Gianni Rodari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gianni Rodari

Giovanni Francesco „Gianni“ Rodari (23-oktabr 1920-yil — 14-aprel 1980-yil) — italyan yozuvchisi. Qarshilik koʻrsatish harakati qatnashchisi. Ilk „Quvnoq sheʼrlar kitobi“ (1951) toʻplami bolalar hayotiga bagʻishlangan. Yengil vaznli hajviy oʻynoqi sheʼrlari, nasriy asarlari folklor anʼanalari ruhida. „Chipollinoning boshidan kechirganlari“ (1951) ertakqissasi ayniqsa mashhur.

Asar qahramonining afsonaviy mamlakatdagi gʻaroyib sarguzashtlari fantaziya va hajv unsurlari vositasida yoritilgan. „Fantaziya grammatikasi“ (1973) kitobi muallifi. „Chipollinoning boshidan kechirganlari“ (1955), „Salom bolalar“ (1956), „Jelsomino yolgʻonchilar mamlakatida“ (1962), „Telefonda aytilgan ertak“ (1971) va boshqa asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Qoʻshimcha maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • (italyancha) Argilli, Marcello, del Cornò, Lucio, and de Luca, Carmine (eds.), Le provocazioni della fantasia. Gianni Rodari scrittore e educatore (1993).
  • (italyancha) Bini, G. (ed.), Leggere Rodari (1981).
  • (italyancha) Boero, Pino, Una storia, tante storie: guida all’opera di Gianni Rodari (1992)
  • (italyancha) Cambi, Franco, Collodi, De Amicis, Rodari : tre immagini d’infanzia. Dedalo, 1985. ISBN 8822045114  
  • (italyancha) Gianni Rodari : la letteratura per l’infanzia, a cura di Enzo Catarsi. Pisa: Edizioni del Cerro, 2002
  • Petrini, Enzo, Argilli, Marcello, and Bonardi, Carlo (eds.), Gianni Rodari Giunti-Marzocco, 1981.
  • Rodari, Gianni, The Grammar of Fantasy, trans. with intro. Jack Zipes (1996).
  • (italyancha) Se la fantasia cavalca con la ragione : prolungamenti degli itinerari suggeriti dall’opera di Gianni Rodari : convegno nel decennale della Grammatica della fantasia, organizzato da Comune e Provincia di Reggio Emilia, Regione Emilia Romagna, ARCI, Reggio Emilia, 10-12 novembre 1982 ; a cura di Carmine de Luca. Bergamo: Juvenilia, c1983
  • (italyancha) Zagni, Patrizia, Gianni Rodari. Firenze: La Nuova Italia, 1975

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]