Foydalanuvchi:OtabekMaxdum/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
OtabekMaxdum/qumloq
Tavalludi 1-yanvar 1974-yil (1974-01-01) (50 yosh)
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi

• 1991–1996 Toshkent islom instituti;

Al-Azhar universiteti.
Otasi Ahmad Muhammad Tursun
Veb-sayti https://ummalife.com/MubashshirAhmad

Mubashshir Ahmad (asl ismi: Tursunov Alisher Ahmadovich; 1-yanvar 1974-yil, Namangan shahri, Namagan viloyati, Oʻzbekiston SSR) — Oʻzbekistonlik islom dini olimi, bloger, noshir, tarjimon, muharrir, voiz, Toshkent islom instituti mudarrisi, “Azon Global” axborot tahliliy portali asoschisi va bir qancha kitoblar muallifi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mubashshir Ahmad 1974-yil 1-yanvarda Namangan viloyati, Namangan shahrida tavallud topgan. Uning otasi adib, tarjimon, jurnalist va ko‘plab diniy-ma’rifiy kitoblar muallifi Ahmad Muhammad Tursun[1]. 1991–1996-yillarda Toshkent islom instituti hamda MisrdagiAl-Azhar” universitetlarida taʼlim olgan[2]. 2002–2015-yillarda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdan dars va bir nechta ijozalar olgan[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yildan 2014-yilgacha Toshkent islom institutida hanafiy mazhabining fiqhi va Usul al-Fiqh, Faroiz (meros ilmi), "Naqshbandiya" tasavvufidan dars bergan. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining rasmiy nashri boʻlgan “O‘zbekiston musulmonlari” (hozirgi “Hidoyat” jurnali) va “Islom nuri” gazetalarida muharrir va yozuvchi boʻlib ishlagan. O‘zbekiston musulmonlari idorasidan 2018-yil 10-aprel kuni egallab turgan kotibiyati mudiri yordamchisi lavozimidan ozod etilgan[2][4].

“Fikrat” va “The Tashkent post” nashrlarining taʼsischi va muharriri bo‘lgan. “Qaqnus media” nashriyoti bosh direktori hamda “Azon.uz” taririyati (2017), “Azon FM” onlayn radiosi (2017), “Azon TV” (2019-yilda asos solingan[5]; “Yuksalish” umummilliy harakati Oʻzbekistonning internet ommaviy axborot vositalarini tahlil qilganida “Azon TV” YouTube platformasida obunachilar soni boʻyicha TOP-3 talikka kirgan va 2-oʻrinda turgan)[6], “Azon travel” sayyohlik firmasi, “Azon kitoblar” do‘koni, “Moida by Azon” kafesi, “Mezana” ilm markazi hamda Turkiyaning Istanbul shahridagi “Mezana” xalqaro ilmlar akademiyasi asoschisi.

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Islom hazorasi;
  • Olim olam va odam;
  • Zamonaviy masalalarning sharʼiy hukmlari.

Tarjima qilgan kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Doktor Oiz Qarniyning “O‘kinma”;
  • Imom Gʻazzoliyning 8 jildli "Ihyou ulumid din" kitobi;
  • 1 jildli "Yengil fiqh";
  • 8 jildli "Mufassal fiqh";
  • Tasavvufga oid "Risalatul qushayriyya" kitobi.

Muharrirlik qilgan kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • "Islomda oila" kitobi;
  • "Moida" kitobi.

Azon.uz axborot-tahliliy portali haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Azon.uz axborot-tahliliy portali 2017-yilning sentyabr oyida rasman faoliyatini boshlagan[7][8][9][5] va Kun.uz tahririyatining taʼrificha “diniy, ma’naviy hamda ma’rifiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadigan ommaviy axborot vositasi” hisoblanadi[10]. Azon.uz tahririyatga 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilshod Eshnayev tomonidan bir necha bor bosim va tahdidlar boʻlgan[11][12][13][14][15]. Tahririyatiga qilingan bosimni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov qoralagan[16]. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita esa “azon.uz saytida eʼlon qilingan muayyan maqolalarni oldirib tashlash bo‘yicha Qo‘mita rahbariyati tomonidan hech qanday topshiriq bo‘lmaganini qatʼiy maʼlum qilamiz” deb rasmiy munosabat bildirdi[17][18][19][20].

2021-yilning iyun oyida Azon.uz nashri rahbariyati, jumladan Mubashshir Ahmad ham saytda e’lon qilingan diniy mazmundagi maqolalar uchun jarimaga tortilgan[21][22]. Sud Azon.uz saytidagi ba’zi xorijiy xabarlarni “O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan munosabatini buzishi mumkin” deb xulosa chiqargan[23][24][22].

2023-yil avgustda Azon.uz axborot-tahliliy portali o‘z faoliyatini to‘xtatgan[25][26][27][28][7][9][10]. Similarweb ma’lumotlariga ko‘ra, Azon.uz axborot-tahliliy portali ga oyiga o‘rtacha hisobda 400−500 mingdan ortiq kishi tashrif buyurib kelgan[27][9][29]. 2023-yil noyabr oyida esa “Azon Global” portali ishga tushirildi[30][31][32].

Turkiyada hibsga olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mubashshir Ahmad 2023-yil 28-dekabr kuni tongda Turkiya ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan “jamoat xavfsizligiga tahdid gumoni” bilan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilgan[33][30][34] va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgan[35][36][37][38][39][32][28][8][40][41][42][43]. 2024-yil 21-fevral kuni esa Turkiya deportatsiya markazidan ozodlikka chiqarilgan[44][45][46][47][48][31][28][49].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Aniq.uz. „Ta’ziya! Mubashshir Ahmadning otasi adib va jurnalist Ahmad Tursun vafot etdi“ (18-may 2021-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  2. 2,0 2,1 Озодлик радиоси. „Musulmonlar idorasining ikki mulozimi bir kunda ishdan olindi“ (11-aprel 2018-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  3. „Mubashshir Ahmad“ (2-iyun 2023-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  4. CENTRAL ASIAN. „В Узбекистане за день уволили двух чиновников Духовного управления“ (Rus) (12-aprel 2018-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  5. 5,0 5,1 Xabar.uz. „«Azon.uz»: tayyor oshga bakovul topildimi?“ (13-iyun 2019-yil). Qaraldi: 6-fevral 2024-yil.
  6. "Yuksalish" umummilliy harakati. „Oʻzbekistonning eng ommabop 15 ta internet-nashri: matnlar kamroq oʻqilyapti, koʻproq video tomosha qilinyapti“ (23-fevral 2023-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  7. 7,0 7,1 Repost.uz. „Сайт Аzon.uz прекратил свою деятельность“ (Rus) (5-avgust 2023-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  8. 8,0 8,1 Repost.uz. „Основателя Azon Global Мубашшира Ахмада задержали в Турции“ (Rus) (9-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  9. 9,0 9,1 9,2 Gazeta.uz. „Azon.uz faoliyatini to‘xtatdi“ (5-avgust 2023-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  10. 10,0 10,1 Kun.uz. „Azon.uz sayti faoliyatini to‘xtatdi“ (5-avgust 2023-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  11. Sunnatilla Abdullaev. „Azon.uz ta’sischisi Mubashshir Ahmad Din ishlari bo‘yicha qo‘mitadan tahdid bo‘lganini aytmoqda“ (4-fevral 2021-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  12. Gazeta.uz. „Azon.uz ta’sischisi Mubashshir Ahmad Din qo‘mitasidan tahdid bo‘lganligini ta’kidlamoqda“ (4-fevral 2021-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  13. Kun.uz. „Dilshod Eshnayev nega prezidentning diniy sohadagi islohotlari e'tirof etilgan maqolalarni oldirib tashlamoqchi bo‘ldi?“ (4-fevral 2021-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  14. https://www.facebook.com/permalink.php?story_fbid=207186851088972&id=100053929761985
  15. Kun.uz. „Azon.uz bosh muharriri tahririyat bosimga uchraganini ma'lum qildi“ (4-fevral 2021-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  16. Kun.uz. „«Prezident siyosatiga zid» - Komil Allamjonov Azon.uz'ga qilingan bosimni qoraladi.“ (4-fevral 2021-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  17. Qalampir.uz; Sunnatilla Abdullaev. „Azon.uz`ga bosim bo‘lganmi? Din ishlari bo‘yicha qo‘mita qat’iy javob berdi“ (4-fevral 2021-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  18. Gazeta.uz. „Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Azon.uz tahririyatiga bosim o‘tkazmaganini aytmoqda“ (4-fevral 2021-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  19. https://telegra.ph/Rasmij-bayonot-izhtimoij-tarmo%D2%9Blarda-tar%D2%9Balgan-habar-yuzasidan-02-04
  20. Kun.uz. „Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Azon.uz saytidagi maqolalarni o‘chirish bo‘yicha topshiriq berilmaganini ma'lum qildi“ (4-fevral 2021-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  21. Committee to Protect Journalists. „Узбекские новостные сайты Kun.uz и Azon.uz оштрафованы за публикацию «религиозных материалов» без согласования“ (Ruscha) (25-iyun 2021-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  22. 22,0 22,1 Gazeta.uz. „«Maqsad bizning ovozimizni o‘chirish bo‘ldi» — Azon.uz rahbariyati saytdagi maqolalar uchun jarimaga tortildi“ (22-iyun 2021-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  23. AQSh Davlat departamenti (U.S. Departament of State). „2021 Report on International Religious Freedom: Uzbekistan“ (2-iyun 2022-yil). — „On June 29, the CRA released an official statement on religious education. According to the CRA, “Some fanatical individuals and groups have unfairly criticized Uzbekistan’s unified state policy in the field of religious affairs, misinterpreted the news to suit their own interests, distorted and exaggerated the situation.” The CRA stated there was “unnecessary controversy” surrounding proposals to lift the ban on private religious education and training, and the government had “legitimate need to set boundaries” in this area. The CRA also said the Muslim Board of Uzbekistan had created websites and Telegram channels to meet the country’s religious education needs. The CRA’s comments came amid appeals to President Mirziyoyev and the Senate by religious leader and Islamic scholar Mubashir Ahmad and citizen activists to remove legal restraints on religious education. In a video address, Ahmad acknowledged recent positive developments, such as approval to wear religious attire in public and in schools and universities, but he called for a review of the ban on private religious education in the country, lowering the age threshold, and increasing access to religious education. Activists noted the State Security Service questioned Ahmad during Ramadan in April and May, asking him to stop raising the issue of children’s religious education. Ahmad continued to raise the issue publicly and in June was fined 4.9 million soum ($450) for the “actions” of his news site Azon.uz, which is dedicated to Islamic issues. On June 21, the Tashkent City Criminal Court fined the founders and senior staff members of Azon.uz, as well as the online outlet Kun.uz, for the illegal production, storage, import, or distribution of religious materials. Azon.uz website founder Ahmad, Azon.tv head Farhod Tokhirov, and chief editor of Azon.uz Abdulaziz Muborak were each fined 5.3 million soum ($490); director of Azon New Media LLC Gayratkhoja Sayyedaliev and cofounder of Kun.uz Makhsudjon Askarov were each fined approximately 13 million soum ($1,200). The court based the administrative cases on “religious expertise” from the Interior Ministry’s Main Department for Combating Terrorism and Extremism and the CRA. Several of the articles included as evidence in the case were interviews with local Muslim clerics on practices related to Ramadan.“. Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  24. FreedomHouse. „Uzbekistan“ (Inglizcha) (2022-yil). — „Also in June 2021, Azon.uz, an online outlet that covers Islamic issues, was ordered to delete 12 posts from its website referring to Chad, Syria, Israel and other countries under the pretext that they might impact Tashkent’s foreign relations. The site was also fined 12.5 million soms ($1,155) for “illegal dissemination of religious materials."“. Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  25. Qalampir.uz tahririyati. „“Azon.uz” faoliyatini to‘xtatdi“ (5-avgust 2023-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  26. UzReport.news. „Azon.uz loyihasi o’z faoliyatini to'xtatdi“ (5-avgust 2023-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  27. 27,0 27,1 CENTRAL ASIAN. „В Узбекистане прекратил деятельность исламский сайт Azon.uz“ (Rus) (7avgust 2023-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  28. 28,0 28,1 28,2 „Mubashshir Ahmad ishi: olib ketilishiga nima sabab bo‘lgan?“ (22-fevral 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  29. https://www.similarweb.com/website/azon.uz/#overview
  30. 30,0 30,1 Gazeta.uz. „Mubashshir Ahmad Turkiyada gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi“ (9-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  31. 31,0 31,1 CENTRAL ASIAN. „В Стамбуле из депортационного центра выпустили религиозного блогера из Узбекистана“ (21-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  32. 32,0 32,1 Настоящее Время. „Турции задержали гражданина Узбекистана Алишера Турсунова, основателя портала Azon, специализирующегося на теме ислама“ (9-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  33. UzNews.uz. „Спецслужбы Турции задержали бывшего учредителя сайта Azon.uz“ (9-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  34. CENTRAL ASIAN. „В Стамбуле задержан узбекский религиозный деятель Мубашшир Ахмад“ (Rus) (9-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  35. Alibek Beyjanov. „Mubashshir Ahmad Turkiyada qo‘lga olindi. U deportatsiya markazida qolmoqda“ (9-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  36. Daryo. „Mubashshir Ahmad haqida tarqalgan xabarlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi“ (9-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  37. Gazeta.uz. „Mubashshir Ahmadga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda — Istanbuldagi konsullik“ (9-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  38. UzReport.news. „Mubashshir Ahmad Turkiyada qo‘lga olindi“ (9-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  39. Xabardor.uz. „Mubashshir Ahmad Turkiyada qo‘lga olingani tasdiqlandi“ (9-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  40. Azon Global. „Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi rasmiy bayonoti“ (9-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  41. „AzonUz asoschisi Mubashshir Ahmad Turkiyada qamoqqa olindi“ (9-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  42. Kun.uz. „Mubashshir Ahmad Turkiyada qo‘lga olindi“ (9-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  43. Azon Global. „РАСМИЙ БАЁНОТ“ (9-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  44. Kun.uz. „Mubashshir Ahmad Turkiyada ozodlikka chiqdi“ (22-fevral 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  45. Daryo. „Mubashshir Ahmad ozodlikka chiqarildi“ (21-fevral 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  46. Gazeta.uz. „Mubashshir Ahmad Turkiyadagi deportatsiya markazidan chiqarildi — elchixona“ (21-fevral 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  47. DEMOKRAT.UZ. „Mubashshir Ahmad Turkiyaning deportasiya markazidan chiqarildi“ (21-fevral 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  48. UzReport.news. „Mubashshir Ahmad Turkiyada ozodlikka chiqdi“ (22-fevral 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.
  49. Repost.uz. „В Турции выпустили на свободу основателя Azon Global Мубашшира Ахмада“ (Rus) (22-fevral 2024-yil). Qaraldi: 6-mart 2024-yil.