Janubiy Mirzachoʻl kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Janubiy mirzachoʻl kanali (JMK), A. A. Sarkisov nomidagi Janubiy Mirzachoʻl kanali — Oʻzbekistondagi yirik kanallardan biri. Sirdaryo va Jizzax viloyatlari xududidan oʻtadi. Farhod gidrouzelining oʻlovchi kanalidan boshlanadi (Bekobod sh.dan 7 km berida). JMK va uning yirik tarmoqlari 1957—62 y.larda qurilgan. Mirzachoʻlning jan. da sharqdan gʻarbga oqadi. Uzunligi 127,7 km. Bosh qismida suv oʻtkazish imkoniyati 545 m3/s.

A.A.SARKISOV NOMIDAGI JANUBIY MIRZACHOʻL KANALI - Kanalning 35 km da Yangiyer sh. joylashgan, quyi qismi Jizzax sh.dan 10—20 km shimolroqdan oʻtadi va bir qancha mayda kanallarga boʻlinib ketadi. 345 ming gektardan ortiq yerlarni sugʻoradi (Sirdaryo viloyatida 153,6 mingga, Jizzax viloyatida 191,8 mingga).

Kanalda 80dan ziyod gidrotexnika inshooti, boshqarish shlyuzlari, 6 avtomobil va 4 t. y. koʻprigi, 9 suv toʻsgich inshoot, 44 quloq, 6 dyuker, 12 sel oʻtkazgichlar qurilgan. 1954—71 y.larda Mirzachoʻlni oʻzlashtirish ishlariga rahbarlik qilgan A. A. Sarkisov (1907— 1971) nomi berilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil