Deportatsiya
Jump to navigation
Jump to search
Deportatsiya (lot. deportatio - badargʻa, surgun qilish) — jinoiy yoki maʼmuriy jazo chorasi sifatida davlatdan majburan chiqarib yuborish, haydash. Huquqda Deportatsiya termini Fransiya jinoyat qonunchiligiga koʻra, 18— 19-asrlarda qoʻllanilgan surgunnit alohida koʻrinishlarini anglatgan. Deportatsiyadan retsidivist jinoyatchilar bilan birga jamiyat uchun nomatlub kishilarni jazolashda foydalanilgan. Koʻpincha u yo bu davlatga gʻayriqonuniy kelib qolgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Deportatsiya qilinadi. 1920—40 yillardagi ommaviy qatagʻonlar davrida sobiq Ittifoqning koʻp xalqlari Deportatsiyaga duchor boʻlgan.
Adabiyot[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |