Xushnud Xudoyberdiyev
Xudoyberdiyev Xushnud Gʻayratovich | |
---|---|
![]() | |
Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori | |
Mansabda 2020-yil 28-yanvardan — 2020-yil 1-iyulgacha | |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | Komil Allamjonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
7-iyun 1989-yil (33 yosh) Chiroqchi tumani, Qashqadaryo viloyati |
Fuqaroligi |
![]() |
Millati | oʻzbek |
Turmush oʻrtogʻi | Mehrinoz Abbosova |
Maʼlumoti | Toshkent davlat yuridik universiteti |
Mukofotlari |
![]() ![]() |
Xudoyberdiyev Xushnud Gʻayratovich — Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori oʻrinbosari, huquqshunos, bloger, Zakovat intellektual klubi bilimdonlaridan biri.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1989-yil 7-iyunda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek.
- 5 yoshligida Chiroqchi tumanidagi Habib Abdullayev nomidagi 3-oʻrta taʼlim maktabiga 1-sinfga oʻqishga borgan.
- 2003-yilda Chiroqchi tumanidagi 2-ixtisoslashgan litseyning 9-sinfini tamomlab, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik litseyda oʻqishni davom ettirgan.
- 2006-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi boʻlgan. 2010-yilda Yuridik institutni imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
- 2010-yili Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura boʻlimi „Jinoyat protsessi; kriminalistika va tezkor qidiruv huquqi; sud ekspertizasi“ yoʻnalishi magistranti boʻlgan. 2012-yilda Magistratura boʻlimini muvaffaqiyatli tamomlagan.
- 2010-2013-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqituvchi.
- 2013-2017-yillarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi yuridik boʻlimi yuristkonsulti boʻlgan.
- 2020-yil 28-yanvardan 1-iyulgacha Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori sifatida faoliyat olib bordi[1].
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-dekabrdagi 1037-son qarori asosida Respublika oliy taʼlim kengashi aʼzosi etib tayinlangan[2].
- 2020-yil 1-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 415-son qarori asosida Oʻzbekiston milliy axborot agentligi direktorining oʻrinbosari[3].
Blogerlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2012-yildan buyon „Xushnudbek.uz“ shaxsiy saytini yuritadi. Shuningdek, 2018-yil may oyida Telegram messenjerida kanal ochgan. Hozirda uning Telegram kanalini 450 mingdan ziyod obunachi kuzatib boradi(2022 yil fevral holatiga koʻra).[4] 2018-yilgi blogerlar chempionatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan.[5] 2019-yilda esa-yilning eng yaxshi blogeri deb topilgan.[6]
Zakovatdagi ishtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]
2004-yildan buyon Zakovat intellektual klubining aʼzosi va muntazam efir oʻyinlarida ishtirok etib keladi. Efir orqali ilk marta 2005-yil iyun oyida oʻyinlarda ishtirok etgan. Faoliyati davomida 9 marta Oliy liga finalida ishtirok etib, ulardan 4 tasida jamoasi bilan chempion boʻlgan. Zakovat intellektual oʻyinlarida erishgan yutuqlari: Toʻrt karra Zakovat oʻyinlari chempioni (2007, 2009, 2011, 2016-yillar); 2008, 2010, 2012, 2015 va 2018-yillarda Oliy liga oʻyinlari finalchisi; 2008 hamda 2012-yilgi Oliy liga final oʻyinidagi „Zakovat terma jamoasi“ aʼzosi; 2008-yilda „Yilning eng yaxshi yosh bilimdoni“ nominatsiyasi sohibi; 2011-yilda „Yilning eng faol bilimdoni“ nominatsiyasi sohibi; 2013-yilda „Tomoshabinlar mehrini qozongan bilimdon“ nominatsiyasi sohibi.
Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2014-yili — „Oltin qalam“ IX Milliy mukofotining „Jurnalistikada ijtimoiy masalalarni yoritishda innovatsion echim va yondashuvlar“ nominatsiyasi sovrindori[7]
- 2014-yil — „MIT.UZ — Milliy internet festivali“da „Eng yaxshi tahliliy sayt“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. [8]
- 2014-yil — „Uz domenlari Internet festivali“da „Eng yaxshi shaxsiy sahifa“ nominatsiyasida sovrindor boʻlgan. [9]
- 2015-yil — „Jamiyat va men“ tanlovining „Eng yaxshi yoritilgan huquqiy mavzular“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. [10]
- 2016-yil — „Oʻzbekiston belgisi“ [11] koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. [12]
- 2018-yil — Oʻzbekiston blogerlari chempionatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan.[13]
- 2018-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan „Eng yaxshi huquq targʻibotchisi“ tanlovida „Huquqiy madaniyatni targʻib qiluvchi eng yaxshi mutaxassis“ nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan. [14]
- 2019-yil — „Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. [15]
- 2019-yil — Prezident Farmoni bilan Kelajak bunyodkori medali bilan taqdirlangan. [16]
Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Turmush oʻrtogʻi — Mehrinoz Nosirjon qizi Abbosova, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi markaziy kengashi direktorining maslahatchisi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Bloger Xushnud Xudoyberdiev lavozimga tayinlandi
- ↑ Respublika oliy taʼlim kengashini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- ↑ TAYINLOV: OʻzA rahbariyatida oʻzgarish boʻldi
- ↑ Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdievning Telegram kanali
- ↑ Bloggerlar chempionati
- ↑ Sof.uz nashri-yilning eng yaxshi blogerini aniqladi
- ↑ „Turkiston“ saroyida MIT.uz — milliy internet tanlovi gʻoliblari taqdirlandi
- ↑ MIT.UZ
- ↑ Itogi Internet-festivalya natsionalnogo domena UZ 2014, archived from the original on 2020-03-25, https://web.archive.org/web/20200325091653/https://nasimov.pro/2014/09/itogi-internet-festivalya-nacionalnogo-domena-uz-2014/, qaraldi: 2020-03-10
- ↑ Fidoyi mehnat eʼtirofi
- ↑ Bir guruh yoshlar „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar
- ↑ Oʻzbekistonlik bir guruh yoshlar „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishdi
- ↑ [1]Bloggerlar chemrionati
- ↑ „ENG YaXShI HUQUQ TARGʻIBOTChISI“ TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
- ↑ „Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi“ koʻkrak nishonining ilk sohiblari maʼlum boʻldi
- ↑ Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
![]() ![]() |