Diyorbek O‘rozboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Diyorbek Oʻrozboyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Diyorbek Baxtiyor oʻgʻli Oʻrozboyev
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 17-avgust 1993-yil (1993-08-17) (30 yosh)
Shovot tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston
Vazni 60 kg
Sport
Qaysi sport dzyudo
Sport mukofotlari
Yozgi Olimpiada oʻyinlari
Bronza Rio-de-Janeyro 2016 60 kg gacha
Yozgi Osiyo oʻyinlari
Oltin Jakarta 2018 60 kg gacha
Dzudo bo'yicha Osiyo chempionati
Kumush Toshkent 2016 60 kg gacha

Diyorbek Baxtiyor oʻgʻli Oʻrozboyev (tugʻ. 1993-yil 17-avgust, Shovot tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik dzudochi, 60 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori, Osiyo chempionati kumush medali sovrindori, Yozgi Osiyo oʻyinlari chempioni.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda 20 yoshgacha (U20) va Yevropa kubogi (U20) ishtirokchilari oʻrtasida oʻtkazilgan „Masters Bremen“ turnirida uchinchi oʻrinni egalladi va shu yosh toifasida Bayrutda (Livan) oʻtkazilgan Osiyo chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2012-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi kubogida ikkinchi, 20 yoshgacha boʻlgan oʻrtasidagi Osiyo chempionatida uchinchi, Abu-Dabi (BAA) Gran-prisi va Tokiodagi (Yaponiya) „Katta dubulgʻa“ turnirlarida beshinchi oʻrinni egalladi. 2013-yilda u 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa kubogida uchinchi, shu yosh toifasida Jahon chempionati kumush medali sovrindori boʻlgan. 2014-yilda u Toshkent Gran-prisida ikkinchi, Bokudagi (Ozarbayjon) „Katta dubulgʻa“ turkumiga kiruvchi turnirda esa yettinchi oʻrinni egalladi[1].

2015-yilda Varshavada (Polsha) boʻlib oʻtgan Yevropa ochiq kubogida ikkinchi, Tbilisida (Gruziya) Gran-prisida uchinchi, Toshkent Gran-prisi, Abu-Dabidagi „Katta dubulgʻa“ turnirida, Samsun Gran-prisida beshinchi, RabotdagiWorld Masters“ turnirida uchinchi oʻrinni egalladi. Jahon chempionatida ettinchi boʻldi. 2016-yilda u Tbilisi Gran-prisida gʻolib chiqdi, Samsun Gran-prisida uchinchi, Olmaotada (Qozog'iston) Gran-prisida, Bokuda „Katta dubulgʻa“ turnirida va Gvadalaharada boʻlib oʻtgan „World Masters“ turnirida ettinchi oʻrinni egalladi. Oʻsha yili u Osiyo chempionati kumush medali qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi[2].

U 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 60 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 35 dzyudochi ishtirok etgan. Sportchilar 4 guruhga boʻlingan boʻlib, chorak final natijalariga koʻra toʻrt nafar dzyudochi yarim finalga yoʻl oldi. Chorak finalda magʻlub boʻlganlar „tasalli“ bahslarida, keyin esa yarim finalda magʻlub boʻlganlar bilan toʻqnash kelishdi va shu natijalarga koʻra bronza medal sohiblari aniqlandi. Oʻrozboyev chorak finalda Yeldos Smetovga yutqazib qoʻydi, keyin javob oʻyinida va uchinchi oʻrin uchun Amiran Papinashvili bilan oʻtkazilgan bahsda gʻalaba qozonib, Olimpiya oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritdi[3].

Bosqich Raqib Harakatlar Natija Raqib Harakatlar
1/32 Diyorbek Oʻrozboyev Ude Hisigi Juji Gatame (1:22) — ippon 100-0 Joshua Katz
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya
1/16 Diyorbek Oʻrozboyev Kosote Gake (1:55) — yuko
Tutib olishdan qochish (2:26) — Shido
Sode Tsurikomi Goshi (2:47) — vaza-ari
Soxta hujum (4:50) — Shido
Passivlik (4:57) — Shido
011s3—0s2 Ludovic Chammartin
Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya
Tatamidan tashqariga chiqish (0:26) — shido
Passivlik (1:14) — Shido
1/4 Yeldos Smetov
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Passivlik (2:17) — Shido
Ippon seoinage (0:47 GS) — yuko
001s1-0s1 Diyorbek Oʻrozboyev Passivlik (2:17) — Shido
tasalli uchrashuvi Diyorbek Oʻrozboyev Tutib olishdan qochish (1:49) — Shido
Seoinage (4:31) — ippon
100s1-0s2 Felipe Kitadai
Braziliya bayrogʻi Braziliya
Passivlik (0:56) — Shido
Tutib olishdan qochish (1:49) — Shido
3-oʻrin Diyorbek Oʻrozboyev Yoko Gake — yuko (0:31)
Soxta hujum (2:56) — Shido
Soxta hujum (4:01) — Shido
1s2-0s1 Amiran Papinashvili
Gruziya bayrogʻi Gruziya
Passivlik (1:03) — Shido
Yengning uchida noqonuniy ushlash (3:41) — shido

2021-yilda dzyudochi Diyorbek Oʻrozboyevdan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlangan. Sportchi 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilinib, xalqaro va milliy toifadagi musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum etildi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]