Komil Allamjonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Allamjonov Komil Ismoilovich
Алламжонов Комил Исмоилович
Allamjonov Komil Ismoilovich
Oʻzbekiston Prezidentining matbuot kotibi
2017-yil 4-dekabrdan
Prezident: Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi: Asad Xoʻjayev
 
Fuqaroligi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavalludi: 18-sentabr 1984 (1984-09-18) (35 yosh)
Toshkent
Maʼlumoti: O‘zbekiston davlat va san'at instituti

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Komil Ismoilovich Allamjonov — (1984-yil 18-sentyabrda tug‘ilgan) — o‘zbekistonlik davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining matbuot kotibi (2017-yil 4-dekabrdan) [1].

Biografiyasi[tahrir]

  • 1984-yil 18-sentyabrda Toshkentda mexanik va hamshiralar oilasida dunyoga kelgan. Bolaligidan odamlar bilan ishlash, tashkilotchilik va muomalada ajralib turgan. 2006-yilda O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan, keyinroq Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ham tahsil olib, 2010-yil o‘qishni tugatgan. Xorijiy tillar bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida AQShning Massachusets shahridagi Garvard universitetida ham o‘qigan.

O‘z faoliyatining ilk yillarida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati bosh mutaxassisi sifatida ishlagan Komil Allamjonov 2005-yilda O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasiga ishga o‘tadi. 2013-yilgacha qariyb 8 yil u matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritib, qo‘mitaning axborot xizmatini boshqargan. Komil Allamjonov rahbarligida DSQning matbuot xizmati samarali faoliyat yuritadi, xususan, ko‘p funksiyali, interfaol soliq.uz sayti ishlab chiqilib, yo‘lga qo‘yiladi. 2015-yilda qo‘mitaning rasmiy sayti Milliy internet tanlovida „Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt“ deb topilgan.[2] Shuningdek, „Soliq bolalar nigohida“, „Soliq info“ gazetasi, BEM kabi loyihalar ham Komil Allamjonovning tashabbusi bilan mamlakatda muvaffaqiyatli ravishda joriy qilingan.[3]

Komil Allamjonov o‘zining prezident matbuot kotibi sifatidagi faoliyati davomida bir qator ishlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati qoshida press-holl o‘z faoliyatini boshladi. Davlat rahbarining tashabbuslari va islohotlar mazmun-mohiyati bilan jurnalistlarni tanishtirish maqsadida tashkil qilingan bu maydonchada jurnalistlar qatorida blogerlar bilan ham yaqindan hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan edi. Bu uning boshqa muloqot platformalari, yuqori maqomdagi anʼanaviy matbuot anjumanlaridan ajralib turishini taʼminlagan.    

12 yanvar kuni Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati qoshidagi press xollda ilk bor jurnalistlar uchun brifing tashkil qilindi va unda Komil Allamjonov hukumat va xalq o‘rtasidagi muntazam muloqotning zarurati haqida gapirdi.[4]

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ochildi va bugunga kelib uni Facebook’da 200 mingdan ziyod odam kuzatib boradi.[5] Telegram’dagi rasmiy kanaliga esa qariyb 300 ming kishi a’zodir.[6] Facebook va Telegram’da asosan o‘zbek va rus tillarida, 5800 ta obunachiga ega Twitter sahifasida esa ingliz tilida axborot beriladi.[7] Bu sahifalarning barchasiga “verified” rasmiy maqomi berilgan.[8] Prezidentning chet el safarlari va mamlakat hududlariga tashriflari maxsus video hisobotlar orqali batafsil yoritilishi, shuningdek, turli intervyu va ko‘rsatuvlar Prezident Facebook sahifasi jonli efirida foydalanuvchilar e’tiboriga havola etilishi yo‘lga qo‘yildi.  

Undan tashqari, Prezident matbuot xizmati jamoasi „Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasiga ehtirom“ va „Ilohiy yo‘l sari“ qisqa metrajli filmlari yaratildi.[9]

Komil Allamjonov „fikr almashish, shu jumladan matbuot xizmatining ishini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish“ uchun Facebook, Twitter va Instagramda o‘z sahifalarini ochdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir]

Otasi Ismoil Allamjonovich Shokir-Koriyev VAZ AJda avtoslesar bo‘lib ishlagan. Onasi Gulnora Ashirovna Shokir-Koriyeva Toshkent shahridagi 3-tug‘ruqxonada katta hamshira sifatida faoliyat yuritgan.

Tadbirkorlik faoliyati[tahrir]

Komil Allamjonov O‘zbekistonda innovatsion yondashuv va zamonaviy qarashlar bilan biznes loyihalarni amalga oshirgan. Xususan, „Avtotest“ innovatsion avtomaktabi va Milliy TV telekanaliga asos solgan. Milliy TV tomonidan 2017-yil 8-sentyabrida o‘tkazilgan „O‘zbegim“ festivalida dunyodagi eng katta osh tayyorlanib, rasman Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.[10] Komil Allamjonovda ishbilarmonlik sifatlari bolalikdan rivojlangan bo‘lib, u o‘zining birinchi ishini 14 yoshida otasining ustaxonasiga kelganlar uchun qand tayyorlab sotishdan boshlagan.[11]

Eʼtiroflar va boshqa maʼlumotlar[tahrir]

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining aynan islohotlar davrida tayinlangan, yosh va zamonaviy fikrlovchi matbuot kotibi mahalliy va xorijiy OAV hamda keng jamoatchilik nazariga tushdi. Xususan, u o‘zbekistonlik rasmiylar ichidan birinchi bo‘lib, Diana Yenikeyevaning o‘limi bilan bog‘liq voqea haqida bayonot berdi.[12]

Komil Allamjonov muntazam jurnalistlar uchun, jumladan, Shavkat Mirziyoyevning AQShga qilgan rasmiy tashrifi oldidan, ShHT davlat rahbarlari kengashining Sammitida qatnashishi oldidan brifing tashkil qilmoqda.[13] Brifinglar jonli ravishda ijtimoiy tarmoqlarda efirga uzatilgach, yuzlab odamlar uni ulashib, mingdan ortiq munosabatlar qabul qilib kelmoqda.

U o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida nafaqat o‘zining ishi, o‘zining hamkasblari bilan uchrashuviga oid postlarni, balki oila doirasida hayit ayyomini nishonlashini sog‘inayotgani va yoqtirgan transport vositasi — televideniyeda ishlab yurgan paytlari yurishga odatlangan metro haqida ham yozuvlar qoldirib turadi.[14]

Mukofotlar[tahrir]

„Oltin qalam“ milliy mukofoti

„O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni

„O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni            


Manbalar[tahrir]

  1. Prezidentning matbuot kotibi // Prezident.uz
  2. WWW.SOLIQ.UZ – DAVLAT BOShQARUVI ORGANI SOHASIDAGI ENG YaXShI SAYT // O‘zA 26.09.2012
  3. Soliqlar bolalar nigohida // soliq.uz 11.07.2018 da tekshirildi.
  4. O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati tizimli ravishda matbuot anjumanlari va brifinglar o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi. // daryo.uz 12.01.2018
  5. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Facebook'dagi rasmiy sahifasi // Prezidentning Facebook sahifasi
  6. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Telegram'dagi rasmiy kanali // Prezidentning Telegram kanali
  7. Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmatining Twitter'dagi rasmiy sahifasi // Prezident matbuot xizmatining Twitter sahifasi
  8. O‘zbekiston delegatsiyasining Facebook kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvida prezidentning Facebook sahifasiga "verified" maqomini taqdim etish masalasi ko‘tarilgan // Sherzod Shermatovning Facebook profili
  9. Фильм. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф хотирасига эҳтиром. // Prezidentning Facebook sahifasi
  10. Qiyofalar, qadriyatlar, palov. “O‘zbegim” festivalidan fotoreportaj. // daryo.uz
  11. AvtoTest: Uzbek Innovation to Reduce Traffic Accidents Worldwide // forbes.com
  12. Мирзиёев: "Ўқитувчи Диана Еникеева ўлимига жавобгар мансабдор жазоланади". // BBC Uzbek
  13. Президент Шавкат Мирзиёевнинг ШҲТ Давлат раҳбарлари кенгашининг Саммитида қатнашиши олдидан брифинг. // Шавкат Мирзиёев - Shavkat Mirziyoyev
  14. Чин юракдан Тошкент метросини дунёдаги энг чиройли метро деб ҳисоблайман.// Комил Алламжонов