"Golden Boy" – bu sport jurnalistlari tomonidan Yevropada oʻynagan eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan mukofot boʻlib, ular kalendar yilidagi eng yaxshi sifatlarga ega boʻlgan barcha nomzodlar 21 yoshdan kichik boʻlishi va Yevropaning eng yuqori saviyadagi ligalarida oʻynashi kerak. 2022-yilda bu mukofatni "Barselona" futbolchisi Gavi qoʻlga kiritgan. Asosiy mukofotdan tashqari, qoʻshimcha „Golden Boy Web“ mukofoti ham boʻlib u ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar tomonidan berilgan ovozga qarab aniqlanadi[1].
Birinchi marta bu mukofot Italiyaning Tuttosport sport gazetasi tomonidan 2003-yilda taʼsis etilgan. Ovoz berishda ishtirok etuvchi gazetalar qatoriga Bild (Germaniya), Blick (Shveytsariya), A Bola (Portugaliya), l'Équipe (Fransiya), France Football (Fransiya), Marca (Ispaniya), Mundo Deportivo (Ispaniya), Ta Nea (Gretsiya), Sport Express (Rossiya), De Telegraaf (Niderlandiya) va The Times (Biritanya)lar kiradi. Har bir ovoz beruvchi hakamlar hay’ati aʼzosi oʻzi munosib deb bilgan beshta oʻyinchini tanlashi mumkin. Har bir ovoz beruvhci hakamlar hay’ati aʼzosi oʻzi eng munosib deb bilgan oʻyinchilarga 10 ball, ikkinchi oʻyinchi uchun 7, uchinchi oʻyinchi uchinchi 3, toʻrtinchi va beshinchi oʻyinchilar uchun 1 ball berishlari mumkin. Shu tariqa mavsum davomida oʻzini hamma tomonlama yaxshi koʻrsatgan yosh futbolchilar nufuzli nashir jurnalislari tomonidan „Golden boy“ yani tilla bola maqomini qoʻlga kiritishi mumkin. 2021 hamda 2022-yillarda Barselonaning ikki yosh futbolchilari Pedri hamda Gavilar bu sovringa ega chiqishdi.