Dzudo
Dzyudo | |
---|---|
柔道 - „Yengil yoʻl“ | |
![]() | |
Jang sanʼati nomi (JS): | Dzyudo |
Asos solingan sanasi: | {{{Asos solingan sanasi}}}1882-yil |
Asoschi: | Jigaro Kano |
Asos solingan joy: | Yaponiya |
Sport turi guruhi: | Sharq yakka kurashi va Jang san'ati |
Asoslanishi JS: | Dzyudzyusu, Tenzin Sinyo ryu, Kito Ryu |
JA hosil boʻlishi: | Brazilya Jiu-Jitsu, Kavaisi Ryu, Kosen Dzyudo, Sambo |
Taniqli davomchilar: | Sunziro Tomita, Mitsue Mayida, Kyuzo Mifune, Keyko Fukuda, Masaxiko Kimura, Yasixuro Yamasita, Vladimir Putin, Rishod Sobirov, Abdullo Tangriyev, Marat Azimbaev, Ramziddin Saidov |
Dzyudo (yaponcha dzyu — yumshoq, do — yoʻl) — sport yakkakurashi. D.ga Yaponiyada prof. Dzigoro Kano (1860—1938) 1882 yilda asos solgan. U yaponlarning jiu-jitsu yakkakurashidan inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan usullarini olib, D.ni jismoniy barkamollikka yetaklaydigan sport turi sifa-tida shakllantirdi. D.chilar kimano (oq kalta kamzul va cholvor) kiyib, yalant oyokda tatami (gilam) ustida bellashadilar. Asosan 7 vazn toifasida (erkaklarda 60, 66, 73, 81, 90, 100, 100+, ayollarda 48, 52, 57, 63, 70, 78, 78 + kg) musobaqa uyushtiriladi, kurash erkaklarda 5 min., ayollarda 4 min. da-vom etadi. Tik turib kurashilganda raqiblar (chalish, siltab tashlash, yel-kadan oshirib otish va h.k.) usullar qoʻllab bir-birlarini tatamiga yiqitib baho olishga harakat qiladilar. Yotib kurashilganda qoʻl-oyoqlarni qayirish, ogʻritish va boʻgʻish usullarini qoʻllab, raqibining yelkasini tatamiga 30 sek. davomida bosib turib yengishga (yengilganini tan olishga majbur etishga) ruxsat etiladi. Usullar bajarilishiga qarab, kurashchilarga "koko", "yuko", "vazari" va "ippon" baxrlari beriladi ("ippon" — sof gʻalaba, 2 ta "vazari" — gʻalaba, "yuko" va "koko" baxrlari sanab borilib, yakunda ino-batga olinadi).
D. boʻyicha musobaqalar 1883 yildan oʻtkaziladi. Xalqaro D. federatsiyasi (FIJ) 1956 yilda tuzilgan, unga 150 ga yaqin mamlakat, shu jumladan Oʻzbekistan D. federatsiyasi aʼzo (1991). 1956 yildan jahon chempionati oʻtkazib kelinadi, 1964 yildan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.
Oʻzbekistonda D. bilan 20-asrning 80-yillaridan shugʻullaniladi. D.ning ayrim jihatlari oʻzbek kurashiga oʻxshash boʻlgani uchun tez ommalashdi. D. chilarimiz, ayniqsa, mustaqillik yillarida yuqori natijalarga erishdi, ular nufuzli musobakalarda 30 dan ziyod medal bilan takdirlanishdi. Jumladan, Armen Bagdasarov olimpiada (1996) va Osiyo oʻyinlarida (1998) — kumush, Farhod Toʻrayev jahon chempionatida (1999) — kumush va "A" toifasidagi musobaqalarda (1998, 2001) — 2 ta oltin, Egamnazar Akbarov jahon universiadasida (2001) — oltin, "A" toifasidagi musobaqalarda Kamol Murodov (1998) va Vladimir Shturbabin (1999) — oltin, Suzanna Ahmedova Osiyo chempionatida (1999) — bronza medallarini qoʻlga kiritishgan.[1]
![]() | |
Xarakteristikalari | |
---|---|
Kontakt | Ha |
Aralash jins | Ha |
Turkum | Sharq yakkakurashi va jang san'ati |
Anjom | Kimono |
Oʻynaladigan joy | Tatami |
Olimpik oʻyin | Ha 1964-yildan e'tiboran |
Paralimpik oʻyin | Ha |
Mintaqa | Butunjahon |
Dzyudo(yaponcha:柔道)- soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „Yengil yoʻl“ maʼnosini anglatadi. Sharq yakka kurashlari orasida mashhur boʻlgan bu sport turi vatani Yaponiya boʻlib XIX asr boshlarida [2] 嘉納 治五郎 tomonidan dzyudo qonun qoidalari yaratilgan.
Olimpiada oʻyinlari dasturiga 1964-yili kiritilgan ushbu sport turi, Oʻzbekistonda ham ommaviy sport turlaridan biri hisoblanib, mustaqil Oʻzbekiston tarixida Olimpiada oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan 21 ta medaldan 4 tasi dzyudochilar hissasiga toʻgʻri keladi.
Manbalar[tahrir]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Jigaro Kano
Havolalar[tahrir]
|