Hans Christian Andersen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hans Christian Andersen (1805.2.4, Odens — 1875.4.8, Ko-pengagen) — Daniya yozuvchisi, mashhur ertaknavis. Etikdoʻz oilasida tugʻilgan. „Improvizator“ (1835) romanida quyi tabaqadan chiqqan xayolparast shoir va jamiyat ziddiyati tasvirlanadi. A.ning „Qoʻrgʻoshin soldatcha“ (1838), „Bulbul“ (1843), „Irkit oʻrdakcha“ (1843), „Qirolicha“ (1844), „Ona“ (1848) kabi ma-shhur ertaklari va „Suratsiz surat kitobi“ (1840) shu davrda yaratilgan. A. „Mulat“ (1840) pesasini, „Shoir bo-zori“ (1842) yoʻl xotiralarini ham yoz-gan. „Ikki baronessa“ (1849) romanida tabaqalashtirishga asoslangan jamiyatni tanqid qiladi. A.ning juda koʻp ertaklari („Irkit oʻrdakcha“, „Qirolicha“ va boshqalar) oʻzbek tili ga tarjima qilingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil