Ardashir I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ardashir i, Artashir Papakon (taxminan mil. 180 – 239 yoki 241) – Erondagi sosoniylar sulolasi asoschisi va dastlabki shohi. A.ning bobosi Soson 612Fors poytaxti – Istaxr shahridagi bosh ibodatxonaning kohini bo‘lgan. A. Par-fiya podshosi Artabon V (209 – 224)ning vassali Darabgird (Forsdagi qal’a) hokimi saroyida xizmat qilgan. taxminan 200-yilda ushbu qal’a hokimi bo‘lgan; tez orada butun Fors, Kirmon va Gey (hozirgi Isfahon)ni o‘ziga tobe etgan hamda zo-dagonlar va ruhoniylar madadiga tayanib Artabon V ga qarshi chiqqan. 224 yil 28 aprelda Ormizdagon tekisligida parfi-yaliklarga qaqshatqich zarba bergan, Par-fiya podsholigi shundan so‘ngtugatilgan. 226/227 yil shahanshoh unvoni bilan toj kiygan. A.ning Mesopotamiya va Arma-nistonga egalik qilish uchun Rim bilan Sharkda olib borgan urushlari natija-sida Sosoniylar davlati hududi ancha kengaygan.Ad.Pigulevskaya N. V..Yakubovskiy A. Yu, Petrushevskiy I.P..Stroyeva L. V.Belenitskiy A. M., Istoriya Irana s drevneyshix vremen do konsa XVIII veka, L., 1958.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil