniyaMaxsus eʼtirof
1992 Virginia Hamilton  AQShGʻolib
María Elena Walsh  ArgentinaMaxsus eʼtirof
Houshang Moradi Kermani  EronMaxsus eʼtirof
1994 Michio Mado  YaponiyaGʻolib
1996 Uri Orlev  IsroilGʻolib
1998 Katherine Paterson  AQShGʻolib
Brian Doyle  KanadaFinalist
Ruskin Bond  HindistonFinalist
Alice Vieira  PortugaliyaFinalist
Anne Fine Birlashgan Qirollik Buyuk BritaniyaFinalist
2000 Ana Maria Machado  BraziliyaGʻolib
Ulf Stark  ShvetsiyaFinalist
Peter Dickinson Birlashgan Qirollik Buyuk BritaniyaFinalist
Lois Lowry  AQShFinalist
2002 Aidan Chambers Birlashgan Qirollik Buyuk BritaniyaGʻolib
Bart Moeyaert  BelgiyaFinalist
Bjarne Reuter  DaniyaFinalist
2004 Martin Waddell  IrlandiyaGʻolib
Barbro Lindgren  ShvetsiyaFinalist
Bjarne Reuter  DaniyaFinalist
Joel Rufino dos Santos  BraziliyaFinalist
Jürg Schubiger Shveysariya ShveysariyaFinalist
2006 Margaret Mahy Yangi Zelandiya Yangi ZelandiyaGʻolib
Jon Ewo  NorvegiyaFinalist
Peter Härtling  GermaniyaFinalist
Philip Pullman  UK Buyuk BritaniyaFinalist
Toon Tellegen  NiderlandiyaFinalist
Eugene Trivizas  GretsiyaFinalist
2008 Jürg Schubiger Shveysariya ShveysariyaGʻolib
Bartolomeu Campos de Queirós  BraziliyaFinalist
Brian Doyle  KanadaFinalist
Guus Kuijer  NiderlandiyaFinalist
David Almond Birlashgan Qirollik Buyuk BritaniyaFinalist
2010 David Almond Birlashgan Qirollik Buyuk BritaniyaGʻolib
Ahmadreza Ahmadi  EronFinalist
Bartolomeu Campos de Queirós  BraziliyaFinalist
Lennart Hellsing  ShvetsiyaFinalist
Louis Jensen  DaniyaFinalist
2012 María Teresa Andruetto  ArgentinaGʻolib
Paul Fleischman  AQShFinalist
Bart Moeyaert  BelgiyaFinalist
Jean-Claude Mourlevat  FransiyaFinalist
Bianca Pitzorno  ItaliyaFinalist
2014 Nahoko Uehashi  YaponiyaGʻolib
Ted van Lieshout  NiderlandiyaFinalist
Houshang Moradi Kermani  EronFinalist
Mirjam Pressler  GermaniyaFinalist
Renate Welsh  AvstriyaFinalist
Jacqueline Woodson  AQShFinalist
2016 Cao Wenxuan  XitoyGʻolib
Louis Jensen  DaniyaFinalist
Ted van Lieshout  NiderlandiyaFinalist
Mirjam Pressler  GermaniyaFinalist
Lois Lowry  AQShFinalist
2018 Eiko Kadono  YaponiyaGʻolib
Marie-Aude Murail  FransiyaFinalist
Farhad Hassanzadeh  EronFinalist
Joy Cowley Yangi Zelandiya Yangi ZelandiyaFinalist
Ulf Stark  ShvetsiyaFinalist
2020 Jacqueline Woodson  AQShGʻolib
María Cristina Ramos  ArgentinaFinalist
Bart Moeyaert  BelgiyaFinalist
Marie-Aude Murail  FransiyaFinalist
Farhad Hassanzadeh  EronFinalist
Peter Svetina  SloveniyaFinalist
2022 Marie-Aude Murail[9]  Fransiya Gʻolib
María Cristina Ramos  Argentina Finalist
Fatima Sharafeddine  Livan Finalist
Peter Svetina  SloveniyaFinalist
Annika Thor  Shvetsiya Finalist
Margaret Wild  Avstraliya Finalist
2024[10] Heinz Janisch  Avstriya Gʻolib
Marina Colasanti  Braziliya Finalist
Lee Geum-yi  Janubiy Koreya Finalist
Bart Moeyaert  Belgiya Finalist
Timo Parvela  Finlandiya Finalist
Edward van de Vendel  Niderlandiya Finalist

Illyustratsiya uchun beriladigan mukofot sohiblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Farshid Mesghali – 1974-yilgi mukofot sohibi
Květa Pacovská – 1992-yilgi mukofot sohibasi
Illyustratsiya uchun beriladigan mukofot sohiblari[8]
Yil Gʻolib Mamlakat Mukofot
1966Alois Carigiet   ShveysariyaGʻolib
Jiří Trnka  ChexoslovakiyaMaxsus eʼtirof
Brian Wildsmith Birlashgan Qirollik Buyuk BritaniyaMaxsus eʼtirof
1968Jiří Trnka  ChexoslovakiyaGʻolib
Ib Spang Olsen  DaniyaMaxsus eʼtirof
Brian Wildsmith Birlashgan Qirollik Buyuk BritaniyaMaxsus eʼtirof
Roger Duvoisin  AQShMaxsus eʼtirof
1970Maurice Sendak  AQShGʻolib
Ib Spang Olsen  DaniyaMaxsus eʼtirof
Ota Daihachi  YaponiyaMaxsus eʼtirof
Lidja Osterc  YugoslaviyaMaxsus eʼtirof
1972Ib Spang Olsen  DaniyaGʻolib
Elizabeth Cleaver  KanadaMaxsus eʼtirof
Adolf Zábranský  ChexoslovakiyaMaxsus eʼtirof
Janosch Gʻarbiy Germaniya GFRMaxsus eʼtirof
Petros Zambellis  GretsiyaMaxsus eʼtirof
Björn Berg  ShvetsiyaMaxsus eʼtirof
Felix Hoffmann   ShveysariyaMaxsus eʼtirof
1974Farshid Mesghali EronGʻolib
Helga Aichinger  AvstriyaMaxsus eʼtirof
Nicole Claveloux  FransiyaMaxsus eʼtirof
Charles Keeping Birlashgan Qirollik Buyuk BritaniyaMaxsus eʼtirof
1976Tatjana Mawrina  SSSRGʻolib
Ľudovít Fulla  ChexoslovakiyaMaxsus eʼtirof
Svend Otto S.  DaniyaMaxsus eʼtirof
1978Svend Otto S.  DaniyaGʻolib
Leo & Diane Dillon  AQShMaxsus eʼtirof
1980Suekichi Akaba  YaponiyaGʻolib
Tomi Ungerer  FransiyaMaxsus eʼtirof
Etienne Delessert   ShveysariyaMaxsus eʼtirof
1982Zbigniew Rychlicki  PolshaGʻolib
1984Mitsumasa Anno  YaponiyaGʻolib
Helme Heine Gʻarbiy Germaniya GFRMaxsus eʼtirof
Raymond Briggs Birlashgan Qirollik Buyuk BritaniyaMaxsus eʼtirof
1986Robert Ingpen  AvstraliyaGʻolib
Adolf Born  ChexoslovakiyaMaxsus eʼtirof
1988Dušan Kállay  ChexoslovakiyaGʻolib
Yasuo Segawa  YaponiyaMaxsus eʼtirof
1990Lisbeth Zwerger  AvstriyaGʻolib
1992Květa Pacovská  ChexoslovakiyaGʻolib
1994Jörg Müller   ShveysariyaGʻolib
1996Klaus Ensikat  GermaniyaGʻolib
1998Tomi Ungerer  FransiyaGʻolib
Binette Schroeder  GermaniyaFinalist
Dick Bruna  NiderlandiyaFinalist
Stasys Eidrigevičius  PolshaFinalist
2000Anthony Browne Birlashgan Qirollik Buyuk BritaniyaGʻolib
Rotraut Susanne Berner  GermaniyaFinalist
Boris Diodorov  RossiyaFinalist
Maria Lucija Stupica  SloveniyaFinalist
2002Quentin Blake Birlashgan Qirollik Buyuk BritaniyaGʻolib
Grégoire Solotareff  FransiyaFinalist
Rotraut Susanne Berner  GermaniyaFinalist
Daihachi Ohta  YaponiyaFinalist
2004Max Velthuijs  NiderlandiyaGʻolib
Rotraut Susanne Berner  GermaniyaFinalist
Roberto Innocenti  ItaliyaFinalist
Javier Serrano  IspaniyaFinalist
Grégoire Solotareff  FransiyaFinalist
2006Wolf Erlbruch  GermaniyaGʻolib
Lilian Brøgger  DaniyaFinalist
Etienne Delessert   ShveysariyaFinalist
Isol Misenta  ArgentinaFinalist
Grégoire Solotareff  FransiyaFinalist
Klaas Verplancke  BelgiyaFinalist
2008Roberto Innocenti  ItaliyaGʻolib
Isol Misenta  ArgentinaFinalist
Svjetlan Junaković  XorvatiyaFinalist
Adolf Born  ChexiyaFinalist
David Wiesner  AQShFinalist
2010Jutta Bauer  GermaniyaGʻolib
Carll Cneut  BelgiyaFinalist
Etienne Delessert   ShveysariyaFinalist
Svjetlan Junaković  XorvatiyaFinalist
Roger Mello  BraziliyaFinalist
2012Peter Sís  ChexiyaGʻolib
John Burningham Birlashgan Qirollik Buyuk BritaniyaFinalist
Roger Mello  BraziliyaFinalist
Mohammad Ali Beniasadi  EronFinalist
Javier Zabala  IspaniyaFinalist
2014Roger Mello  BraziliyaGʻolib
Rotraut Susanne Berner  GermaniyaFinalist
John Burningham Birlashgan Qirollik Buyuk BritaniyaFinalist
Eva Lindström  ShvetsiyaFinalist
François Place  FransiyaFinalist
Øyvind Torseter  NorvegiyaFinalist
2016Rotraut Susanne Berner  GermaniyaGʻolib
Alessandro Sanna  ItaliyaFinalist
Suzy Lee  Janubiy KoreyaFinalist
Marit Törnqvist  NiderlandiyaFinalist
Pejman Rahimizadeh  EronFinalist
2018Igor Oleynikov  RossiyaGʻolib
Pablo Bernasconi  ArgentinaFinalist
Linda Wolfsgruber  AvstriyaFinalist
Xiong Liang  XitoyFinalist
Iwona Chmielewska  PolshaFinalist
Albertine Zullo   ShveysariyaFinalist
2020Albertine Zullo   ShveysariyaGʻolib
Isabelle Arsenault  KanadaFinalist
Seizo Tashima  YaponiyaFinalist
Sylvia Weve  NiderlandiyaFinalist
Iwona Chmielewska  PolshaFinalist
Elena Odriozola  IspaniyaFinalist
2022 Suzy Lee[11]  Janubiy Koreya Gʻolib
Beatrice Alemagna  Italiya Finalist
Ryoji Arai  Yaponiya Finalist
Iwona Chmielewska  Polsha Finalist
Gusti  Argentina Finalist
Sydney Smith  Kanada Finalist
2024[10] Sydney Smith  Kanada Gʻolib
Cai Gao  Xitoy Finalist
Iwona Chmielewska  Polsha Finalist
Nelson Cruz  Braziliya Finalist
Elena Odriozola  Ispaniya Finalist
Paloma Valdivia  Chili Finalist

Mamlakatlar boʻyicha gʻoliblar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻoliblarning aksariyat qismi Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari fuqarolaridir. Ushbu mintaqalardan tashqari mamlakatdan boʻlgan ilk gʻolib 1974-yilda eronlik Farshid Mesghali boʻlgan[12]. Mukofotga sazovor boʻlish muallif va illyustratorlar uchun butun dunyoga tanilish va asarlari keng miqyosda sotilishi uchun debocha hisoblanadi[13]. 2021-yil holatiga koʻra, 25 mamlakat fuqarolari ushbu mukofotga loyiq topilgan. Ular orasida amerikaliklar eng koʻp hisoblanadi. Nemislar toʻrt bora illyustratsiya yoʻnalishida mukofotga loyiq koʻrilgan.

Mamlakat Illyustratsiya uchun Asar uchun Umumiy
 AQSh 1 6 7
 Germaniya 4 2 6
 Yaponiya 2 3 5
Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya 2 3 5
 Chexoslovakiya 3 1 4
  Shveysariya 3 1 4
 Braziliya 1 2 3
 Daniya 2 1 3
 Fransiya 1 2 3
 Avstriya 1 2 3
 Avstraliya 1 1 2
 Italiya 1 1 2
 Niderlandiya 1 1 2
 Shvetsiya 2 2
 Argentina 1 1
 Kanada 1 1
 Xitoy 1 1
 Chexiya 1 1
 Finlandiya 1 1
 Isroil 1 1
 Eron 1 1
 Irlandiya 1 1
 Janubiy Koreya 1 1
 Yangi Zelandiya 1 1
 Norvegiya 1 1
 Ispaniya 1 1
 Polsha 1 1
 Rossiya 1 1
 SSSR 1 1
  1. „Hans Christian Andersen Awards“.
  2. Glistrup 2002, s. 14.
  3. Ellis 1973, s. 20.
  4. 1 2 3 4 Glistrup 2002, s. 15.
  5. 1 2 Glistrup 2002, s. 16.
  6. Glistrup 2002, s. 17.
  7. „Hans Christian Award jury members“. Glistrup, ed., pp. 119–24. Retrieved 12 July 2013.
  8. 1 2 „Hans Christian Andersen Award“. International Board on Books for Young People. Qaraldi: 2024-yil 9-aprel.
  9. „Murail, Lee win 2022 Hans Christian Andersen Award“ (en-AU). Books+Publishing (2022-yil 22-mart). Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
  10. 1 2 Kantor, Emma „Bologna 2024: Heinz Janisch and Sydney Smith Win 2024 Hans Christian Andersen Awards“ (en-US). Publishers Weekly (2024-yil 9-aprel). Qaraldi: 2024-yil 9-aprel.
  11. „Murail, Lee win 2022 Hans Christian Andersen Award“ (en-AU). Books+Publishing (2022-yil 22-mart). Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
  12. Glistrup 2002, s. 19.
  13. Glistrup 2002, s. 20.