Kontent qismiga oʻtish

FIFA Oltin toʻp

Vikipediya, erkin ensiklopediya

FIFA Oltin to‘p (fransuzcha: FIFA Ballon d’Or) – yillik futbol sovrini bo‘lib, France football nashri talqiniga ko'ra har yili mavsumning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladi. Sovrin milliy terma jamoalarning bosh murabbiylari va sardorlari, shuningdek, terma jamoa matbuot kotiblari bergan ovozlar natijasiga ko‘ra go‘lib deb topilgan futbolchiga topshiriladi.[1][2]

Sovrin 2010-yilda, France Football nashrining “Oltin to‘p (France Football)” va “FIFA Yil o‘yinchisi” sovrinlarining birlashtirilishi natijasida ta’sis etilgan. Eng birinchi sovrin 2010-yilda Lionel Messiga topshirilgan. Shuningdek, 2010-yilda birinchi marta eng yaxshi murabbiyga ham sovrin topshirilgan: José Mourinho eng birinchi sovrin egasiga aylangan. Ushbu sovringa eng ko'p ega chiqqan futbolchilar argentinalik megayulduz Lionel Messi hisoblanadi (8 marta) undan keyingi o'rinda esa, portugaliyalik rekordchi Cristiano Ronaldo turadi, u o'z faoliyatida hozircha 5 marta oltin to'pga ega chqqan. Oltin to'pni so'nggi egasi fransiyalik futbolchi Ousmane Dembele hisoblanadi.