Hidoyat (jurnal)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hidoyat“ – oylik diniy-ijtimoiy, ilmiy-adabiy jurnal. Muassisi – Oʻzbekiston musulmonlari idorasi. 1999-yil avgustda tashkil etilgan. Avval „Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari“ (1946–1968), „Sovet Sharqi musulmonlari“ (1968–1991), „Movarounnahr musulmonlari“ (1991–1995), „Oʻzbekiston musulmonlari“ (1995–1999) nomlarida nashr etilgan. Jurnalda Qurʼon oyatlarining tafsirlari, hadisi sharif sharhlari, ibodat va kundalik turmushga oid turli masalalar, ilm egallash, oila va farzandlar tarbiyasi, masjid va madrasalar hayoti, maʼnaviy meros va tarixiy qadriyatlarni oʻrganishga oid mavzular, dunyo musulmonlari hayotidagi yangiliklar, xabarlar yoritiladi. „Aqida“, „Fiqh“, „Amri maʼruf“, „Nahyi munkar“, „Tafsir“, „Hadis ilmi“, „Olislarga sayohat“, „Imomlarimiz“, „Ilm maskanlarida“, „Tibbiyot burchagi“ kabi ruknlari bor. Jurnal 2001-yildan „Hidoyat kutubxonasi“ silsilasida kitoblar ham nashr etmoqda[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.