Illyustratsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Illyustratsiya (lot. illustratio — yoritish, koʻrgazmali tasvirlash) — tasviriy sanʼatning adabiy asar (kitob, jur., gaz.) ning obrazli talqini bilan bogʻliq sohasi. Matnga qoʻshimcha tarzda uning mazmunini obrazli yoritishga, toʻldirishga xizmat qiladi. Ilk qoʻlyozma kitoblar paydo boʻlgan davrlarda yuzaga kelgan. Dastlab qoʻlyozmalar mi-niatyuralar bilan bezatilgan, kitob nashr etish va ksilografiyaning yuzaga kelishi I. ni grafshapshnt yetakchi sohasiga aylantirdi. Xitoyda 6—7-asr larda dastlabki ksilografiyaga oid I., 16-asr oxirida rangli gravyura yuzaga kelgan. Yaponiyada kitob grafikasi 17-asr boshlarida paydo boʻlgan, gullab yashnagan davri 18— 19-asr boshlariga toʻgʻri keladi. Yevropada (15-asr) I. miniatyura sanʼati bilan uzviy bogʻliq boʻlgan, diniy, didaktik, keyinchalik insonparvar gʻoyalarni tarqatuvchi vositaga aylangan. 16-asr oxiriga kelib I. mustaqil kompozitsiya ga aylandi, alohida varaqqa ishlanib, matnga yopishtirilgan. 18-asr da I. bilan kitobning aloqasi mustahkamlandi, rang-barangligi ortdi, usul va uslublari kengaydi, turkum bezaklar yaratish qoidalari rivojlandi. 18—19-asr lar chegarasida tasviriy vosita — koʻndalang , kesmali gravyura va litografiya yuzaga keldi; 19-asr uchun tugallangan I. — alohida varaqlardagi kompozitsiyalar hamda matndagi yengil chizgilar xos boʻldi. 20-asr ga kelib rassomlar bir adabiy matnga turlicha yondoshib, uni turlicha talqin eta boshladilar.

20-asr 20-y. laridan I. gʻoyaviy va estetik tarbiya vositalaridan biri sifatida muhim rol oʻynadi, texnik imkoniyatlari kengaydi; ksilografiya, rasm taraqqiy etdi, fotomontaj yuzaga keldi, plakatchilik xususiyatlari na-moyon boʻldi, kitob va I. birligi kuchaydi, bolalar kitobi I. si rivojlandi. Koʻpvaraqli turkumlarni yaratilishi I. ni dastgohli grafika bilan yaqinlashtirdi.

Sharqda, jumladan oʻzbek sanʼatida I. ishlash qadimdan mavjud boʻlgan. Oʻrta ayerlarda klassik shoirlarning asarlariga I. ishlash keng tarqalgan. Ka-moliddin Behzod, Mahmud Muzahhib, Murod Samarqandiy va b. mohir rassomlar shu sohada samarali ijod qilib, Alisher Navoiy, Bobur va b. klassik shoirlarning asarlarini nafis miniatyuralar bilan bezagan. Biroq oʻzbek I. sining haqiqiy rivoji 20-asr ga toʻgʻri keladi. Bu davrda oʻzbek I. si uslub va usul jihatidan boyidi, tur va janrlari kengaydi. Us to Moʻmin (A. Nikolayev), ʼ.Kaydalov, L. Abdullayev, V. Kedrin, Ch. Ahmarov, I. Ikromov, Q. Basharov va b. rassomlar shu sohada samarali ijod qildi. Oʻzbekistonlik rassomlar badiiy, siyosiy va bolalar adabiyoti asarlarining zamonaviy va goʻzal be-zalishiga samarali hissa qoʻshmoqda.

Ilmiynazariy matn (makala, kitob va risola) larning mazmunini obrazli yoritadigan, maʼruzalarda fikrni tasavvur qilishga yordam beradigan koʻrgazmali tasvirlar (reproduksiya, fotosuratlar, turli chizmalar) ham I. deb ataladi.

Neʼmat Abdullayev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil