Foydalanuvchi:Panpanchik/Tabriz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tabriz

forscha: تبریز
City
Mamlakat [[Iran]]
[[Region]] [[3]]
[[Province]] [[East Azerbaijan]]
County Tabriz
Hukumat
 • Mayor Yaghoub Houshyar
Maydon 325 km2 (125 mi²)
Markazi balandligi 1351.4 m
Zichligi auto kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Telefon kodi 041
Pochta indeks(lar)i 51368

Tabriz (forscha: تبریز)[lower-alpha 1]Eronning shimoli-gʻarbida joylashgan Sharqiy Ozarbayjon viloyatining Tabriz tumaniga qarashli shahar. Mazkur shahar Eronda aholi soni bo'yicha oltinchi yirik shahardir.

Tabriz Eronning tarixiy Ozarbayjon viloyatidagi Quru daryosi vodiysida[1], Sahand va Eynali togʻlaridagi vulqon konuslarining uzun tizmalari orasida joylashgan. Tabrizning dengiz sathidan balandligi 1,350 and 1,600 m (4,430 and 5,250 ft) gacha yetadi. Vodiy Urmiya ko'lining sharqiy qirg'oqlarigacha pasayib, tekislikka aylib boradi. U g'arbga tomon 60 km (37 mi) gacha cho'zilgan. Shahar 2015-yil oktyabr oyida Butunjahon hunarmandlar kengashi[2] tomonidan Jahon gilam toʻqish shahri va Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan 2018-yilning namunali sayyohlik shahri sifatida etirof etilgan[3][4].

Aholisi 1,7 milliondan ortiq (2016) bo'lgan[5] Tabriz shahri, Eronning shimoli-gʻarbiy qismidagi eng yirik iqtisodiy markaz va metropoliten hisoblanadi. Aholisi ikki tilli boʻlib, koʻpchilik ona tili sifatida ozarbayjon tilida, ikkinchi til sifatida esa fors tilida soʻzlashadi[6]. Tabriz avtomobilsozlik, mexanizmlar, neftni qayta ishlash zavodlari, neft-kimyo, toʻqimachilik va sement ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi yirik ogʻir sanoat markazi hisoblanadi[7]. Shahar oʻzining hunarmandchiligi, jumladan, qoʻlda toʻqilgan gilam va zargarlik buyumlari bilan mashhur. Mahalliy qandolat mahsulotlari, shokolad, quritilgan yong'oqlar va an'anaviy Tabriziy taomlari butun Eronda eng yaxshilaridan biri sifatida tan olingan. Eronning shimoli-g'arbiy qismidagi eng mashhur madaniy muassasalar ham ayni Tabriz hududida joylashgan bo'lib, shahar intellektual faoliyat markazi hisoblanadi.

Tabrizda ko'plab tarixiy obidalar mavjud bo'lib, ular Eronning uzoq tarixi davomidagi me'moriy o'tish davrini o'zida ifodalaydi. Tabrizning saqlanib qolgan tarixiy hududlarining aksariyati Ilxoniylar, Safaviylar va Qojarlar davriga tegishli[8][9]. Bu manzilgohlar orasida Tabrizning katta bozori ham bor, u Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan[10][11]. Ilk yangi davrdan boshlab, Tabriz uchta qo'shni mintaqalarning (Kavkaz, Sharqiy Anadolu va Markaziy Eron) rivojlanishi va iqtisodiyotida muhim rol o'ynagan[12]. Zamonaviy davrda, shahar Eron tarixida muhim ahamiyat kasb etgan. Mamlakatning Yevropaga eng yaqin markazi bo'lganligi uchun ham, Eronda erta modernizatsiyaning ko‘p jihatlari Tabrizda boshlangan[12]. 19-asrning birinchi yarmidagi ikki rus-fors urushidan keyin Qajarlar sulolasining Kavkaz hududlari Imperator Rossiyasiga majburan berilgunga qadar, Tabriz oʻzining Kavkaz hududlari ustidan Eron hukmronligini amalda ushlab turgan. 1925-yilgacha shahar Qajar toj knyazlarining an'anaviy qarorgohi bo'lgan.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ba'zi manbalarga ko'ra[13], jumladan, Britannica Encyclopædiasida qayd etilishicha[14], Tabriz nomi bu hududda ko'plab termal buloqlar mavjudligi sababli olingan bo'lib, tap-riz ("issiq oqadigan") so'zi ayni shu ma'noda qo'llanilgan.

Boshqa manbalarda[15][16] taʼkidlanishicha, milodiy 246-yilda ukasining oʻlimi uchun qasos olgan Armaniston qiroli Tiridat II Sosoniylar imperiyasi hukmdori Ardashir I ni o'ldirgan va shahar nomini Shohistondan Tovrisga oʻzgartirgan, bunda nom “ta-vrej” (klassiy arman tiliga ko'ra "bu qasos" degani) soʻzidan kelib chiqqan. Milodiy 297-yilda Armaniston qiroli Tiridates III bu hududni o'z poytaxtiga aylantirgan[17]. Biroq, hech bir qadimgi manbada bunday voqea qayd etilmagan. Boshqa bir nom esa 13-asrda yashagan arman tarixchisi Vardan Areveltsi qaydlariga asoslanadi. Unga ko'ra, shaharning tarixiy armancha nomi Tavrej bo'lgan (armancha: Թաւրէժ )[18].

The Cambridge History of Iran nomli kitobda eramizdan avvalgi 8-asrda mavjud boʻlgan “Qadimgi Tarui-Tarmakisa qalʼasi” (yoki Tarvi-Tarvakisa)[19][20] va Tabriz shahri oʻrtasidagi aloqaga ishora qilinadi. Ernst Emil Herzfeldning Archaeological History of Iran (Eron arxeologik tarixi)[21] asari ham “Tarvakisa”shahrini bevosita Tabriz bilan tenglashtiradi. Biroq, ayrim tadqiqotchilarning fikricha, Tabriz Eron vujudga kelgunigacha mavjud bo‘lgan qadimiy toponim hisoblanishi mumkin[ iqtibos kerak ].

Matrakchi Nasuh tomonidan chizilgan Tabrizning 16-asr sxematik xaritasi
Panoramic view of Tabriz sketched by Jean Chardin, 1673

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Topografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabriz Eronning shimoli-g'arbida Sharqiy Ozarbayjon viloyatida, Eynali va Sahand tog'lari oralig'ida, Aji daryosi va Quri daryosi qirg'og'idagi unumdor hududda joylashgan. Mahalliy hudud zilzilalarga moyil bo'lib, o'z tarixi davomida shahar bir necha bor vayron qilingan va qayta qurilgan.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabriz sovuq yarim qurg'oqchil iqlimga ega (Köppen: BSk, Trewartha: BS), yozi issiq bo'lgan nam kontinental iqlim bilan chegaradosh (Köppen: Dsa, Trewartha: Dc). Yillik yogʻin miqdori 260 mm (10 in) ga yaqin, uning asosiy qismi qish oylarida qor, bahor va kuzda esa yomg'ir shaklida tushadi. Shaharda bahor va kuzda yumshoq va yaxshi iqlim kuzatiladi, yozi issiq va quruq, qishi esa qorli va sovuq kechadi. Oʻrtacha yillik harorat 13.1 °C (55.6 °F) ni tashkil etadi. Sharqdan gʻarbga tomon, asosan yoz oylarida, salqin shamollar esadi[22].

Safaviylar davrida fransuz sayyohi Jean Chardin Tabrizga tashrif buyurib, oʻzining sayohat jurnallarida Tabrizdagi iqlimni quyidagicha qayd etgan: "Yilning koʻp qismida sovuq havo boʻladi. Shahar shimoliy qismda boʻlgani uchun togʻ choʻqqilarida toʻqqiz yil davomida qor yogʻadi. Yil davomida shamol odatda ertalab va tunda esadi, yozdan tashqari barcha mavsumlarda yomg'ir yog'adi."[23]  

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1956289,996—    
1966403,413+39.1%
19761,074,173—    
19911,088,985—    
19961,191,043—    
20061,398,060—    
20111,494,998—    
20161,558,693—    

Eron milliy aholini ro'yxatga olish birinchi marta 1956-yilda amalga oshirilgan va 2006-yilgacha har o'n yilda ma'lumotlarni chop etgan. Shundan so'ng Eron Statistika markazi ularni har besh yilda bir marta o'tkaza boshlagan[24]. 1976-yilgi aholini ro'yxatga olish shuni ko'rsatadiki, Oq inqilob davrida qishloqdan shaharga migratsiya natijasida o'n yil avvalgi natijadan ikki baravar ko'proq aholi ko'chib kelishi sababli, hududdagi aholi soni ko'paygan. 2006-yilgi aholini ro'yxatga olishda shahar aholisi 378 329 ta xonadonda yashovchi 1 378 931 kishidan iborat ekanligi qayd etilgan[25]. 2011 yilgi aholini ro'yxatga olishda 455 494 ta xonadonda 1 495 452 kishi yashashi qayd qilingan[26]. 2016-yildagi so‘nggi aholini ro‘yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, 497,898 ta xonadonda 1,558,693 kishini tashkil etgan[27]. Shahar aholisining asosiy qismini ozarbayjon xalqi, undan keyin forslar, kurdlar, armanlar, ossuriyaliklar va boshqa Kavkaz xalqlari tashkil qiladi[28].

Tili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabrizda aholi soʻzlashuvchi asosiy til ozarbayjon tilidir (Ozarbayjon xalqi uni turku (تۆرکۆ) yoki turkiy (تۆرکی) tili deb ataydi), bu zamonaviy turk lahjalari bilan oʻzaro tushunarli bo'lgan turkiy tildir. Ko'p asrlar davomida fors tili bilan yaqin aloqada bo'lganligi sababli bu til kuchli Eron superstratumiga ega. Eronning boshqa qismlariga o'xshab, bu yerda ham rasmiy til fors tili bo'lib, aholining aksariyati ta'limning asosiy vositasi bo'lgan fors tilini ona tiliga yaqin darajada bilishadi[8]. Shunga qaramay, Eron konstitutsiyasi boshqa ona tillarida, jumladan, ozarbayjon tilida gapirish huquqini ham hurmat qiladi va kam sonli ozarbayjon tilida dars beruvchi ta’lim muassasalariga ham ega. Ilk bor 1999-yilda Tabriz universitetida ozarbayjon tili boʻyicha akademik dastur ochilgan[29]. Ozarbayjon tilidan tashqari, arman tilida so'zlashuvchilarning sezilarli ozchiligi va ossuriyalik neo-aramey tilida so'zlashuvchilarning nisbatan kamroq qismi mavjud.

Safina-yi Tabrizning yagona qoʻlyozmasidan bir varaq. Unda forsiy va pahlaviy she’r yozilgan

Bu hududda ozarbayjon tilining sekin-asta kuchayib, hukmron boʻlishidan oldin Ozarbayjon va Tabrizda fors tiliga oʻxshash boshqa eron tillarida ham soʻzlashishgan, deb ishoniladi[30][31][32]. 13-asrga oid “Safina-yi Tabriz” qoʻlyozmasining muallifi Tabrizda tugʻilgan. Mazkur qo'lyozmada “Tabriziy tili” (Zabān-e-Tabrizi) deb atalgan sheʼrlar mavjud boʻlib, uning tuzilishi fors tiliga oʻxshaydi[33].

Dini[tahrir | manbasini tahrirlash]

1501-yilda Tabrizda toj kiygandan keyin Shoh Ismoil I shia islomining oʻn ikkinchi boʻlimini Safaviylar imperiyasining rasmiy dini deb eʼlon qilgan. Bu qirollik farmoni natijasida Tabrizning asosan sunniy aholisi shialikni majburan qabul qilgan[34][35]. Hozirda aholining aksariyati shia islomiga e'tiqod qiladi.

Shaharda nasroniylikka ergashadigan uchun arman Apostol cherkovi bor. Ilgari kichik yahudiylar jamoasi ham bo'lgan, ammo ularning aksariyati Tehronga ko'chib o'tgan[8]. Shaharda bahoiy dinining kichik jamoasi ham bor[36].

Rassomchilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xusrav Shirin saroyida. Tabriz, XV asrning oxirgi choragi. Keir Islom san'ati to'plami

"Tabriziy uslub" rasmi Ilxoniylar, Qoraqo'yunlu va Safaviylar davrida shakllangan[37]. Rasmlar 14-asr boshlarida chizilgan va xitoy uslubida chizilgan rasmlarning sezilarli ta'sirini o'zida namoyish etadi. Yillar davomida Tabriz fors miniatyurasining diqqatga sazovor maktabi markaziga aylangan[38]. Safaviylar davridagi "Tabriziy uslub" rasmining xayoliy hikoyasi Orhan Pamukning "Mening ismim qizil" asarida tariflanadi.

Panoramik ko'rinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Panoramic view of Tabriz from El Goli, August 2010

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Pardis hayvonlar boshpanasi
  • Tabriz xonligi
  • Tabriz xronologiyasi

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtmishdoshi:
Ghazna
Capital of Khwarazmian Empire (Persia)
1225–1231
Vorisi:
-
Oʻtmishdoshi:
Maragha
Capital of Ilkhanate (Persia)
1265–1306
Vorisi:
Soltaniyeh
Oʻtmishdoshi:
-
Capital of Kara Koyunlu dynasty
1375–1468
Vorisi:
-
Oʻtmishdoshi:
Amid
Capital of Aq Qoyunlu dynasty
1468–1478
Vorisi:
-
Oʻtmishdoshi:
Samarkand
Capital of Safavid Empire (Persia)
1501–1555
Vorisi:
Qazvin

[[Turkum:Eron arxitekturasi]] [[Turkum:Buyuk Ipak yoʻli boʻyidagi aholi punktlari]] [[Turkum:Tabriz]] [[Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda]]

  1. "AZERBAIJAN". Encyclopaedia Iranica, Vol. III, Fasc. 2–3. 1987. 205–257 b. Archived from the original on 2013-01-23. https://web.archive.org/web/20130123020411/http://www.iranicaonline.org/articles/azerbaijan-index. Qaraldi: 2019-01-13. 
  2. „Celebration of the 'World Carpet Weaving City' on 6 Oct, 2015, in Tabriz, Iran“. World Crafts Council Asia Pacific region. 2020-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-may.
  3. „Tabriz named as exemplary tourism city for 2018“. realiran (2015-yil 24-dekabr). 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-iyul.
  4. „Tabriz selected OIC City of Tourism for 2018“. IRNA (2015-yil 24-dekabr). 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-iyul.
  5. نتايج سرشماري – جمعيت و خانوار به ترتيب استان، شهرستان. Statistical Center of Iran. 2017-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-mart.
  6. „2011 Census – Natayej“. Statistical Centre. 2014-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 27-fevral.
  7. „Results of national 2007 census“. Statistical Center of Iran. 2013-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
  8. 8,0 8,1 8,2 „East Azerbaijan Geography“. Iranian Ministry of Education (2000). 2012-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "chap.sch.ir" defined multiple times with different content
  9. „de beste bron van informatie over tabrizcity. Deze website is te koop!“. tabrizcity.org. 2007-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-aprel.
  10. „Tabriz Historic Bazaar Complex“. UNESCO World Heritage Centre. UNESCO (2010-yil 31-iyul). 2018-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-aprel.
  11. Assari, Ali; Mahesh, T. M. (December 2011). "Compatitive Sustainability of bazaar in Iranian traditional cities: Case Studies in Isfahan and Tabriz". International Journal on Technical and Physical Problems of Engineering 3 (9): 18–24. Archived from the original on 2018-12-22. https://web.archive.org/web/20181222163420/http://www.iotpe.com/IJTPE/IJTPE-2011/IJTPE-Issue9-Vol3-No4-Dec2011/3-IJTPE-Issue9-Vol3-No4-Dec2011-pp18-24.pdf. Qaraldi: 2013-01-07. Foydalanuvchi Panpanchik/Tabriz]]
  12. 12,0 12,1 electricpulp.com. "TABRIZ v. The city in the 19th century". Encyclopaedia Iranica. Archived from the original on 2020-10-25. https://web.archive.org/web/20201025143610/https://iranicaonline.org/articles/tabriz-05-city-in-19th-cent. Qaraldi: 2015-05-25. 
  13. Gholam-Reza Sabri-Tabrizi.
  14. „Tabriz – Iran“. 2008-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-sentyabr.
  15. "Tabrīz." Microsoft Encarta 2007 [DVD].
  16. Samuel Graham Wilson.
  17. Eastwick, Edward Backhouse. Journal of a Diplomat's Three Years' Residence in Persia. Smith, Elder and Co., 1864 — 327 bet. 
  18. „Պատմութիւն Հայոց - [ԺԸ“] (hy). digilib.aua.am. Qaraldi: 2022-yil 18-yanvar.
  19. Zimansky, Paul E.. Ecology and Empire: The Structure of the Urartian State. The Oriental Institute of the University of Chicago, January 1, 1985. ISBN 0918986419. 
  20. Thureau-Dangin, François. Une relation de la huitième campagne de Sargon (714 av. J.-C.) texte Assyrien inédit, publié et traduit. Paris Librairie Paul Geuthner, 1912. 
  21. Herzfeld, Ernst. Archaeological History of Iran (en). British Academy, 1935. 
  22. „Climate data for Tabriz, 1963–1990“. 2011-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-mart.
  23. Asbagh, Narmin Babazadeh (2019-12-01). "A Short Glimpse to the Urban Development of Tabriz during the History" (en). Journal of Contemporary Urban Affairs 3 (2): 73–83. doi:10.25034/ijcua.2018.4703. ISSN 2475-6164. https://ijcua.com/index.php/ijcua/article/view/113. 
  24. „Iran Data Portal“. Iran Data Portal. Syracuse University. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
  25. „Census of the Islamic Republic of Iran, 1385 (2006)“ (fa) (Excel). AMAR. The Statistical Center of Iran. 2011-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  26. „Census of the Islamic Republic of Iran, 1390 (2011)“ (fa) (Excel). Syracuse University. The Statistical Center of Iran. 2023-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.
  27. „Census of the Islamic Republic of Iran, 1395 (2016)“ (fa) (Excel). AMAR. The Statistical Center of Iran. 2020-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.
  28. Iran, a Country Study Metz: . Federal Research Division, 1989 — 89–90 bet. „"In addition, during the 1970s there was substantial migration of rural Kurds to such historic Kurdish cities as Bakhtaran (known as Kermanshah until 1979), Sanandaj, and Mahabad, as well as to larger towns such as Baneh, Bijar, Ilam, Islamabad (known as Shahabad until 1979), Saqqez, Sar-e Pol-e Zahab, and Sonqor. Educated Kurds also migrated to non-Kurdish cities such as Karaj, Tabriz, and Tehran."“ 
  29. Rasmus Christian Elling, Minorities in Iran: Nationalism and Ethnicity after Khomeini, Palgrave 2013
  30. Jean During, "The Spirit of Sounds: The Unique Art of Ostad Elahi", Cornwall Books, 2003, p172:"Maraghi (15th century) mentions the Turkish and the Shirvani tambour, which had two strings tuned in second (which the Kurds and Lors call Farangi) and was quite popular among the inhabitants of Tabriz (a region which was not yet Turkish speaking at the time) "
  31. R. N. Frye, "Peoples of Iran" in Encyclopædia Iranica.
  32. Azari, the Old Iranian Language of Azerbaijan", Encyclopædia Iranica, op. cit.
  33. صادقی, علی اشرف 1379: چند شعر به زبان کرجی, تبریزی و غیره ...
  34. John A A Boyle (Editor), Persia: History and Heritage, Routledge, 2011, p:38
  35. Melissa L. Rossi (2008), What Every American Should Know about the Middle East, Penguin, ISBN 978-0-452-28959-8, Forced conversion in the Safavid Empire made Persia for the first time dominantly Shia and left a lasting mark: Persia, now Iran, has been dominantly Shia ever since, and for centuries the only country to have a ruling Shia majority.
  36. Phyllis G. Jestice (Edit.), Holy People of the World: A Cross-cultural Encyclopedia, 2004, p. 92.
  37. Eleanor Sims, Boris Ilʹich Marshak, Ernst J. Grube, Peerless Images: Persian Painting and Its Sources, 2002, p.44
  38. Michael Dumper, Bruce E. Stanley, Cities of the Middle East and North Africa: A Historical Encyclopedia, 2007, p. 339